1. Biznes-rejani amalga oshirish uchun investitsiyalar samaradorligini baholash


Download 39.36 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi39.36 Kb.
#1557030
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Anvar1210




Mavzu:Biznes rejani amalga oshirish uchun investitsiyalar samaradorligini baholash ko`rsatkichlari va ularni hisoblash uslubiyati


Kirish
Reja:
1.Biznes-rejani amalga oshirish uchun investitsiyalar samaradorligini baholash
2.Investitsiya loyihalari moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholashning ahamiyati va ob’ektiv zarurligi
3.Korxonalar faoliyatiga investitsiyalarni jalb etish manbalari.
4.Invеstitsiyalar kiritish qoidalari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Innovatsion jarayon innovatsion o`zgarishlarni tayyorlash va amalga oshirishdan iborat bo`ladiva yagona, majmuaviy butunlikni tashkil qiluvchi o`zaro bog‘langan bosqichlardan vujudga keladi. Bu jarayon natijasida amalga oshirilgan, foydalanilgan o`zgarish
-innovatsiya paydo bo`ladi. Innovatsion jarayonni amalga oshirish uchun diffuziya (yangi sharoitlar yoki qo`llash joylarida bir marta o`zlashtirib yoki foydalanib bqlingan innvoatsiyani vaqtda tarqalishi)katta ahamiyatga ega. Innovatsion jarayon davriy xarakterga ega. Bu jihatlarni hisobga olish iqtisodiyotni tashkil qilish va iqtisodiy taxlil qilishning egiluvchan tizimlarini yaratishga yordam beradi.
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2017–2021 yillarga mo`ljallangan Harakatlar Strategiyasining milliy iqtisodiyiotning raqobatbardoshligini oshirish yo‘nalishining
asosiy vazifalaridan biri korxonalarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik va texnologikqayta jihozlashni yanada jadalroq o‘tkazish, zamonaviy ixcham texnologiyalarni keng tadbiqetishdan iboratdir.1
O‘zbekistonda ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan va bizning xom ashyoresurslarimizni chuqur qayta ishlashni, eksport salohiyatini ko`paytirishni ta‘minlovchi, yangi ishjoylarini tashkil qiluvchi yangi yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni yaratishga qaratilganinvestitsion loyihalarga ustivorlik beriladi. Ushbu masala bo`yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus Qarori chiqqan, unda ilmiy–amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlamalarni rivojlantirish va ularni ishlabchiqarishni modernizatsiyalash,


texnik va texnologik yangilash jarayonlariga tadbiq etish, fan vaishlab chiqarishning yaqinroq aloqasini ta‘minlashni rag‘batlantirish bo`yicha haqiqiy mexanizmlarni yaratish maqsadida va ilmiy–tadqiqot tashkilotlari va haqiqiy iqtisodiyot sohalari korxonalari o`rtasida yaqin kooperatsion aloqalarni o`rnatishda Respublika innovatsiong‘oyalar va loyihalar yarmarkasining o`rnini hisobga olgan holda tadbirlarning bir qatormajmualari tasdiqlangan.
Zamonaviy innovatsion jarayonlar murakkab bo`lib, ularning rivojlanishi qonuniyatlari tahlil qilinishi lozim. Buning uchun yangilik kiritish har xil tashkiliy–iqtisodiy jihatlari bilanshug‘ullanuvchi mutaxassislar innovatsion jarayon iqtisodchilari zarur.
Innovatsion jarayon iqtisodchilari ilmiy–texnik va iqtisodiy–psixologik salohiyatga ega bo`lishlari kerak, ularga muxandislik–iqtisodiy bilimlar zarurdir.
Innovatsion jarayon iqtisodchilari innovatsion jarayonni ilgari surishga yordam beradilar,ehtimol bo`lgan kataklizmlar (jamiyat va tabiatdagi keskin o`zgarishlar) ni va ularni bartaraf qilishyo`llarini prognoz qilishga harakat qiladilar.
Bozor iqtisodiyoti uchun mahsulotlarni yangilashdan manfaatdor bqlgan mustaqil firmalarning raqobati, bir birlari bilan raqobatlashuvchi yangilik kiritishlar bozoriga xosdir.
Shuning uchun yangilik kiritishlarning bozorli tanlovi mavjud, unda innovatsion jarayoniqtisodchilari ishtirok etadilar.
Innovatsion jarayon iqtisodchilari ijodiy jamoalarni tashkil qilish, yangiliklarni qidirib topish va tarqatish, ilmiy tadqiqotlar va ishlamalarga buyurtmalar portfelini shakllantirishvazifalarini bajara turib, har xil tashkiliy tuzilmalar (fanlar akademiyasi, OO`YU, ilmiyjamiyatlar, tadqiqot tashkilotlari, konstruktorlik byurolari va boshqalar) da harakat qilishlarimumkin. Ular ilmiy jamoalarni boshqaradilar, ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish bilanshug‘ullanadilar va an‘anaviy menejer va tadqiqotchi olim sifatlariga ega bo`lishlari, hamdayangilik kiritishlarning samaradorligini baholashga qodir malakali mutaxassislar bqlishlari kerak.
O‘zbekiston dunyoning rivojlangan davlatlari qatorigaqo`shilish, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni, mamlakatni modernizatsiya qilishni davom ettirish hamda chuqurlashtirish,fuqarolik jamiyatini shakllantirish va shu asosda o`z fuqarolari uchun munosib turmush sharoitiniyaratishni o`zining istiqboldagi muhimvazifalari deb biladi.
O‘zbekiston iqtisodiyotini isloh qilishning yangi bosqichi.
Innovatsion iqtisodiyotbo`yicha ilmiy jamoalar, tadqiqotlar va ishlamalarni iqtisodiy taxlil qilish usuliga ega va yangilik
kiritishlar bozorida ishlashga qodir mutaxassislarni tayyorlashni taqozo qiladi.


Download 39.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling