1. bob. Axloqiy munosabatlarning globallashuvi insoniyat evolyutsiyasining qonuniyati sifatida


Globallashuv jarayonida yoshlarda mas’uliyatlilik hissini shakllantirish


Download 71.86 Kb.
bet8/10
Sana31.03.2023
Hajmi71.86 Kb.
#1310799
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Internatsional oilalarda madaniy an’analarning shaxslararo munosabatlarga ta’siri

2.2. Globallashuv jarayonida yoshlarda mas’uliyatlilik hissini shakllantirish
Milliy madaniyat tushunchasining falsafaga kiritilishi esa barcha xalqlar uchun umumiy bo`lgan yagona madaniyat mavjud bo`la olmasligi, har bir millatning faqat o`zigagina xos madaniyati mavjud ekanini ta`kidlovchi, masalan, N.YA. Danilevskiy, O. SHpengler, A. Toynbi kontseptsiyalar shakllanishi bilan bog`liq.
Har ikki tushunchaning ham madaniyatni xarakterlashda o`z o`rni bor. Birinchisida (“xalq madaniyati” tushunchasida) madaniyatning eng umumiy, muallifsiz tarixiy ildizi mavjudligi nazarda tutilayotgan bo`lsa, ikkinchisida uning xalqlar millatlarga ajralganidan keyingi differentsiallashgan, o`ziga xoslik kasb etgan tarixiy shakllari vujudga kelgani hisobga olinmoqda. SHu ma`noda bularning ikkisi ham madaniyatning umumiy ta`riflari emas, balki uni evolyutsiya jarayonida tushunishga xizmat qiluvchi muhim tushunchalardir. Va milliy madaniyatlarda internatsional tomonlarning mavjudligi, bir tomondan, barcha millatlarning bir vaqtlar hali millatlarga ajralmagan tarixiy davrdagi yalpi umumiy, differentsiallashmagan , muallifsiz tarixiy ildizi mavjudligi tufayli bo`lsa, ikkinchi tomondan, millatlar madaniyati taraqqiyoti mobaynida ularning o`zaro bog`lanib, aloqa qilganlari natijasida shakllangan yangi umumiyatlarning yuzaga kelishi tufaylidir.
Globallashuv jarayonida yoshlarda mas’uliyatlilik hissini shakllantirish va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash muammolari bugungi kunning eng katta dolzarb masalasidir. SHu nuqtai nazardan ularning ma’naviy bo‘shliqlarini to‘ldiruvchi o‘rindosh vositalar, milliy qadriyatlar ruhidagi tarbiyaviy uslublar ishlab chiqish lozim bo‘ladi. Bugungi murakkab, axborotlashuv jarayoni juda tez kechayotgan davrda yoshlar ma’naviyatini e’tiborda tutib, ulardagi mas’uliyatlilik hissini oshirish, qiziqish doiralariga mos vositalar orqali ta’sir qilish talab etiladi. Loyihada mana shu omillarni hisobga olib metodik qo‘llanma yaratish ko‘zda tutiladi. YOshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash ulkan ijtimoiy jarayonni qamrab oluvchi ma’naviy islohotdir. Ayniqsa ularda ijtimoiy voqeliklarga tez kirishib ketuvchi, barcha narsa va hodisalarga mas’uliyatli etib tarbiyalash vositalari o‘rganiladi. YOshlarni nafaqat ijtimoiy, balki, shaxsiy hayotlarida ham mas’uliyatlilik eng zarur va muhim kategoriyadir.
Mamlakat va millat or-nomusini, faxru-iftixorini, istiqboli va kelajagini yoshlar, ularning faoliyatisiz tasavvur qilish mushkul. SHu boisdan mamlakatimiz aholisining 64 % tashkil etgan yoshlar vatanimizning strategik maqsadlarini amalga oshirishda katta kuch ekanligini hisobga olgan holda, ularga bo‘lgan munosabat, hayotga, faoliyatga bo‘lgan qiziqish va mas’uliyatlilik hissini shakllantirish dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda.
Ma’lumki, “mas’uliyatlilik” tushunchasi falsafiy – sotsiologik kategoriya hisoblanib, shaxs va jamiyat, jamoa o‘rtasidagi munosabatlarni ob’ektiv tarzda bevosita munosabatlarini amalga oshirishni ifoda etadi[15]. SHuningdek – mas’uliyat bu ijtimoiy ahamiyatli burch va vazifalarning bajarilishi oqibatiga, xatti-harakat negiziga etgan axloqiy tamoyillar ham tushuniladi. Ta’kidlash joizki, ijtimoiy mas’uliyatning xususiyatlari, mazmun mohiyati, uning tarkibiy tuzilmalari orqali ifodalanadi. SHu jihatdan, ijtimoiy javobgarlik – ob’ektlar (inson, jamoa, jamiyat) xarakter (kim oldida, kim uchun, qanaqa) va ob’ektlar (texnik va biologik) dan iborat ekanligi ma’lum. Ijtimoiy javobgarlikning tarkibiy qismi ijtimoiy maqsad va ijtimoiy tashabbuslardan tashkil topgan. Ijtimoiy maqsadlarga ijtimoiy haqiqatga etishish esa ijobiy mehnat ko‘nikmasini tashkil etish, shaxs shakllanishi uchun qulay sharoitlar yaratishdir.
SHunday ekan davlat va jamiyat qurilishida uning maqsad va vazifa-larini amalga oshirishda o‘zaro hamjihatlik va hamkorlikni tushunganlik darajasi bevosita va bilvosita mas’uliyatda o‘z ifodasini topadi.
Ijtimoiy mas’uliyat xizmat, oilaviy, fuqarolik, jamoat va shaxsiy xizmatlarni bajarayotganda vujudga keladi. U shaxsning xulq-atvori, jamiyatdagi ijtimoiy me’yorlar va ularning bajarilishi uchun javob beradi. Misol uchun «Gippokrat qasamyodi» - tibbiyot xodimlarining bemor oldidagi umumqabul qilingan ijtimoiy mas’uliyatdir. Ijtimoiy mas’uliyat individual, guruhiy va jamoaviy bo‘lishi mumkin. U ijtimoiy tashabbusni amalga oshirish doirasida ijtimoiy maqsadni qabul qiladi.
Mas’uliyatlilik turli pog‘onalarda va ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Bu shaxsning yoshlik, pedagogik va psixologik xususiyatlari bilan dialektik bog‘liqlik asosida amalga oshadi. Oiladagi tarbiyaga ota-ona, maktabda esa ta’lim-tarbiyaga ustozlar mas’uldirlar. Mas’uliyat – shaxsdan boshlab, davlat va jamiyat qurilishi va uni boshqaruviga tomon tizim sifatida ierarxik tarzda tavsiflanadi.
YOshlar mas’uliyatliligini davr va zamon talablari asosida shakllantirib borish orqali eng avvalo davlat va jamiyat qurilishida yoshlarda maqsadlilik va kasbiy yo‘naltirganlik hamda istiqboldagi hayotini to‘g‘ri belgilashni in’ikos etishdan iborat bo‘ladi. SHuninngdek, yoshlar mas’uliyatliligini to‘g‘ri shakllantirish oila, maktab, jamoada, umuman ta’lim-tarbiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bilan belgilanadi.
Uchinchidan, bugungi globallashuv jarayonida yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada yuksaltirish, mafkuraviy immunitetni oqilona shakllantirish, ommaviy madaniyat ko‘rinishlaridan, buzg‘unchi va yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik chora-tadbirlaridan ogohlantirish, ularning ijtimoiy mas’uliyatlarini to‘g‘ri shakllantirish orqali amalga oshadi. 
Aslida ijtimoiy taraqqiyot davomida avlodlar vorisligida voqealar zanjirini kuzatganimizda butun tarixning, hayotning o‘zi mas’uliyat asosiga qurilganligini ko‘ramiz. Zero mas’uliyat orqali jamiyatda tartiblilik, mutanosiblik, belgilangan reja va vazifalarni ado etishdagi sobitqadamlilik hissiyoti paydo bo‘ladi. Ammo muammo shundan iboratki, bugungi kunda yoshlar o‘rtasidagi ayrim holatlarda g‘arb madaniyatining ta’siri kengayib bevosita tahdid etishi tufayli milliy qadriyatlarimizga katta ta’sir ko‘rsatuvchi salbiy voqea hodisalar va ko‘rinishlar paydo bo‘lmoqda. “...biz bunday xatarlarga qarshi o‘z vaqtida qat’iyat va izchillik bilan kurash olib bormasak, turli zararli oqimlar bizning yurtimizga ham shiddat bilan yopirilib kirishi, yoshlarimizni o‘z girdobiga tortib ketishini, oqibatda ularning ota-ona, oila, el-yurt oldidagi burchi va mas’uliyatini o‘ylamaydigan, faqat bir kunlik hayot bilan yashaydigan xudpisand kimsalarga aylanib qolishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin emas. Mana shu achchiq haqiqatni yurtimizdagi har bir inson, har qaysi ota-ona, eng muhimi, har qaysi yigit-qiz chuqur anglab olishini istardim”[16] – deb ta’kidlaydi yurtboshimiz I.Karimov.
SHu jihatdan, yoshlar mas’uliyatliligini shakllantirishda madaniy merosdan foydalanish omillarini atroflicha yoritish orqali ijtimoiy hayotda uchraydigan salbiy hodisalarni va ularning oqibatlarini bartaraf etish yo‘llarini aniqlashda:
milliy g‘oya tushunchasi va tamoyillarini yoshlar ta’lim-tarbiyasining konkret vazifalarini hisobga olgan holda, hamda faoliyatida haqiqatda lozimligini targ‘ibot qilish va shu asosda ijtimoiy mas’ullik hissini shakllantirish;
milliy ma’naviy merosimizni bugungi kun voqeligimiz nuqtai nazaridan baholash va ulardan keng va oqilona foydalanish;
OAV da bugungi kunda faol va tashabbuskor, o‘zining iqtidori va salohiyati bilan boshqalarga ibrat bo‘layotgan yoshlar faoliyatini tashviq va targ‘ib qilish;
o‘tmish madaniyatimizning, xususan milliy ma’naviyatimizni yuksaltirish jarayonida yoshlarda mas’uliyatlilikni shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlarini har tomonlama keng ko‘rsatish lozim bo‘ladi.
YOshlar mas’uliyatliligining genezisi va shakllanishi jarayoni bevosita shaxs faoliyatining, uni harakatga keltiruvchi uning ruhiyatidagi ob’ektivlik va sub’ektivlik, ichki va tashqi, erkinlik va voqelik, tasodif va zaruriyat hodisalarini bir-biriga bog‘lovchi omillar bilan o‘zaro aloqada kechadi. Zero, faoliyat tamoyillarini asosiy xususiyatlari sub’ektivlik va moddiylikdan (predmetlikdan) iborat bo‘lib, uning mohiyati shundan iboratki, har qanday inson faoliyati bevosita uning sub’ektiv maqsadlari individual e’tiqodi hamda ma’lum bir ijtimoiy zaruriyat, narsa va hodisalarning o‘zidagi ob’ektiv manbasi bilan belgilanadi. Holbuki, inson ko‘rgan bilgan, eshitgan voqea – hodisalarni birdaniga qabul qilib undan xulosa chiqara olmaydi. Birinchi marta inson ongiga ta’sir ko‘rsatgan har qanday yangilik uning ongi aql darajasi orqali o‘tadi. Bunda individning faoliyatidagi sub’ektiv jihatlar inson faoliyatini tashkil qiluvchi, boshqaruvchi, qolaversa uni yo‘naltiruvchi, e’tiqodlar, g‘oyalar, maqsad va motivlar, ko‘rinishlar, o‘tmish tajribalari orqali qo‘shilib yaxlit bir butunlikni tashkil etadi. SHaxs faoliyatidagi sub’ektivlik uning o‘zini aniqlashi bilan bog‘liq, o‘zini aniqlash bevosita ob’ektiv borliq bilan to‘qnash kelishidagi holatga mos keladi. Bu maslak oxir-oqibatda ham sub’ektiv omilga va ob’ektiv jarayonlarga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Bunda insonning faoliyati borliqqa nisbatan abstrakt bo‘lmasdan amaliy natijalar yig‘indisi bilan izohlanadi va shu orqali inson borlig‘ining ijtimoiy mohiyati ifodalanadi.
“Mas’uliyatlilik” tushunchasi, uning mazmun-mohiyatini o‘rganish kompleks tarzda ijtimoiy-psixologik, sotsiologik bilimlar majmuasidan iborat bo‘lib, nazariy metodologik jihatdan qator fanlar vakillarining izlanish sohasidir. Zamonaviy fanda ijtimoiy mas’uliyatlilikni kengroq ilmiy jihatdan 3 yo‘nalish muhim hisoblanadi. Ijtimoiy-falsafiy, sotsiologik va aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha tadqiqot olib borish maqsadga muvofiqdir.
YUqorida qayd etilgan yo‘nalishlarda yondashuvlarda ijtimoiy-falsafiy jihatdan tadqiqot olib borish murakkabdir. Zero, ijtimoiy falsafa, madaniyatlilik muammosini insonning, shaxsning ijtimoiy jarayonlarning sub’ekti hamda inson bilan shaxs o‘rtasidagi o‘zaro dialektik uyg‘unlikni tashkil etuvchi ob’ektivlik va sub’ektivlik, ijtimoiylik va individuallik, tarixiylik taraqqiyotidagi erkinlik va zaruriyat hamda inson faoliyatini uyg‘unlashtiruvchi ijtimoiy sharoitlar bilan bog‘liq holda o‘rganadi.
SHuningdek, ijtimoiy falsafa inson mas’uliyatlilik muammosini ijtimoiy munosabatlar yig‘indisi sifatida hamda ma’lum bir tarixiy taraqqiyotda inson va olam, individ va shaxsning ijtimoiy taraqqiyotdagi faol ta’siri sifatida o‘rganadi.
Konkret fanlar sirasidagi ijtimoiy soyiologiya, ijtimoiy psixologiya inson shaxs mas’uliyatini uningsub’ekti sifatidagi faoliyati, motivatsiyasi, ehtiyojlarini, qiziqish yo‘nalishlari, shaxsning ichki boshqaruv mexanizmi( o‘z o‘zini anglash, o‘z-o‘zini nazorat, baholash, qadrlash va baholash)lari darajasida namoyon etish orqali o‘rganadi.
Ta’kidlash joizki, inson mas’uliyatliligi hamma davrda o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lgan, hamda olam va odam munosabati o‘zaro kelishuv (T.Gobbs) va mas’uliyat asosiga qo‘rilgan. Tabiat va jamiyatni o‘zaro uyg‘unligi har ikkisiga tabiat jamiyat  inson uchun mas’ulligi bilan belgilanib kelgan. Agar biz inson mas’uliyatliligi tabiat va jamiyat oldidagi buyuk qadriyat sifatida belgilangan. U holda inson eng buyuk maqsadlar oldidagi majburiyatni o‘z zimmasiga olgan.
Inson jamiyatdagi ma’naviy mas’uliyat darajasi turli ko‘rinishlarda o‘z ifodasini topgan.
ijtimoiy qatlamlarda
institutlar, tashkilotlar, uyushmalar, partiyalar,
boshqaruv irearxiyasi
oila, maktab, mehnat jamoalari.
Bu ketma-ketlik o‘zining amal qilish doirasi tasnifida, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning in’ikosi sifatida namoyon bo‘ladi. SHuningdek, har bir pog‘onada o‘ziga xos tarzda ichki daraja ham mavjudki bu bilvosita
shaxslararo,
guruhlararo
davlat va jamiyatlararo tarzda ko‘rinadi.
Har bir pog‘onada o‘z ifodasini topgan mas’uliyatlilik darajasi uni tasniflovchi jihatlar inson faoliyati, uning turfa xususiyatlari bilan bir butunlikda kechadi.
SHu jihatdan uch asosiy jihatni o‘zaro integral muhim nuqta sifatida belgilash o‘rinli:
Birinchidan, inson mas’uliyatliligini shakllanishidagi, ijtimoiy sabablari, uning ijtimoiy hayot va ijtimoiy – tarixiy tendensiyalardagi takomillashuvidir.
Ikkinchidan, aniq – ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy shart-sharoitlar doirasidagi mas’uliyatlilik bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatuvi jarayonidir.
Uchinchidan, inson mas’uliyatliligini vujudga keltiruvchi uning ichki ma’naviy ruhiy-psixologik jarayonlarni tashkil etuvchi bilimlar, e’tiqodlar, ideallar, tajribalar tizimidir. SHuningdek, “mas’uliyatlilik” tushunchasini tadqiq etish orqali falsafa fani ushbu tushunchaning inson faoliyatidagi amaliy, bilishga oid, ruhiy-ma’naviy, ta’limiy-tarbiyaviy, moslashtiruvchilik vazifalarini aniqlab beradi.
Xulosa qilib aytganda, globallashuv jarayoni, dinamikasi yoshlar mas’uliyatiga ta’sir etadi. SHuning uchun ham bugungi kundagi eng dolzarb masala – yoshlar mas’uliyatiga, ma’naviyatiga e’tibor qaratishdir.
Aslida, globallashuv XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab turli darajada va ko'rinishlarda mavjud bo'lgan va hozirgi davrimizga kelib bu jarayonning avj olishi ro'y bermoqda. Buning ayrim jihatlari mamlakatimiz uchun ijobiy bo'lsa, ayrimlari salbiy ta'sir etadi. Bu ayniqsa, ma'naviyatga yetarlicha zarar keltiradi.
Albatta, bu jarayonlardan ko'z yumib bo'lmaydi. Muammoning qay darajadaligidan qat'iy nazar uning oldini olish, bunga qarshi kurashish choralarini izlash bizning oldimizda turgan vazifadir.
Shu xususda Yurtboshimiz shunday fikr bildirgan: «Kimdir uni yuksak texnologiyalar zamoni desa, kimdir tafakkur asri, yana birov yalpi axborotlashuv davri sifatida izohlamoqda. Albatta, bu fikrlarning barchasida ham ma'lum ma'noda haqiqat, ratsional mag'iz bor. Chunki, ularning har biri o'zida bugungi serqirra va rang-barang hayotning qaysidir belgi alomatini aks ettirishi tabiiy. Ammo ko'pchilikning ongida bu davr globallashuv davri tariqasida taassurot uyg'otmoqda»
Darhaqiqat, globallashuv jarayoni hozirda hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelmoqda. Globallashuv jarayonidan ikki xil maqsadda – ezgulik va yovuzlik yo'lida foydalanish mumkin. Ezgulik yo'lidagi harakatlar davlatni va jamiyatni rivojlantirishga xizmat qiladigan bo'lsa, yovuzlikni maqsad qilgan taraqqiyot mahsuli esa buning tamomila aksidir.

Download 71.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling