1-bob. Bolalar va o’smirlar sport maktablarining dastlabki tayyorlov guruhlarida gandbol mashg’ulotlarini tashkil qilish


Download 55.12 Kb.
bet3/9
Sana20.06.2023
Hajmi55.12 Kb.
#1627562
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Gandbol Dastlabki tayyorlov gurugi

To‘pni olib qo‘yish. Bu muhim usul yordamida jamoaning qarshi hujumga o‘tishi taminlanadi. Himoyadagi o‘yinchi to‘p uzatilgan vaqtda uni olib qo‘yish maqsadida o‘zi to‘sib turgan xujumchining oldidan to‘pga qarshi chiqish uchun turgan joydan keskin qo‘zg‘alishi lozim.
To‘pni urib chiqarish. Bu harakat to‘p olib yurgan hujumchi bilan kurashda bajariladi. Himoyachi qulay payt poylab hujumchiga yaqinlashib, to‘pni urib chiqaradi va uni egallashga intiladi. To‘pni urib chiqarish uni otish uchun qo‘lni orqaga uzatib, siltash harakatini bajarishda ham qo‘llaniladi. Himoyachi bunday holda hujumchining to‘pni otmoqchi bo‘lib to‘p bilan bo‘lgan qo‘lini orqaga uzatishini kutadi va shu payt qo‘l kafti bilan to‘pni tushiradi.
To‘pni to‘sish. Darvozaga otilgan to‘pga qarshilik ko‘rsatishda qo‘llaniladigan asosiy vosita hisoblanadi. Yuqoridan, o‘rta va pastdan kelayotgan to‘pni bir va ikki qo‘l bilan to‘sish mumkin. To‘sishni bajarayotgan himoyachi qanchalik hujumchiga yaqin bo‘lsa, to‘p yo‘nalishini aniqlash shunchalik oson bo‘ladi. Shuning uchun himoyachi to‘pni ushlashga tayyorlanishda diqqat bilan hujumchini, to‘pni kuzatishi va o‘z vaqtida to‘p otayotgan o‘yinchini to‘xtatish uchun chiqishi lozim. Hujumchi to‘p otishidan oldin himoyachi bevosita qo‘llarini yuqoriga ko‘tarib, kaftlarini oldinga qaratib bir-biriga yaqinlashtiradi va to‘pni to‘sishda qo‘l barmoqlarini jarohatdan saqlash uchun mushaklarini taranglashtiradi.
Yerdan sakratib otilgan to‘pni to‘sish sakrab amalga oshiriladi. Shuning uchun ximoyachi oldindan oyoqlarini bukkan holatda tayyorlanib turishi kerak.
Qo‘shilish. Bu usul o‘yinchilarni nazorat qilishni yo‘qotish xavfi tug‘ilganda qo‘llaniladi. Himoyachilar qo‘shilishib joy almashtirsa, bu holda ular kuzatuvchiga o‘yinchilari o‘zgaradi. To‘siq qo‘yilgan hujumchi orqaga harakat qilsa, shu zahoti uning raqibi oldinga chiqib, hujumchi ketgan tomonga suriladi. Odatda, bunday usul to‘siq qo‘yishda va hujumchilarning qarama-qarshi o‘rin almashtirishida qo‘llaniladi. Hujumchi himoya harakatlariga qo‘shilganda uni ta’qib qiluvchi yoki darvozaga yaqin turgan himoyachi javobgar bo‘lmog‘i kerak. Hujumchining hujum harakatlarini mushkullashtirish uchun himoya qilishga o‘tgan o‘yinchi hujumchining kirish yo‘lini va faol harakatini to‘xtatishga imkon yaratmog‘i kerak. Buni amalga oshirish uchun himoyachining qarama-qarshi harakat qilib, ta’qibchidan ozod bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.

Download 55.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling