3.Korxonalar faoliyatiga investitsiyalarni jalb etish manbalari
Korxonalarda barcha investitsiyalar quyidagi ikkita manbadan shakllantirilib, amalga oshiriladi:
- korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan;
- chetdan jalb qilingan mablag‘lar orqali
Korxonaning investitsiyalarni shakllantirishda qo‘llaniladigan o‘z mablag‘lariga quyidagilar kiradi:
- korxonaning sof foydasidan ajratilayotgan mablag‘lar;
- amortizatsiya fondidagi mablag‘lar;
- asosiy vositalarni tugatishdan, sotishdan kelib tushgan mablag‘lar;
- asosiy vositalarni ijaraga berishdan tushgan mablag‘lar;
- boshqa korxonalar qimmatli qog‘ozlarini sotib olishi natijasida oladigan dividendlardan ajratilayotgan mablag‘lar va boshqa shu kabilar.
Investitsiyalarni shakllantirishda chetdan jalb qilinadigan mablag‘larga quyidagilar kiradi:
- davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
- tijorat banklaridan olinadigan kreditlar;
- hamkorlardan olinadigan mablag‘lar;
- qimmatli qog‘ozlar chiqarib sotish orqali jalb etiladigan mahalliy va xorijiy korxonalar hamda fuqarolarning bo‘sh turgan mablag‘lari;
- xayriya fondlaridan, homiylar tomonidan ajratilayotgan mablag‘lar va boshqalar.
|
Korxonalar va aholining o'z vositalari
|
Qabul qilingan mablag'lar
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |