1. Birja tarixi


Birjada asosiy bitim turlari


Download 0.67 Mb.
bet60/60
Sana21.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1644347
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
Bog'liq
birja javoblar

Birjada asosiy bitim turlari

48.BIRJA BITIMI — birja tomonidan ro'yxatga olingan, birja savdosining birjada qayd etilgan natijasi bo'yicha tuzilgan birja tovariga doir oldi-sotdo sgartnomasidir. Tovar birjasida bitimlarning quyidagi asosiy turlarini ko'rsatish mumkin: real tovar bilan bitimlar; forvard bitimlar; fyuchers bitimlar; optsionlar oldi-sotdisi bitimlari; xedjlash; spreding.
Real tovar bilan bitimlar tovarni xaridorga etkazib berishni nazarda tutadi (ayrim birjalar ombor binolariga ega). Biroq real tovar ta'minoti birjalarda odatda mos keluvchi tovarlar bilan jahon savdosining 5-10%idan ortmaydi. Forvard bitimi bu – qoidaga ko'ra, bitim tuzilgan paytda belgilangan narxda real tovarni to'lov muddati kechiktirilgan holda etkazib beriladigan muddatli bitim. Forvard bitimi narx farqida o'ynashga imkon beradi.
Fyuchers bitimi – tovarni amalda etkazib berishni ko'zda tutmaydi va tovarni sotish yoki sotib olish shartnomasi bilan savdo qilishni ifodalaydi. Bunday bitim qog'ozli bitim deb ataladi, uning maqsadi shartnoma tuzilgan paytdagi tovar narxi va shartnomani ijro etish kunidagi tovar narxi o'rtasida foyda olish hisoblanadi.
Optsion – shartnoma asosidagi shratlar bilan muddatli bitim, unga muvofiq qatnashchilardan biri boshqa qatnashchiga zarur hollarda bu huquqni sotishni ta'minlash majburiyati uchun pul mukofoti to'lagan holda belgilangan muddat davomida qat'iy belgilangan narxda tovarni sotib olish yoki sotish huquqini sotib oladi. Bu huquqni sotib oladigan shaxs optsion egasi deb ataladi. Optsion – uning egasi uchun risk cheklangan bitim turi. Optsion shartnomasi egasi uni ijro etishi yoki ijro etmasligi, boshqa shaxsga berishi yoki bermasligi mumkin.
Spreding (spreding) – maxsus bitimlar shakli, u turli fyuchers shartnomalardan foyda olishga imkon beradi. Spreding riskka fyuchers bitimdan kamroq uchraydi. Spredingning uch xil turi mavjud:
• ichki bozor bitimlari: bitta tovar turli etkazib berish muddatida taklif etiladi;
• tovarlararo bitimlar: bitta mudatga ikkita o'zaro bog'liq tovar bozori (masalan, bug'doy va makkajo'xori bozori);
• bozorlararo bitimlar: bitta tovar, bitta muddat, faqat bir nechta turli birjalarda.
Xedjlash bu – narx risklaridan kassa bitimlarini sug'urtalash shakli; odatda fyuchers shartnomasi xaridi yoki sotuvi bo'yicha operatsiyalar shaklida amalga oshiriladi. Xedjlash qisqa (sotuvga muddatli shartnoma tuziladi) yoki uzoq (xaridga muddatli shartnoma tuziladi) bo'lishi mumkin.



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling