1 bob. Bpyo nima
Download 47.94 Kb.
|
BPYO
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. BPYO kimlarga zarur
1 - BOB. BPYO - NIMA Kursning birinchi qismida siz bilib olasiz: Birinchi psixologik yordam nima (BPYO)? BPYO kimlarga zarur? BPYO ko‘rsatishning ahloqiy tamoyillari Birinchi psixologik yordam nima (BPYO)? JSST rahbar qoidalariga binoan BPYO – bu azob chekayotgan va muhtojlikni sezayotgan yaqin insonlarga amaliy yordam ko‘rsatish va umuminsoniy qo‘llab-quvvatlash choralari majmuidir . BPYO quyidagi sohalarni o‘z ichiga oladi: majburlamagan holda amaliy yordam ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash; ehtiyojlar va muammolarni baholash; dolzarb bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishda yordam berish (masalan, ovqat, suv, ma’lumot); insonlarni gapirishga majburlamagan holda tinglashni bilish; insonni tinchlanishiga yordam berish va yupatishni bilish; ma’lumot olishda, tegishli xizmatlar va ijtimoiy yordam ko‘rsatuvchi tizimlar bilan aloqa o‘rnatishda yordam berish; keyingi zararli holatlardan himoya qilish. Bu faqat mutaxassislar ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yordam emas; Bu professional maslahat berish emas; Bu jabrlanganga u bilan nima sodir bo‘lganini, aniq xronologiyasini va hodisaning mazmunini tahlil qilib ko‘rishini iltimos qilish emas; BPYO insonlarni o‘z hissiyotlarini va hodisalarga munosabatlarini aytib berishlariga majburlamagan holda tinglashga chorlaydi, chunki bunday yordam professional psixologik maslahat bo‘lib, uni faqat professional o‘qitilgan mutaxassislar ko‘rsata olishi mumkin. 1.2. BPYO kimlarga zarur? BPYO hozir boshidan kechirayotgan yoki amaldagi og‘ir inqirozli hodisa oqibatida distress holatidagi insonlarga mo‘ljallangandir. Bunday yordam kattalarga va shuningdek bolalarga ham ko‘rsatiladi. Biroq, inqirozli hodisani boshidan kechirgan har qanday inson BPYOga muhtoj bo‘lmaydi va uni olishga shoshilmaydi. Distress – bu stressning salbiy turi bo‘lib, organizmning umumiy psixofiziologik holatiga ta’sir ko‘satadi. Siz o‘z imkoniyatlaringizni bilgan holda boshqalarni yordamga jalb qilishingiz mumkin: tibbiyot mutaxassislarini (agar ular yoningizda bo‘lsa), hodisa sodir bo‘lgan joyda siz bilan birga bo‘lgan hamkasblaringiz yoki boshqa insonlarni, o‘z-o‘zini boshqarish organlarini yoki diniy va jamoatchilik tashkilotlari liderlarini. Siz BPYOni distress holatidagi insonlar bilan birinchi marta aloqaga kirayotgan vaqtingizda ko‘rsatishingiz mumkin. Odatda bu - hodisa sodir bo‘lgan vaqtda yoki sodir bo‘lishi bilan darhol ro‘y beradi, lekin ba’zan - hodisa qancha vaqt davom etgan va u qanchalik shikast yetkazganligidan kelib chiqib bir necha kun yoki haftadan keyin sodir bo‘ladi. Insonlarga BPYOni ko‘rsatish qoida sifatida turli xil favqulotda vaziyatlarda yoki xayotiy vaziyatlarda, masalan tabiiy ofatlarda (toshqinlar, zilzila, bo‘ronlar va b.q.), harbiy harakatlar, texnogen ofatlar, baxtsiz hodisalar, emigratsiya va boshqalarga zarurdir. Turli hodisalarda qoida sifatida BPYO jabrlanganlarga foydali va zarur bo‘ladi, biroq, shunday insonlar toifalari borki, ularga shifokorlarni, qutqaruv xizmatlarini yoki boshqa professionallarni tez yordamlari kerak bo‘ladi. BOSHQA MUTAXASSISLARNING ZUDLIK BILAN KO‘RSATILADIGAN JIDDIY YORDAMLARIGA MUHTOJ INSONLAR: shoshilinch tibbiy yordamni talab qiladigan og‘ir, hayot uchun xavfli jarohatlar bilan; o‘zlariga yoki farzadlariga g‘amxo‘rlik qilishga imkon bermaydigan qiyin ruhiy holatdagi; o‘ziga zarar yetkazishi mumkin bo‘lganlar; boshqalarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lganlar. Download 47.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling