1. Birja tarixi


Forvard va fyuchers bitimlari


Download 55.02 Kb.
bet22/26
Sana14.03.2023
Hajmi55.02 Kb.
#1267414
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
birja javoblar

36. Forvard va fyuchers bitimlari.
Forvard bitimi bu – qoidaga ko'ra, bitim tuzilgan paytda belgilangan narxda real tovarni to'lov muddati kechiktirilgan holda etkazib beriladigan muddatli bitim. Forvard bitimi narx farqida o'ynashga imkon beradi. Fyuchers bitimi – tovarni amalda etkazib berishni ko'zda tutmaydi va tovarni sotish yoki sotib olish shartnomasi bilan savdo qilishni ifodalaydi. Bunday bitim qog'ozli bitim deb ataladi, uning maqsadi shartnoma tuzilgan paytdagi tovar narxi va shartnomani ijro etish kunidagi tovar narxi o'rtasida foyda olish hisoblanadi.Kelajakda yetkazib berish muddati bilan tuzilgan bitimlarning tovar darhol etkazib beriladigan shartnomalardan farqi ularni ijro etishning kafolatlanishi va standartlashtirilishini talab qiladi. Boshqacha qilib aytganda, yirik sanoatning rivojlanishi bilan va bundan kelib chiqadigan talablar tufayli bir tomondan, tovar bitimlarini standartlashtirish, boshqa tomondan esa – ularning ijro etilishini kafolatlash zaruratini vujudga keltirdi. Agar bitimlarni standartlashtirish ularni tuzishni engillashtirsa, demak, savdo aylanmasining ortishiga olib kelsa, kafolatlash bu vazifani o'z zimmasiga oladigan bironta tashkilotni talab qiladi. Bu vazifani muvaffaqiyatli bajaradigan birjalar tuziladigan bitimlar shartlarini standartlashtirini talab qiladi va ularning ijro etilishi kafolati hisoblanadi.
37. Tovar birjasi nima?.
Tovar birjasi bozor iqtisodiyotining tashkiliy rasmiylashtirligan, klassik instituti, rasmiy narx kotirovkasi va standartlar bo'yicha bitimlar tuzish vaqti va doimiy joyiga ega bo'lgan, muntazam faoliyat ko'rsatadigan tovarlar ulgurji bozoridir.Birja – bozor mexanizmining tarkibiy qismi; u talab va taklif real nisbatini aniqlaydi, muvozanatli narxlarni shakllantiradi va ulgurji bozorni ularga yo'naltiradi, tovar massasini tovar muomalasi sohasiga jalb etishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, birja – xedjlash orqali narxni barqarorlashtirish vositasi, narx varqida tijorat chayqovlari vositasi va shu sababli investitsiyalash uchun jalb etuvchan soha hisoblanadi. Tovar birjasida bitimlarning quyidagi asosiy turlarini ko'rsatish mumkin: real tovar bilan bitimlar; forvard bitimlar; fyuchers bitimlar; optsionlar oldi-sotdisi bitimlari; xedjlash; spreding.

Download 55.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling