1 bob. Bpyo nima


Himoyaga muhtoj insonlar guruhiga


Download 47.94 Kb.
bet12/16
Sana16.06.2023
Hajmi47.94 Kb.
#1490122
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
BPYO

Himoyaga muhtoj insonlar guruhiga
Ushbu bobni o‘qib chiqib, siz bilib olasiz:
• Himoyaga muhtoj insonlar guruhiga yordam:
• Bolalar
• Psixik va jismoniy sog‘lig‘ida alohida ehtiyojga va kamchiliklarga ega insonlar
• Kamsitilish va zo‘ravonlikka duch kelgan insonlar.
Himoyaga muhtoj insonlar guruhiga yordam
Inqirozli vaziyatlarda ko‘proq himoyaga muhtoj insonlar guruhiga quyidagilar kiradilar:
• Bolalar va o‘smirlar.
• Sog‘lig‘ida kamchiliklari bor va imkoniyati cheklangan shaxslar.
• Kamsitilish va zo‘ravonlik xavfi ostida bo‘lgan insonlar: ayollar, milliy ozchiliklar.
Yodingizda tuting, barcha insonlar, shuningdek, himoyaga muhtojlar ham qiyinchiliklarni yengib o‘tishga qodirlar. Zaif insonlarga o‘zlarini moslashgan resurslari va xayot bo‘lish strategilaridan foydalanishlariga yordam bering.
Bolalar uchun oila a’zolari, ota-onalari va vasiylari – muhim himoya va ruhiy yordami manbaidirlar. Inqirozli hodisalarda o‘z ota-onalaridan ajralgan bolalar notanish joy va notanish insonlar orasida bo‘lib qoladilar. Ular ko‘p hollarda qattiq qo‘rqib ketganlar va atrofdagi xavfni to‘g‘ri baholay olish holatida emaslar. Birinchi muhim qadam, qarovsiz qolib ketgan bolalar, shuningdek o‘smirlarni ularning yaqinlari bilan birlashtirishdir. Buni mustaqil bajarishga urinmang. Agar siz xatoga yo‘l qo‘ysangiz, bu bolaning holatini qiyinlashtiridi. Buning o‘rniga bolalarni himoyasi bo‘yicha tashkilotlar bilan zudlik bilan bog‘laning, ular bolani ro‘yxatga olish jarayonini boshlaydilar, va unga kerakli g‘amxo‘rlikni ko‘rsatadilar. Agar bolalar ota-onalari bilan birga bo‘lsalar, kattalarni bolalarga g‘amxo‘rlik qilishlariga yordam bering. Keyingi sahifada turli yoshdagi va turli rivojlanishdagi bolalarga yordam berish bo‘yicha maslahatlar berilgan berilgan.
Inqirozli vaziyatlar bolalarga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
• Ularning tanigan va yaqin insonlaridan tashkil topgan o‘rgangan dunyolarini buzadi.
• Ularga o‘z xavfsizliklari hissini berib kelgan odatiy yashash muhiti va xayot tarzini buzadi. 
• Bolalar ota-onalaridan yoki boshqa qrindoshlaridan ajralib qolish xavfi ostida qoladilar. 
• Kichik yoshdagi bolalar ilk yoshlaridagi hulq-atvorga qaytishlari mumkin (malasan, barmoq so‘rish yoki yotog‘iga siyib qo‘yish), ota-onalariga yoki vasiylariga yopishib oladalar, shuningdek, kam o‘ynaydilar yoki tashvishli hodisalar bilan bog‘liq o‘yinlarni qayta- qayta o‘ynaydilar.
• Maktab yoshdagi bolalar ayrim hollarda o‘zlarini salbiy hodisalar sababchilari deb his qiladilar, ularda yangi qo‘rquvlar paydo bo‘ladi, ular kamgap va kam ko‘rishadigan bo‘la boshlaydilar, o‘zlarini yolg‘iz his qiladilar yoki inqiroz sharoitida insonlarga yordam berish yoki ularni himoya qilish tashvishiga tushib qoladilar.
• O‘smirlar «hech narsa sezmasliklari» mumkin, ular o‘z tengdoshlaridan ajralib turadilar va ulardan izolyatsiya qilinganlar deb o‘ylaydilar, xavfli harakatlar qilishlari yoki agressiya va negativizm ko‘rsatishlari mumkin.
• Bolalar jinsiy zo‘ravonlik, shavqatsiz muomala va ekspluatatsiyada yuqori xavf ostida bo‘lib qolishlari mumkin.
• Ilk yoshdagi bolalar o‘zlarini birlamchi ehtiyojlarini qondirolmasliklari va himoya qilaolmasliklari sababli ko‘p hollarda ayniqsa himoyasizdirlar, ularning ota-onalari yoki vasiylari boshqa yumushlar bilan band bo‘lishlari mumkin.
• Katta yoshdagi bolalar odam savdosi va jinsiy ekspluatatsiya jabrlanuvchilariga aylanishlari mumkin, ularni harbiylashgan tuzilmalarga aldov orqali jalb qilinishlari mumkin. 
• Qizlar va o‘g‘il bolalar ko‘pincha turli xil xavflarga duch keladilar. Odatda qizlar jinsiy zo‘ravonlik va ekspluatatsiyaga duchor bo‘ladilar, zo‘ravonlik jabrlanuvchisiga aylanganlaridan so‘ng, ular stigmatizatsiya va ijtimoiy izolyatsiyaga duch keladilar.
Bolalar inqiroz qiyinchiliklariga reaksiya ko‘rsatishlari (masalan, vayronalar, yaralanish va o‘lim guvohi bo‘lganlarida, tabiiy ofatni boshlaridan o‘tkazganlarida, ovqat va suv tanqisligini sezganlarida) ularning yoshlari va rivojlanish darajalariga bog‘liq.
Bu shuningdek, ular bilan ota-onalari, vasiylari va boshqa kattalar o‘zaro muloqot qilishlariga bog‘liq. Masalan, kichik yoshdagi bolalar atrofda nima bo‘layotganini to‘liq tushunishga qodir emaslar, va ayniqsa kattalar yordamiga muhtojdirlar. Odatda bolalar yonlarida kuchli va sokin kattalar bo‘lsalar o‘zlarini yaxshi eplay oladilar.

Download 47.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling