1 Bismillahir rohmanir rohiym Muqaddima
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Muhammad mustafo vasfi
Oqargan sochlari
U zot sollallohu alayhi vasallamning oqargan tuklari kam edi. 1 Faqatgina lablari ostida, hamda koʻz bilan quloq oʻrtasida oq sochlar bor edi. Boshlarida ham tarqoq yerlarda bir nechta bor edi. 2 Sochlarini moylasalar oq sochlari koʻrinmasdi, toʻzigan payti koʻrinib qolardi. 3 U zot vafot etganlarida boshlari va soqollarida jami yigirmata oq soch bor edi. 4 U zot sollallohu alayhi vasallam sochlarini (hinaga) boʻyar edilar. 5 Yuzlari Rosululloh sollallohu alayhi vasallam eng goʻzal yuzli va eng goʻzal xulqli inson edilar. 6 Yuzlari oy kabi 7 , chiroyli hisoblanadigan oq yuz edilar 8 . Koʻrkam yuzli. 9 Xursand boʻlsalar yuzlari oy parchasidek yorishib ketardi. 10 1 Buxoriy, 3550. Muslim, 2341. 2 Muslim, 2341. 3 Muslim, 2344. 4 Buxoriy, 3548. Muslim, 2347. 5 Termiziy, “Shamoil”, 49. 6 Buxoriy, 3549. Muslim, 2337. 7 Buxoriy, 3552. 8 Muslim, 2340. 9 Ahmad, 3410. 10 Buxoriy, 3556. Muslim, 2769. 6 Peshonalari keng 1 , yanoqlari tekis, boʻrtib chiqmagan edi 2 . Koʻzlari Koʻz tirqishlari uzun 3 , koʻzlari ham katta edi. Koʻzlarida biroz qizillik bor 4 . Qorachiqlari qora 5 , kipriklari uzun 6 , koʻzlarining cheti qora edi 7 . Ikki koʻzlari uxlar, qalblari esa uxlamas edi 8 . Ogʻizlari U zot sollallohu alayhi vasallamning ogʻizlari keng edi 9 . Arablar ogʻzi keng boʻlishni maqtar, ogʻzi kichkina boʻlishni yomonlashardi. Old tishlari ham chiroyli edi 10 . Soqollari Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning soqollari koʻp edi. 11 Soqollari koʻpligidan ikki yelkalari oʻrtasini toʻldirib turardi. Hatto boʻyinlarini ham toʻldiray derdi. 12 Soqollarining rangi qora 13 , bir necha oq tolalar bor edi 14 . Pastki lablari bilan iyaklari orasida bir necha oq tolalar bor edi 15 . 1 Buxoriy. “Adabul mufrad”, 1155. 2 Bayhaqiy. “Daloil”, 1\274. 3 Muslim, 2339. 4 Ahmad, 796. 5 Bayhaqiy. “Daloil”, 1\212-213. 6 Termiziy, 3638. Ahmad, 796. 7 Ahmad, 3410. Termiziy, “Shamoil”, 412. 8 Buxoriy, 3569. Muslim, 763. 9 Muslim, 2339. 10 Buxoriy. “Adabul mufrad”, 1155. 11 Muslim, 2344. 12 Ahmad, 3410. Termiziy, “Shamoil”, 412. 13 Bazzor. “Musnad”, 7789. Bayhaqiy. “Daloil”, 1\217. 14 Muslim, 2341. 15 Buxoriy, 3545. Muslim, 104. 7 U zot sollallohu alayhi vasallam soqollarini vars 1 va zaʻfaron bilan boyab xushboʻy qilardilar 2 . Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling