1-bob bozor va raqobat tushunchasi, turlari hamda shakllari


Download 48.9 Kb.
bet1/6
Sana14.05.2023
Hajmi48.9 Kb.
#1460773
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi NASIROV


1-bob. bozor va raqobat tushunchasi, turlari hamda shakllari
1.1 Raqobatning mohiyati va raqobatlashuv usullari
1.2 Raqobatning asosiy turlari va vazifalari
1.3 Raqobatdosh bozor muvozanati uchun zarur shart-sharoit yaratilishiga qarab raqobatning turlari
2-bob.raqobat va uning mohiyati asosida mukammal tarraqiyotga qaratilgan bozor iqtisodiyotini qurish
2.1 Raqobat tushunchasi va uning dolzarbligini ochib berishga qaratilgan iqtisodiy faoliyat va jarayonlar
2.2 Innovatsion va zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida shakllangan kompaniyalarning o’zaro raqobat muhitiga kirishishi
2.3 Raqobatning mohiyatini tushunishga qaratilgan iqtisodiy va ijtimoiy siyosat
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Ilovalar.


Kirish


Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Birinchi prezidentimiz Islom Abdug'aniyevich Karimov o‘z ma’ruzalarida “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risidagi qonuni bugungi kunda eskirdi va zamon talablariga javob bermay qoldi. Shuni e’tiborga olgan xolda “Raqobat to‘g‘risidagi” yangi qonunni ishlab chiqarishimiz va qabul qilishimiz zarur”- deb ta’kidlagan edilar. Shulardan kelib chiqqan xolda, raqobat bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi mexanizmi hisoblanadi. Zero, raqobat tashqi kuch sifatida maydonga chiqib, korxonalarda mehnat unumdorligini oshirish, harajatlarni kamaytirish, ishlab chiqarish va mehnatni oqilona tashkil etishga, binobarin ishlab chiqarishni kengaytirish va samaradorligini oshirishga doimo undab turadi.Bozor mexanizmining asosiy tarkibiy qismlaridan biri raqobat hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti o‘zining yetuklik darajasi va rivojlanish xususiyatlaridan qat’iy nazar raqobatning mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Shu bilan birga, bozor iqtisodiyoti rivojlanib borishi bilan raqobatchilik munosabatlari ham takomillashib, o‘z shakllarini o‘zgartirib boradi. Mamlakatimiz birinchi Prezidenti I. A. Karimov raqobatning bozor iqtisodiyotidagi ahamiyatini ko‘rsatib, «Raqobat bo‘lmasa, bozor iqtisodiyotini barpo etib bo‘lmaydi. Raqobat - bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir», deb ta’kidlaydi. Shuningdek, bu masalaning muhimligini yana bir bor ta’kidlab, “mamlakatimizda Yaratilgan texnologiyalaming raqobatdoshligini ta'minlash, “nou-xau” namunalarini yaratish, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ya’ni yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlami amalga oshirish” kerak. Bu muhim amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan jihatlarni yoritib berish asosiy vazifasi hisoblanadi. Shuningdek, monopoliyalaning iqtisodiy asosi, turlari va mamlakatimizda monopoliyaga qarshi qonunchilikning rivojlantirilishi bayon etiladi. Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo‘jaligining eng muhim belgisi, uni rivojlantirish vositasi hisoblanadi. Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan yondashishi-ni talab qiladi.Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o‘rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xomashyo va materiallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadi. Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat pirovardida iste’molchilarni o‘ziga jalb etish uchun kurashni ham anglatadi. Resurslarni yetkazib beruvchilar o‘zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, tabiiy resurslar, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish uchun raqobatlashadilar raqobat Ishlab chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to‘liq erkinlashgan sharoitda yorqin namoyon bo‘ladi. Raqobat iste’molchilar o‘rtasida ham yuz beradi: ular tovarlami qulay va arzon narxlarda sotib olishga harakat qiladilar, ya’ni xaridorlar har bir sarflangan pul birligi evaziga ko‘proq naflilikka ega bo‘lishga harakat qiladilar raqobat Arzon va sifatli tovarni sotib olish uchun kurashadilar raqobat Shunday qilib, raqobat ko‘p qirrali iqtisodiy hodisa bo‘lib, u bozorning barcha subyektlari o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Raqobat bozor subyektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashuvidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi. Ishlab chiqaruvchilaming faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkor va mulk egasi sifatida erkin va mustaqil bo‘lishi raqobatning iqtisodiy asosini tashkil etadi. Chunki har bir mulk egasining o‘z manfaati bo‘lib, ular shu manfaatga erishish uchun intiladi. Mulk egasining tovar ishlab chiqarish va barcha boshqa sohalardagi faoliyati shu manfaatga bo‘ysundirilgan bo‘ladi. Bu jihatdan qaraganda raqobat erkin iqtisodiy faoliyat qiluvchi subyektlar manfaatlarining to‘qnashuvidan iborat bo‘lishini aniq tavsiflaydi. Raqobat mavjud bo‘lishining boshqa sharti tovar-pul munosabatlarining ma’lum darajada rivojlangan bozor tizimida amal qilishidir.Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (iste’mol)ga muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta'sir o‘tkazishdan iborat. Aynan shu vazifa yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi, ya’ni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi.
Ushbu kurs ishining dolzarbligini yanada ochib berish uchun 1-bob. bozor va raqobat tushunchasi deb tanlab olingan bunday tanlab olinishidan asosiy maqsad Iqtisodiy munosabatlarning bozor xarakteri xaridor va sotuvchining tanlash erkinligini bildiradi. Bozor mexanizmi talab va taklif nisbati orqali harakat qiladi, bu zaruriy narx harakatchanligini, tovarlar va demak, tovar ishlab chiqaruvchilar o'rtasidagi raqobatni nazarda tutadi. Raqobat bozor muhitining ajralmas qismi, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning zarur shartidir. Juda jadallik bilan rivojlanib borayotgan innovatsion bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatning qay darajada muhim va dolzarbligini ochib berish,bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatning mohiyatini ,uning turlari va qo’lash usullarini chuqurroq tushunib olishlik uchun kurs ishining 2-bobi raqobat va uning mohiyatida mukammal tarraqiyotga qaratilgan bozor iqtisodiyotini qurish deya nomlangan.



Download 48.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling