1. Birja tarixi


Fyuchers savdosi va uning mexanizmi


Download 55.02 Kb.
bet26/26
Sana14.03.2023
Hajmi55.02 Kb.
#1267414
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
birja javoblar

42. Fyuchers savdosi va uning mexanizmi.
Fyuchers savdosi bu – fyuchers (muddatli) shartnomalari vositasida birja tovari bilan birjada savdo qilish shaklidir.Fyuchers savdosida shartnoma tuziladigan tovar ko'rinishi, bunday shartnomalar soni, tovar etkazib beriladigan oy va asosiysi – shartnomada ko'rsatilgan tovar narxi ahamiyatga ega.Fyuchers savdosining uni standartlashtirishdan kelib chiqadigan muhim xususiyati shartnomaning shaxsi ko'rsatilmaganligi hisoblanadi. Fyuchers savdosining ob'ektlar doirasi juda keng. Chunki shartnomalar bilan savdo qilish bu – tovarlarning o'zi bilan emas, balki birja shartnomalari bilan birja operatsiyasi hisoblanadi, ularning asosi moddiy ne'mat sifatida tovargina emas, umuman har qanday savdo ob'ekti, masalan, barcha turdagi qimmatli qog'ozlar bo'lishi mumkin. Biroq savdo ob'ektlari shartnomalar hisoblansa, shartnomalarga shartnomalar bilan ham, shartnomalar guruhidagi shartnomalar bilan ham savdo qilish mumkin, biroq aytib o'tish kerakki, ko'rsatilgan jarayonning tabiiy cheklovi real tovar, real kapital va h.k. bozori bilanaloqa hisoblanadi.Birja fyuchers savdosi mexanizmining asosiy elementlari quyidagilar hisoblanadi:
• fyuchers shartnomalari bilan birja savdolarini tashkil qilish;
• hisob-kitob tartibi va fyuchers shartnomalarini tugatish tartibi;
• fyuchers shartnomalari ijro etilishini tashkil qilish.
Fyuchers shartnomalari bilan savdo mijozning birjada savdo qilayotgan brokerlik firmasi vakiliga ariza berishidan boshlanadi. Ariza shakli mijozning ushbu firma uchun doimiy yoki bir martalik mijoz ekanligiga, mijoz va firma o'rtasida unga birja xizmatlari ko'rsatishga shartnoma mavjudligiga qarab yozma yoki og'zaki shaklda bo'lishi mumkin. Arizaga tovar xaqidagi, etkazib berish muddati, shartnomalar soni va narx xaqidaiga ma'lumotlar kiritiladi. Narxga nisbatan mijoz uning eng yuqori va past chegaralarini kelishib oladi yoki shartnomalarni joriy bozor narxi bo'yicha sotib olishga (sotishga) buyruq beradi.
Download 55.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling