1. Birja tarixi


Download 55.02 Kb.
bet23/26
Sana14.03.2023
Hajmi55.02 Kb.
#1267414
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
birja javoblar

38. Birja funksiyalari.
Birjaning quyidagi asosiy funktsiyalari ajratib ko'rsatiladi: 1.Birja mexanizmi yordamida xomashyo bozorini tashkil qilish: Avvalo, birja bozorda undan foydalanish bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'liq bo'lmagan talabni ta'minlaydi. Birja talabi va taklifini birja vakillari – birja chayqovchilari amalga oshiradi. Birja savdosi mavjud narxlarda na taqchillik, na tovarning omborda to'planib qolishi ro'y bermaydigan imkoniyatni ta'minlaydi;2.Birja narxlarini aniqlash va tartibga solish. Birja birja tovarlarining barcha turlari narxini aniqlash va tartibga solishda ishtirok etadi, birjada talab va taklifning mujassamlashuvi, katta sonli bitimlar tuzilishi bozordan tashqari omillarning narxga ta'sir etishiga yo'l qo'ymaydi, uni real talab va taklifga maksimal darajada yaqinlashtiradi. Birja narxi birjaning muhim funktsiyasi sifatida ko'rib chiqiladigan kotirovka jarayonida aniqlanadi. Kotirovka deganda birjada har bir ish kunida narxlarni qayd qilish, qimmatli qog'ozlar yoki valyuta kursini, birja tovarlari narxini ro'yxatga olish tushuniladi.3. Tovar standartlarini ishlab chiqish, iste'molchilar uchun qulay bo'lgan va shu sababli nisbiy likvidlikka ega bo'lgan navlarni aniqlash, birja savdosiga yo'l qo'yilgan firma markalarini ro'yxatga olish. Bularning oxirgisi o'ta muhim. Bu firma ishlab chiqargan mahsulot sifatigan o'ziga xos talabdir. Namunaviy shartnomalarni standartlashtirish, o'ziga xos savdo an'analarini o'rnatish birja faoliyatining muhim tomoni hisoblanadi.4. Avvalgidek, birjalar o'zinging tovar o'tkazish funktsiyasini, ya'ni real tovarni sotish va sotib olish dastlab vujudga kelgan funktsiyani bajaradi.5. Tovar xomashyolariga cheklangan talab narxlarini barqarorlashtirib, birjalar birja tovarlaridan boshqa tovarlar ishlab chiqarish xarajatlarini ham barqarorlashtiradi.6. Pul muomalasini barqarorlashtirish va kreditni engillatish. Birja pul muomalasi sig'imini oshiradi, chunki u tovarlar maksimal likvidlik sohasini ifodalaydi. Birja ssuda kapitali qo'llanadigan muhim sohalardan biri, chunki u ssudalarning ishonchli ta'minotini taqdim etadi va riskni minimallashtiradi. 7. Tomonlar o'rtasida turli mojaro va kelishmovchiliklarni bartaraf qilish. Birja savdosi jarayonida turli sabablar tufayli (xato, aldov va h.k.) birja savdosi qatnashchilari o'rtasida bevosita faqat birjada va uning mos keluvchi neytral organi tomonidan hal etilishi mumkin bo'lgan muammoli vaziyatlarning vujudga kelish ehtimoli bor. Odatda bu hakamlar sudi yoki arbitraj hisoblanadi. 8. Jahon bozorini shakllantirish va uning faoliyat ko'rsatishi. Zamonaviy tovar birjasi bu jihatdan tovar, fond va valyuta birjalari faoliyatini birlashtiradi. 9. Birja savdosi qatnashchilarini ular uchun noqulay narx o'zgarishlaridan sug'urtalash (xedjlash). Buning uchun birjada maxsus bitim turlari va ularni tuzish mexanizmlari foydalaniladi. Birja savdosi qatnashchilarini sug'urtalash vazifasini bajarar ekan, birja savdoni tashkil qilgandan ko'ra ko'proq unga xizmat ko'rsatadi. 10. Ochiq birja savdolari o'tkazish uchun birja yig'ilishlarini tashkil etish, aynan:
• birja savdolarini tashkil etish
• birja savdosi qoidalarini ishlab chiqish
• savdoni moddiy-texnik ta'minlash
• birjaning malakaviy apparati.11. Birja shartnomalarini ishlab chiqish, u quyidagilarni qamrab oladi: • birja savdolarining sifat tavsifnomalariga talabni standartlashtirish • tovarlar partiyasi hajmini standartlashtirish • birja bitimlari bo'yicha hisob-kitoblarga talablarni ishlab chiqish. Birja savdolariga qo'yiladigan tovarlarga nisbatan birja qattiq talablar belgilaydi. Bu talablar asosida birja standartlari ishlab chiqiladi va tovar birjalarida ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar tomonidan hisobga olinadi. 12. Bitimlar bajarilishini kafolatlash kliring va hisob-kitob birja tizimlari vositasida erishiladi. Buning uchun birja savdo qatnashchilarning bir-biriga talablari va majburiyatlarini hisobga olish yo'li bilan naqd pulsiz hisob-kitob tizimidan foydalanadi, shuningdek, ularning ijro etilishini tashkillashtiradi. 13. Birjaning axborot faoliyati. Birjaning eng muhim funktsiyasi birja narxlarini to'plash va ro'yxatga olish, ularni umumlashtirish e'lon qilish, mijozlarga, boshqa turli manfaatdor tashkilotlarga, xalqaro bozorga namuna bo'yicha tovarlar mavjudligi haqida axborot taqdim etish, uni gazeta, jurnal, axborot agentliklarida chop etish.

Download 55.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling