1 bob. Bpyo nima
YENGIB O‘TISHNING SALBIY YO‘LLARIDAN QOCHING
Download 47.94 Kb.
|
BPYO
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yaqinlari bilan aloqani yo‘lga qo‘yishga va har kungi xayot tarziga qaytishiga yordam bering
YENGIB O‘TISHNING SALBIY YO‘LLARIDAN QOCHING:
Spirtli ichimliklar va boshqa psixoaktiv moddalar iste’mol qilmang, chekmang. • Kun bo‘yi uxlamang. • Dam olishsiz va relaksatsiyasiz ishlamang. • O‘zingizni do‘stlaringizdan va oilangizdan ajratmang. • Shaxsiy gigiyenik qoidalariga e’tiborsiz bo‘lmang. • Jahlga erk bermang va zo‘ravonlik sodir qilmang. Yaqinlari bilan aloqani yo‘lga qo‘yishga va har kungi xayot tarziga qaytishiga yordam bering Oila a’zolariga birgalikda bo‘lishlariga, bolalarga esa ota-onalari va yaqinlari bilan ajralmasliklariga yordam bering. Jabrlanganlarga ularni qo‘llab-quvvatlay oladigan do‘stlari va qarindoshlari bilan bog‘lanishlariga yordam bering, masalan telefon qilishlariga imkoniyat yarating. Agar insonni so‘zlaridan unga ibodat qilish, diniy marosim yoki ruhoniylar tomonidan yordam zarurligini tushunib yetsangiz, unga diniy tashkilotlar bilan bog‘lanishiga yordam bering. Jabrlanganlarni bir birlariga yordam berishlari maqsadida bir yerga yig‘ing. Masalan, jabrlangan insondan qariyalarga g‘amxo‘rlik qilishini yoki yolg‘iz insonlarga hamjamiyatdagi boshqa a’zolar bilan bog‘lanishlariga yordam berishini iltimos qiling. Inqirozli vaziyatlarda insonlarning ma’naviy va diniy e’tiqodlari xayot mazmuni va umidni baxsh etishda, og‘riq va g‘amlarni yengishlarida katta ahamiyat kasb etishi mumkin. Lekin, inqirozni boshdan o‘tkazishda insonlar ayanchli yo‘qotishlarga duch kelib o‘zlarining e’tiqodlarini yo‘qotishlari mumkin. Bunday kechinmalar e’tiqodni susaytirishi yoki aksincha mustahkamlashi, yo bo‘lmasa o‘zgartirishi mumkin. Yordam berayotgan insonlaringizning diniy e’tiqodlarini biling va hurmat qiling. Insondan unga odatda nima yordam berishini so‘rang. Qiyinchiliklarni yengib o‘tishida yordam beruvchi harakatlarni, shuningdek diniy marosimlarni, agar ular xaqida aytib o‘tgan bo‘lsa, ularni qilishini maslahat bering. Diniy e’tiqodlar xaqida o‘z fiklaringizni aytmagan holda hurmat bilan tinlang. Insonga inqirozni ma’naviy yoki diniy talqinini va o‘zingizni diniy e’tiqodingizni gapirmang. Agar inson sizdan iltimos qilgan taqdirida ham, inqirozni intrepretatsiyasi yoki diniy talqinini ta’kidlamang, va lekin tonmang ham. Download 47.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling