U zotning ummati qiyomatda boshqalarga guvoh boʻlishi Alloh taolo Nabiyyimiz sollallohu alayhi vasallam
ummatini boshqalardan xos tarzda afzal qilgan jihatlaridan
yana biri, qiyomatda ular xuddi qozi oldidagi guvoh kabi
boʻlishlaridir. Alloh taolo bandalari orasida hukm chiqargan
payt, baʻzi ummatlar ularga daʻvat-risolat yetib kelganini inkor
qilishadi. Yaʻni, biz bularni bilmagandik, deyishadi. Shunda
Alloh Nabiyyimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam
ummatini keltiradi. Ular barcha insonlarga paygʻambarlari
haqni yetkazganiga guvohlik berishadi. Mana shu xususiyat u
zot sollallohu alayhi vasallamdan boshqa paygʻambarga
berilmagan
1
.
Alloh taolo aytadi: “ Shuningdek, sizlarni odamlar ustidan guvoh bo`lishingiz va Payg`ambar sizlarning ustingizdan guvoh bo`lishi uchun o`rta millat qildik” 2 . Rosululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Bir
paygʻambar (qiyomat kuni) ikki kishi bilan birga keladi. Va
yana bir paygʻambar uch kishi bilan, bundan koʻproq va
bundan kamrogʻi bilan (kelishadi). Unga: “Qavmingga
yetkazdingmi?” deyiladi. U: “Ha”, deydi. Shunda qavmi
chaqiriladi va ularga: “U sizlarga yetkazdimi?” deyiladi. Ular:
“Yoʻq”, deydilar. Unga: “Senga kim (yetkazganingga) guvohlik
beradi?” deyiladi. U: “Muhammad va uning ummati”, deydi.
1
“Munyatus sul fiy tafzilir rosul”, 34.
2
Baqara surasi, 143-oyat.
76
Shunda Muhammad ummati chaqirilib: “Bu yetkazdimi?”
deyiladi. Ular: “Ha”, deyishadi. “Buni qayerdan bildingiz?”
deydi. Ular: “Nabiyyimiz bizga rosullar yetkazganligini xabar
qilgan va biz u zotni tasdiqladik”, deyishadi. Alloh taoloning: “ Shuningdek, sizlarni odamlar ustidan guvoh bo`lishingiz