1. Biznesning tovar sifatidagi xususiyatlari nimalardan iborat
Download 27.49 Kb.
|
biznesni baholash (1)
Savollar
2 . Biznes qiymatini baholashning mazmun – mohiyatini va baholash faoliyatining asosiy tushunchalarini ochib bering. 3 . Korxona va uning tarkibiy qismlarini baholash ehtiyojlari nima bilan shartlangan ? 4 . Korxona aksiyalari va qimmatli qog’ozlarni baholash qanday holatlarda o’tkaziladi? 5 . Korxona (biznes) qiymatini baholashga ta’sir etuvchi asosiy omillar qanaqa? Javoblar
1 . Biznes tovaming barcha belgjlariga egavau fuqarolik-huquqiy muomala obyekti bo‘lishi mumkin. Lekin bu alohida turdagi tovar hisoblanadi. Va ana shu alohidalikni baholovchi xususiyatlar uni baholashning tamoyillari, modellari, yondashuvlari va usullarini belgilab beiadi. Birinchidan, biznes - bu investitsiya tovari, ya’ni unga kelajakda foyda olish maqsadida sarmoya kiritiladi. Xarajatlar va daiomadlar vaqt bo'yicha ajradlgan. Bunda kutilayotgan foydaning miqdori ma’lum emas, ya’ni ehtimoliy xususiyatga ega, shuning uchun sarmoyador ehtimoliy muvaffaqiyatsizlik xatarini hisobga olishiga to‘g‘ri keladi. Agar bo‘lajak daromadlar ulami olish vaqtini hisobga olgan holda investitsiya tovarini xarid qilish xarajatlaridan kam bo‘lsa, u investitsiyaviy jozibadodigini yo‘qotadi. Shunday qilib, mulkdor oladigan bo‘lajak daromadlaming joriy qiymati xaridor tomonidan bozor narxining yuqori chegarasini o'zida namoyon etadi. Ikkinchidan, biznes tizim hisoblanadi, lekin u butun tizim sifatida ham yoki uning alohida kichik bo’lagi va hatto qismi sifatida ham sotilishi mumkin. Ushbu holatda uning muayyan sarmoya bilan, muayyan tashkiliy-iqtisodiy shakl bilan aloqasi uziladi, biznesning qismlari boshqa, sifat jihatdan yangi tizimni (korxonani) shakUantirish asosiga aylanadi. Bunda biznesning o‘zi emas, balki uning aloliida tarkibiy qismlari amalda tovar bo'ladi. Uchinchidan, tovar sifatida biznesga bo'lgan ehtiyoj tovaming ichida ham, tashqi muhitda ham kechadigan jarayonlarga bog'liq. Bunda, bir tomondan, jamiyatdagi beqarorlik biznesni ham beqaroriikka olib keladi, ikkinchi tomondan, biznesning beqaiorligi jamiyatning o'zidagi beqarorlikning yanada o‘sishiga oUb keladL Bundan biznesning tovar sifatidagi yana bir xususiyati - uning fuqarolik- huquqiy muomalasini tartibga solishga bo'lgan ehtiyoj kelib chiqadi. To‘rtincbidan, biznes barqarorligining jamiyatdagi barqarorlik uchun alohida ahamiyatini hisobga olgan holda nafaqat biznes aylanishi mexanizmini tartibga solishda, balki biznesning bozor narxini shakUantirishda hamda uni baholashni amalga oshirishda ham davlatning ishtiroki zarur. Biznes tovar sifatida tegishli bozoilar va ulaming infratuzi]masini rivojlantirish zaruratini shart qiMb qo'yadi. Bunda ushbu tovar butunligicha ham, uning alohida qismlari bUan ham sotilishi mumkin, bu biznesni ko'char va ko‘chmas mulk bozorlariga ham, fond (saimoya) bozorlariga ham jalb etish imkoniyatini nazarda tutadi. Biznesning mulkiy bozorlardagi ishtiroki ular orqaU mulk huquqlari va ular bilan bog‘liq manfaatlar boshqa shaxsga o‘tkaziladigan, narxlar belgUanadigan va yerdan foydalanishning turli raqobat qUuvchi variantlari o‘rtasidagi kenglik taqsimlanadigan tartib va mexanizmlar to‘plamiga mos keladi Biznesning mulkiy qismining mulk bozorlarida ishtiroki ko'char va ko'chmas mulkning tuiii xillari uchun belgjkngan mexanizmlaiga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu mexanizmlar mualliflaming awal chop etilgan o‘quv qo^anmasida1 batafsil bayon etilgan. Shuni hisobga olib bu yerda biznesning fond (sarmoya) bozoridagi ishtirokini batafsil ko'rib chiqish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. 2 «Biznes (angl. business) — xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining sohasini va uning iqtisodiy manfaatlanni tavsiflovchi umumiqtisodiy atama»1. Biznes — daromad keltiruvchi aniq tadbirkorlik faoliyati, ish, mashg‘ulot turi hisoblanadi. Наг qanday biznes o‘zining koixona ko‘rinishidagi tashkiliy-iqtisodiy shakliga ega. Hoziigi sharoitda har qanday mulk obyekti daromad manbai va bozor muomalasining obyekti bo‘lishi mumkin, shu jumladan, mulk huquqi ham ana shunday obyekt hisoblanadi. Bunda daromad olish jarayoni va daromad keltiruvchi mulk sifatida biznes alohida qiziqish uyg‘otadi. Biznesning asosini, uning ajralmas mohiyatini sarmoya tashkil etadi. Sarmoya zamonaviy iqtisodiy tizimning moddiy asosi hisoblanadi. Sarmoya - bu boylik, ishlab chiqarish vositasi, ishlab chiqarish omillari, ya’ni daromad keltiruvchi mehnatga investitsiya qilishning turii moddiy- mulkiy shakllaridir. Daromad olish jarayoni ma’lum bir iqtisodiy munosabatlami, shu jumladan, mulkchilik munosabatlarini nazarda tutadi. Demak, sarmoya - bu ishlab chiqarishning moddiy-mulkiy omillaiidan tashqari, daromadni yaxatish jarayoni subyektlari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar hamdir. Mulk va sarmoya ma’lum bir tashkiliy tuzilmalar — korxonalar, tashkilotlar, firmalar doirasida hamda ma’lum bir biznes sohasida shakllanadi va foydalaniladi. 0 ‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida2 respublika tijorat korxonalarining quyidagi tashkiliy shakllari belgilangan: xo‘jalik shirkatlari (to'liq shirkat va kommandit shirkat) va jamiyatlar (mas’uliyati cheklangan jamiyat, qo'shimcha mas’uliyatli jamiyat, ochiq va yopiq aksiyadorlar jamiyati, sho‘ba xo'jalik jamiyati, qaram xo'jalik jamiyati), ishlab chiqarish kooperativlari va unitar korxonalar. 3 . Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish fan va amaliyotning bir qator yangi sohalarini keng rivojlantirishni talab etdi. Xususiylashtirish jarayoni, fond bozorining vujudga keUshi, sug'urta tizimining rivojlanishi, tijorat banklarining mulk garovi ostida kreditlar berishga o'tishi asta-sekin xizmatlaming yangi turi — koixona (biznes)ni baholash, uning sarmoyasining bozor qiymatini aniqlashga bo'lgan ehtiyojni shakllantirdi. Korxonaning sarmoyasi - beqiyos va o'z tarkibiga ko'ra murakkab tovar, uning shakllanish jarayonini ko'p jihatdan aniq omillar belgilab beradi. Shuning uchun uni kengayishining barcha o'ziga tegishli ichki va tashqi shait-sharoitlarini hisobga olgan holda kompleks baholashga nisbatan zaruiat paydo bo'ldi. Korxonaning bozor qiymatini aniqlash oldi-sotdi operatsiyalari bUan tugamaydi. Aksiyalashtirish, yangi paychilami jalb etish va qo'shimcha aksiyalami chiqarish, mol-mulkni sug'urtalash, mulkni garovga qo'yib kredit olish, soUqlami hisoblash, meros qilish huquqidan foydalanish va boshqa hoUarda koixona biznesini baholashga nisbatan ehtiyoj oitadi. 4 Korxonaning aksiyalar paketlari va qimmatli qog'ozlari quyidagi hollarda baholanadi: • korxonani aksiyalashtirishda; • korxonaning ustav fondini oshirishda; • aksiyalar paketlarini boshqa korxonalar ustav sarmoyasiga o'tkazishda; • biznesni maydalash yoki uni tarkibiy o'zgartirishda mulkdorlaming ulushini aniqlashda; kreditlash uchun garov sifatida foydalanishda; • qo'shib olinayotgan korxona aksiyalanni xarid qilishda qo'shib olayotgan korxonaning barbod bo'lishini oldini olish uchun, • aksiyadorlik jamiyatlarini sotishda (ayniqsa, qo'shilish va qo'shib olish jarayonida) korxonalar aksiyalan boshqa korxonalar aksiyalariga almashtirilishi lozim bo'lgan munosabatlarni aniqlashda; • biznesga yangi mulkdorlar aksiyalar va qimmatli qog'ozlar ko'rinishidagi mulkiy badal bilan kirganda. Baholashning asosliligi va ishonchliligi ko'p jihatdan baholashdan foydalamsh sohasi (oldi-sotdi, kredit olish, sug'urta, soliq solish, tarkibiy o'zgaitirish va h.k.) qanchalik to'g'ri aniqlanishiga bog'liq. Yuqorida ko'isatilgan baholashning turli maqsadlari qiymatning turli darajalarini nazarda tutadi. Jahon amaliyoti baholash maqsadlari va qiymat darajalarining quyidagi o'zaro nisbatini tavsiya qiladi . 5 . Biznesni baholash bozor iqtisodiyotida turli vaziyatlarda tez-tez amalga oshirilib turadigan faoliyat hisoblanadi. Uni bankrot bo'lgan korxonani sotishda ham, normal ishlab turgan aksiyadorlik jamiyati qancha summada (korxonaning o'z sarmoyasining balans qiymatidan ortiq bo'lgan summada) yangi aksiyalami chiqarish huquqiga egaligini aniqlashda ham har qanday (ochiq yoki yopiq) aksiyadorlik jamiyati undan chiquvchi aksiyadorlarning aksiyalarini sotib olishi lozim bo'lgan naixni hisoblashda ham amalga oshirish zarur. Vaqt va xatar biznes qiymatini baholashning asosiy omillari hisoblanadi. Vaqt omili bozor iqtisodiyotining barcha jarayonlariga, narxga, qiymatga, qarorlar qabul qilishga ta’sir ko'rsatuvchi muhim omil hisoblanadi. Samarasiz yo'qotilgan vaqt pulmng yo‘qotilganligini anglatadi. Bunga yo‘l qo‘ymaslikning yagona usuli — sarmoyani ishlashga majbur etish. Agar pul «o'lik yuk» bo‘Ub yotsa, u daromad keltirmaydi. Bunda daromad olish vaqti ham muhim, chunki olingan daromad yanada ko'proq daromad olish uchun ishlatilishi mumkin. Daromad olish vaqti oraliq vaqt, davrlar bilan o'lchanadi. Oraliq vaqt yoki davr bir kunga, bir haftaga, bir oyga, bir chorakka, yarim yilga yoki bir yilga teng bo‘lishi mumkin. Uning o‘tishi davomida pul to‘lanishi yoki olinishi lozim bo'lgan vaqt baholash jarayonida birinchi darajali ahamiyatga ega. Biznesning bozor qiymati ko‘p sonli omillar ta’siri ostida vaqt bilan o'lchanadi, shuning uchun u vaqtning ushbu lahzasida hisoblab chiqilishi mumkin. Ertaga esa bozor qiymati boshqacha bo‘lishi mumkin. Demak, biznesni doimiy baholash va qayta baholash bozor iqtisodiyoti sharoitida zarur hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotining yana bir muhim belgisi bo‘lib xatar (tavakkalchilik) hisoblanadi. Xatar deganda bozor konyunkturasi, makroiqtisodiy jarayonlar va h.k. bilan bog'liq beqarorlik va noaniqlik tushuniladi, boshqacha aytganda, xatar — bu investitsiyalardan olinadigan daromadlar bashorat qilinayotgandan ko'p yoki kam bo'lishi mumkin. Baholash chog'ida shuni yodda tutish lozimki, xataming turli xillari mavjud va bozor iqtisodiyoti sharoitida hech bir qo'yilma mutlaqo xatarsiz bo'lmaydi. Korxona qiymatini aniqlash uchun qiymatga ta’sir etuvchi omillar yig'indisi haqida, har bir muayyan omilning ta’siri haqida tasawurga ega bo'lish lozim. Korxona qiymatiga ta’sir ko'rsatuvchi omillaming muhim yig'indisi bo'lib talab omillari hisoblanadi. Talab iste’molchilaming afzal ko'rishi bilan belgilanadi, u tovaming fnydaliligiga, ya’ni uning bo'lajak foydalariga tasir o'tkazadi. Masalalar Prognoz davri tugashiga bir yil qolganda korxonaning pul oqimi 150 ming so’mga teng, diskontlash stavkasi 24 %. Baholovchi prognoz qilingan davrning oxirida daromad o’sishi surati barqarorlashdi va yiliga 2 % ni tashkil etadi deb taxmin qilmoqda. Korxona qiymatini hisoblash zarur ? Download 27.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling