1-bob. Atrof muhitning inson uchun ahamiyati


Atrof muhit muhofazasi bo‘yicha O‘zbyokiston Respublikasi qonunlari va qarorlari


Download 19.78 Kb.
bet2/2
Sana26.10.2023
Hajmi19.78 Kb.
#1723834
1   2
Bog'liq
1-BOB

1.2. Atrof muhit muhofazasi bo‘yicha O‘zbyokiston Respublikasi qonunlari va qarorlari
O‘zbyokiston Respublikasi atrof muhit muhofazasi masalalari Konstitutsiyada va yer, yer osti boyliklari, suv, o‘rmon, atmosfera havosi va xayvonot olami haqidagi qonunlarda, shuningdek, Prezident xuzuridagi Vazirlar Mahkamasining maxsus qarorlarida o‘z aksini topgan. Tabiat muhofazasi hozirgi kunda davlatning organik funksiyasi bo‘lib kelmoqda, chunki gap odamlar salomatligi va mamlakat milliy boyligiga tejamkorlik va egalik nuqtai-nazaridan yondashish zarurligi haqida ketmoqda.
Ekologiyaga solinayotgan xavf O‘zbyokiston uchun, umuman butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun naqadar yuqori ekanligini hisobga olgan holda xukumat va davlat atrof muhitni himoya qilish, tabiat zaxiralaridan oqilona foydalana olish masalalariga juda katta e’tibor bermoqda. Atrof muhitni muhofaza qilishni ta’minlashga qaratilgan qonun xujjatlari qabul qilindi. O‘zbyokiston Respublikasining tabiatni muhofaza qilish borasidagi milliy tadbirlari boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan keng va har tomonlama hamkorlik qilish ishi bilan qo‘shib olib borilmoqda.
O‘zbyokiston MDH davlat boshliqlarining 1992 yil 8 fevralda imzolangan Bitimiga muvofiq tuzilgan MDH mamlakatlari Davlatlararo Ekologiya Kengashining to‘la huquqli a’zosidir. MDH mamlakatlarining ana shu ekologiya kengashi darajasidagi hamkorligi a’zo davlatlarning atrof muhitni muhofaza qilish sohasida kelishib olingan, muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlar qilish maqsadini ko‘zlaydi.
Hozirgi paytda respublikada atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy zaxiralardan oqilona foydalanish bo‘yicha Davlat dasturi ishlab chiqilgan. Tabiatdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi butun faoliyat ana shu dastur asosida tashkil etilgan.
2013 ― 2017 yillarda O‘zbyokiston Respublikasida atrof muhit muhofazasi bo‘yicha harakatlar dasturining 68 ta bandida 78 ta tadbirni amalga oshirish nazarda tutilgan.
Dasturdagi nazarda tutilgan tadbirlar aksariyat qismining ro‘yobga chiqarilishi O‘zbyokiston Respublikasi Ekologiya va atrof- muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan muvofiqlashtirib borildi. Uning amalga oshirilishiga jami 89,4 mlrd.so‘m, 1635,6 mln. AQSh dollari va 57,6 mln. yevro miqdorida mablag‘ ajratilishi belgilanib, o‘tgan davrda 303,4 mlrd.so‘m, 808,5 mln. AQSh dollari, 139,0 ming yevro hamda 15,0 ming shveysariya franki miqdoridagi mablag‘ o‘zlashtirildi.
Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishlari profilaktikasi, ularni aniqlash va oldini olishning samarali mexanizmlarini joriy etish, respublika aholi punktlarining sanitariya va ekologik holati uchun davlat organlari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar rahbarlari va fuqarolarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish, shuningdek, 2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalarga erishishni ta’minlash maqsadida:
2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbyokiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi tasdiqlangan va unda quyidagi chora-tadbirlar nazarda tutilgan:

  • atrof muhit ob’ektlarini (atmosfera havosi, suv, yer, tuproq, yer qa’ri, bioxilma-xillik, qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar) antropogen ta’sir hamda boshqa salbiy ta’sir qiluvchi omillardan saqlash va sifatini ta’minlash;

  • ekologik jihatdan eng kam xavf tug‘diruvchi materiallardan, mahsulotlardan, ishlab chiqarish ob’ektlari va boshqa ob’ektlardan ustuvor darajada foydalanish;

  • qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarni kengaytirish;

  • zaharli kimyoviy va radioaktiv moddalardan ekologik xavfsiz foydalanishni ta’minlash;

  • chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishning ekologik xavfsiz tizimini takomillashtirish;

  • aholining ekologik madaniyatini shakllantirish, atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat organlari faoliyatining shaffoflik darajasini oshirish va fuqarolik jamiyatining rolini kuchaytirish;

Takrorlash va mustaqil ishlash uchun savollar
1. Fanning maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
2. Ekologik xavfsizlik deganda nimani tushunasiz?
3. Atrof muhit muhofazasi bo‘yicha O‘zbyokiston Respublikasida chiqarilgan qonunlar va qarorlar haqida ma’lumot keltiring?
4. O‘zbyokiston qachondan beri MDH mamlakatlari Davlatlararo Ekologiya Kengashining to‘la huquqli a’zosi hisoblanadi?
5. Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini tushuntirib bering?
6. 2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbyokiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi nimalarni ko‘zda tutadi?
Download 19.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling