1. Birja tarixi
Broker kim va uning vazifalari
Download 0.67 Mb.
|
birja javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 20. Kliringning mohiyati nimada
- 21.Birja faoliyati haqida tushuncha
19.Broker kim va uning vazifalari
Broker (ing. Broker), makler — fond, tovar, valyuta birjalarida oldisotdi bitimlari tuzishda vositachilik (dallollik) qiladigan ayrim shaxs yoki firma. B.lar, odatda, mijoz topshirigʻiga koʻra va uning hisobiga ish yuritadi, kafolat beruvchi hisobiga oʻz nomidan savdo bitimlari tuzishi ham mumkin. Vositachilik bitimlari, asosan, brokerlik idoralari, firmalar yoki ularning filiallari orqali rasmiylashtiriladi.Brokerlar bozor kon’yunkturasini, mahsulotni xarid qilish va sotish imkoniyatlarini har tomonlama biladi, ancha tor tovarlar assortimentiga ixtisoslashadi. Brokerning vazifasi tovarni umumiy bozor aylanmasiga kiritishga ko’maklashishdan iborat. Tovar egasi bo’lgan sotuvchilar savdo bo’ladigan kundan kamida bir kun oldin tovar birjasida ishlaydigan brokerlarga ularning tovarini sotish haqida topshiriq beradi. Brokerlik firmasi (idorasi) orqali brokerlik o’rnini birjada sotib olgan yuridik shaxslar birjada faoliyat ko’rsatayotgan brokerlar hisoblanadi. 20. Kliringning mohiyati nimada? Kliring bu – o’zaro talab va majburiyatlarni hisobga olishdir. Birja kliringi bu – birja savdosi qatnashchilari o’rtasida kim, nimani, kimga va qaysi muddatda qarzligini belgilashga asoslangan kliring. Hisob-kitoblar bu – birja kliringi davomida aniqlangan, yakuniy natijasi odatda birja bitimi ob’ektini sotuvchidan xaridorga o’tkazish bo’lgan majburiyatlarni bajarish, shuningdek, xaridorning sotuvchi bilan shartnoma shartlari bo’yicha pul hisob-kitobi jarayonidir. Kliring va hisob-kitoblar zarurati bozor savdosining zamonaviy tashkil qilishdan kelib chiqadi. Eng oddiy bozor operatsiyasi uchta tarkibiy qismdan iborat: sotuvchi va xaridor o’rtasida bitim tuzish (og’zaki yoki yozma shaklda); bitim bo’yicha hisob-kitoblar (masalan, tovar narxini uning miqdoriga ko’paytirish va butu bitim narxini (bahosini) aniqlash); tovar va pul mablaag’larini bir-biriga berish yo’li bilan shartnomani ijro etish. 21.Birja faoliyati haqida tushuncha Birja faoliyati birja savdolarini tashkil etish hamda talab va taklifning haqiqiy nisbatini aniqlash asosida birja tovarlarining narxlarini chiqarish orqali birja tovarlarining bozorini yaratishga qaratilgan harakatlar yig‘indisidan iborat.Ўзбекистон Республика товар хомашё биржаси жаҳон бозорида Осиёнинг марказида жойлашган. Ўзбекистон Республика товар-хомашё биржаси миллий ва хорижий компанияларнинг мамлакатимизда ишлаб чиқариладиган юқори ликвидли товар активларига, хусусан, рангли ва қора металл, нефть маҳсулотлари, пахта толаси ва пахтани қайта ишлашдан олинадиган бошқа маҳсулотлар, минерал ўғитлар, шакар, буғдой уни, буғдой ва бошқаларга эга бўлишда бир хил ҳуқуқни таъминлашда муҳим роль ўйнайди. ЎзРТХБ Ўзбекистон Республикасининг марказида, Тошкент шаҳрида жойлашган. Унинг таркибига мамлакатнинг барча вилоят марказларида жойлашган 12 та филиал киради. Ҳозирги пайтда биржа аъзоларининг сони 1200 дан ортиқ.Биржа ЎзРТХБ биржа савдоси Умумий электрон тизимига уланган, масофада жойлашган савдо майдончаларини ташкил қилиш йўли билан савдо инфратузилмасини кенгайтириш ва бойитиш бўйича ишларни кетма-кетликда олиб бормоқда, бу узоқ масофада жойлашган ишлаётган брокерларга савдога қўйилаётган маҳсулотлар ҳақида тезкор листинг ахборот олишдан ташқари савдоларда иштирок этиш имкониятини ҳам беради. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling