1 Bismillahir rohmanir rohiym Muqaddima
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Muhammad mustafo vasfi
Agar Allohning
oldindan yozgani bo`lmaganida, sizga olgan narsalaringiz tufayli ulug` azob yetar edi” 3 . 1 Suyutiy. “Xosoisul kubro”, 2/351. 2 Buxoriy, 335. Muslim, 521. 3 Termiziy, 3058. 70 Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rosululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Anbiyolardan biri gʻazotga chiqdi. Qavmiga: «Biror ayolni nikohiga olib, uning yoniga kirmoqchi bolgan-u, hali yoniga kirmagan kishi; uylar qurib, hali shiftini koʻtarmagan kishi; bir suruv qoʻy yoki boʻgʻoz tuyalar sotib olib, ularning tugʻishini kutib turgan kishi menga ergashmasin", dedi. Soʻng gʻazotga chiqdi. Shaharga asr namozi yoki shunga yaqin payt yaqinlashdi. Quyoshga: "Sen ham buyurilgansan, men ham buyurilganman. Allohim, uni biz uchun ushlab tur", dedi. Shunda (quyosh) ushlab turildi. Nihoyat, Alloh unga fath berdi. U oljalarni toʻpladi. Shu payt u -yaʻni olov - buni yegani keldi, lekin yemadi. Shunda u (nabiy): "Aniqki, orangizda oʻljaga xiyonat bor. Har bir qabiladan bir kishi menga bayʻat bersin", dedi. Bir kishining qoʻli uning qoʻliga yopishib qoldi: "Xiyonat sizlarda ekan. Qabilang menga bayʻat bersin", dedi. Shunda ikki yoki uch kishining qoʻli uning qoʻliga yopishib qoldi: "Xiyonat sizlarda ekan", dedi. Ular sigirning boshidek tilla olib kelib, qoʻyishdi. Soʻng olov kelib, uni yedi. Endi esa Alloh oʻljalarni bizga halol qildi. Bizning zaifligimiz, ojizligimizni koʻrib, uni bizga halol qildi»” 1 . Avvalgi paygʻambarlarning shariatida qoʻlga kiritilgan oʻljani olish halol bollmagan. Oʻlja bir joyga toʻplab qoʻyilar, 1 Buxoriy, 3124. Muslim, 1747. 71 agar unga xiyonat aralashmagan boʻlsa, osmondan olov kelib, uni yer, aks holda yemas ekan. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling