ISTЕRIKSIMON RЕAKSIYA (ISTЕRIKA)
Belgilari:
ortiqcha hayajon;
harakatlarning ko‘pligi, teatrlashgan pozalar;
his-tuyg‘uga boy, tezkor nutq;
baqirishlar, qattiq yig‘lash.
QO'RQUV
Belgilari:
muskullarni taranglashishi (ayniqsa yuz muskullari);
yurakning kuchli urishi;
tez sayoz nafas olish;
o‘z hatti-harakatini nazorat qilishning kamayishi.
Qo‘rquv – bu o‘z o‘zini himoya qilish birlamchi instiktining namoyon bo‘lishi. U bizni tavakkal xavfli amallardan saqlaydi.
Qo‘rquv insonni o‘ylash va harakat qilish ko‘nikmalaridan mahrum qilish darajasida kuchli bo‘lishi mumkin.Ba’zida qo‘rquv vahimaga aylanishi mumkin. Vahimali qo‘rquv, dahshat qochishga, uyqusizlikka va tajavvuzkor harakatlarga olib kelishi mumkin. Inson qo‘rquv holatida qandaydir xavfli predmetlarni tortib olishi mumkin, ekstremal holatda o‘zini qutqarishdan mahrum qilib xavfli bo‘lgan joylarga chiqib olishi mumkin. Bunda u o‘z harakatlarini nazorat qilishi yomonlashadi, va atrofda sodir bo‘layotganlar jabrlanuvchining o‘zi va atrofdalilar uchun xavfli ekanligini tushunib yetmaydi. Vahimani emotsional yuqtirish ehtimoli katta.
AGRЕSSIV RЕAKSIYA
Belgilari:
hayajonlashish;
jazavaga tushish, norozilik, jahl (har bir, hattoki arzimagan sabablarda);
yuqori muskulli taranglashish;
atrofdagilarga qo‘l yoki qandaydir predmetlar bilan musht tushirish;
so‘zlar bilan xaqoratlash, haqorat.
BЕFARQLIK
Belgilari:
yengib bo‘lmaydigan charchoq, bunda har qanday harakat va aytiladigan so‘z qiyinchilik bilan amalga oshiriladi;
sodir bo‘layotganlarga befarqlik;
har qanday hissiy namoyondalarning yo‘qligi;
sustlik;
nutq tezligining pasayishi, yoki umuman yo‘qligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |