1. Birja tarixi
Birja narxlari kotirovkasi nima
Download 55.02 Kb.
|
birja javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7. Birjalarni ajratib turuvchi belgilari.
6. Birja narxlari kotirovkasi nima
Kotirovka (frans. coter — raqamlash, belgilash) — birjada amaldagi vaziyat va qonunchilik normalari, qoidalariga muvofiq chet el valyutalari, qimmatli qrgʻozlar kursini, tovarlar narxini belgilash va ularni qayd etish. K.ni, odatda, tovar, fond yoki valyuta birjasining komissiyasi (qoʻmitasi) oʻtkazadi va tovarlarning ulgurji narxlari, qimmatli qogʻozlar kurslari va valyuta kurelari birja byulletenlarida eʼlon qilinadi. биржа нарх ҳаракатланишида турли тенденцияларини мувозанатлаш механизми ҳисобланади ва нархнинг кескин ўзгаришини юмшатишга хизмат қилади. Биржанинг барқарорлаштирувчи бу роли нарх котировкаси – биржа нархлари ҳақида турли ахборотлар воситасида амалга оширилади. Котировка кўп сонли битимлар нархини умумлаштиришни бир тизимга келтириш натижасида котировка комиссияси томонидан амалга оширилади ва натижалар албатта дарҳол эълон қлинади. Нарх котировкаси биржа савдоси қатнашчилари, кўплаб ишлаб чиқарувчилар ва биржа ташқарисидаги харидорлар, биржанинг фаолияти учун катта қизиқиш уйғотади. Биржа котировкалари узоқ муддат давомида нархлар динамик қаторини ифодалайди, бу улардан башорат қилиш учун база сифатида фойдаланиш имконини беради. Расмий котировка – биржа куни учун товар бўйича биржа кунининг якуний босқичида қайд қилинган нархларни ўртачалаштириш натижасида белгиланадиган умумий нарх алоҳида аҳамиятга эга. Котировка справочник аҳамиятидан ташқари катта функционал аҳамиятга ҳам эга. Масалан, расмий фьючерс котировкаси ҳар бир биржа кунида ҳар битта позиция (етказиб бериш ойи) бўйича биржада белгиланадиган умумий нарх сифатида ҳисоб-китоб (клиринг) палатаси мижозлар билан қайта ҳисоб-китоблар учун фойдаланилади. 7. Birjalarni ajratib turuvchi belgilari. Bozor sifatida birja xo'jaliklarning mikro va makro darajalarini, ya'ni erkin xo'jalik faoliyati yurituvchi tadbirkorlarni ishlab chiqarish bilan bog'laydi. Birja eng muhim bozor mexanizmlari: raqobat, talab, taklif, narx shakllanishini o'zida mujassamlaydi. Narx shakllanishi mexanizmi vositasida birja xo'jalik agentlarini bozor o'zgarishlari, yangi sharoitlarning paydo bo'lishi, yangi tovar turlarining paydo bo'lishi haqidagi axborot bilan uzluksiz ta'minlaydi. Birja bir tomondan, foyda olish maqsadida o'z mahsulotlarini sotish uchun, boshqa tomondan, o'z talabini qondirish uchun mustaqil xo'jalik sub'ektlari uchrashadigan bozor elementi hisoblanadi. Birjada xaridor va sotuvchi bir-biri bilan bog'liq emas. Oldi-sotdi jarayoni vositachilar (brokerlar, dilerlar, treyderlar) orqali amalga oshiriladi. Narx talab va taklifga bog'liq bo'ladi. Agar ishlab chiqaruvchi birjada sifati yaxshilangan yangi tovar taklif etadigan bo'lsa, u oshirilgan narx qo'yishga haqli. Iste'molchilar reaktsisi ijobiy bo'lgan holatda ishlab chiqaruvchi tarmoq bo'yicha o'rtacha darajadan yuqori foyda oladi. Bu boshqa tadbirkorlarni ishlab chiqarishni qayta yo'naltirish va o'zini yaxshi ko'rsatgan tovar ishlab chiqarishga majbur qiladi. Bunda tadbirkorlar xaridorlarni jalb qilish uchun uni arzonroq narxda taklif qiladi. Vaqt utishi bilan ushbu mahsulot turining taklifi talabni oshiradi, bozor to'yinadi, narx esa belgilangan o'rtacha darajada barqarorlashadi. Agar yangi mahsulot turi ishlab chiqaruvchi birjada muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, ya'ni uning tovariga talab bo'masa, narx pasayadi va ushbu tovar partiyasi sotib bo'lingunga qadar tushib boradi Talab va taklif muvozanatsizligi natijasida real tovar xaridorlari yoki sotuvchilari oldi-sotdiga tayyor bo'lmaydi. Shunda talab va taklifni vositachilar vaqtinchalik qo'llab-quvvatlaydi, ular xedjlash mexanizmi orqali riskni narxning keyingi pasayishi yoki o'sishigacha pasaytiradilar va etarli foydani ta'minlaydilar. Download 55.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling