1. Birja tarixi


Brokerlar va brokerlik idoralari


Download 0.67 Mb.
bet15/60
Sana21.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1644347
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   60
Bog'liq
birja javoblar

26. Brokerlar va brokerlik idoralari.
Birjaning ajralmas bir uzviy qismi deb brokerlik idorasini hisoblash mumkin. U birja strukturasiga kirmaydi. Biroq brokerlik firmalarisiz birja savdosini tashkil qilib bo'lmaydi. Brokerlik faoliyati birja vositachiligiga mansub bo'lib, birja bitimlarini mijoz nomidan va uning hisobidan, birja vositachisi nomidan va mijoz hisobidan, mijozning nomidan va birja vositachisi hisobidan amalga oshirishdar iborat. Brokerlik firmasi bu - xususiy, shirkat, aktsiyadorlik yoki boshqa korxona bo'lib, uning asosiy funktsiyasi birja va mijozlar (mahsulot ishlab chiqaruvchilar, xaridorlar, savdo vositachilari) o'rtasida aloqani ta'minlashdan iborat. Muayyan birjaning brokerlik firmasi birja aktsiyalar(pay)ini sotib olish asosida tashkil etilishi mumkin. Aktsiya egasi birjada o'z brokerlik firmasini tashkil qilish yoki birja savdolarida ishtirok etish huquqini boshqa tashkilotlarga ijaraga berish va ijara to'lovi shaklida mos keluvchi daromad olish huquqiga ega. Broker birja savdosining professional qatnashchisi hisoblanadi, u tashkil qilingan bozorlarda faoliyat ko'rsatadi va birjada tovarni sotish yoki sotib olish istagida bo'lgan mijozga yordam ko'rsatish uchun eng tayyorlangan bo'ladi. Broker va mijoz o'rtasidagi munosabatlar mijozning tashabbusi bilan vujudga keladi, biroq broker uning xizmatlaridan birontasi yana bir marta foydalanib qolishi yoki birjada bitim imzolash nityatida bo'lgan tanishlariga tavsiya etishini kutib o'tirmasligi kerak. Brokerlik firmasi mijozlarni hamkorlikka jalb etishida xizmat ko'rsatadigan asosiy kanal reklama e'lonlari hisoblanadi.
27. Brokerlik firmasining funksiyalari nimalardan iborat
Brokerlik firmasining funktsiyalari quyidagilardan iborat :
1. bitimlar tuzishda birja vositachiligi, ya’ni buyurtmachining topshirig’i bilan birjada turli topshiriqlar bajarish; tovar, shartnoma, tovarayirboshlash operatsiyalari, qimmatli qog’ozlar oldi-sotdisi (fond birjalarida mos keluvchi malakaviy attestat mavjudligida);
2. birjadan tashqari vositachilik, ya’ni mijozlar o’tasida birjani aylanib o’tgan holda bitimlar tuzish;
3. mijozlarga birja va marketing faoliyati masalalri bo’yicha maslahatlar berish, zarur tijorat axborotlari to’plash;
4. tuzilgan bitimlarni hujjatlarda rasmiylashtirish;
5. amaldagi qonunchilikka va mos keluvchi birjaning me’yoriy hujjatlariga zid kelmaydigan boshqa funktsiyalar.
Birinchi bosqichda brokerlik firmasi faoliyati uni ta’sis etgan yuridik yoki jismoniy shaxslarning mablag’lari hisobiga, keyinchalik esa- vositachilik faoliyatidan olinadigan daromadlar (tuzilgan bitimlar uchun komission to’lovlar hisobiga shakllanadigan) va mijozlarga ko’rsatiladigan turli marketing xizmatlari uchun to’lovlar hisobiga moliyalashtiriladi.
Brokerlik firmasi xodimlar shtati va unda band bo’lganlar mehnatiga haq to’lash hajmi firma egasi yoki rahbari tomonidan firmaning daromadlilik darajasiga qarab belgilanadi.
Brokerlik xizmatlari uchun to’lovlar odatda firma va mijoz o’rtasida bitim summasiga qarab belgilangan foiz miqdorida o’rnatiladi (masalan, bitim summasi qancha katta bo’lsa, foiz shunchlik kichik bo’ladi).
Yirik firmalar komission ajratmalarni bekor qilish va turli qo’shimcha xizmatlar taqdim etishdan (aloqadan foydalanish, maslahat berish va h.k.) daromad olishni taklif etadi.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling