BPYO ko‘rsatishga tayyorgarlik
Ma’lumotga ega bo‘ling:
Oldindan bilib oling, hodisa qayerda, qachon va nima bo‘lgan? Sodir bo‘lgan hodisaning oqibatlari qanday? Jabrlanganlar bormi va ularning soni qancha?
Mumkin bo‘lgan yordam:
Insonlar tibbiy yoki boshqa zudlik bilan ko‘rsatiladigan yordamni qardan olishlari mumkinligi xaqida bilib oling.
Hodisa va amaldagi holat bo‘yicha ma’lumotlarni qay darajada bilishingiz o‘zingizga ishonch hosil qilishingizga va malakali yordam berishingizga sabab bo‘ladi.
BPYOni zudlik bilan ko‘rsatish tamoyillari
Ushbu bobni o‘qib chiqib, siz bilib olasiz:
Birinchi psixologik yordamning zudlik bilan ko‘rsatishning uch asosiy tamoyili:
• Ko‘rish
• Tinglash
• Yo‘naltirish
Insonga stressga nisbatan o‘tkir reaksiya holatida qanday yordam ko‘rsatish kerak
Stressni yengib o‘tishda choralar
3.1. BPYOni zudlik bilan ko‘rsatish tamoyillari
Birinchi psixologik yordamning zudlik bilan ko‘rsatishning uch asosiy tamoyili - ko‘rish, tinglash va yo‘naltirish. Bu tamoyillar sizga inqirozli vaziyatni to‘g‘ri baholash va fojia joyida o‘z xavfsizligingizni ta’minlashga, jabrlanuvchilarga yondashuv topishga, ularga nima zarurligini tushunishga va ularni amaliy yordam va ma’lumot olishlari mumkin bo‘lgan joyga yo‘naltirishga yordam beradi.
Ko‘rish
Xavfsizlik imkoniyatlarini tekshiring
Atrofda xaqiqatda ham birlamchi xayotiy ehtiyojlarini qondirishga muhtoj insonlar borligini aniqlang.
Atrofda og‘ir distress holatidagi insonlar borligini aniqlang.
Tinglash
Yordamga muhtoj bo‘lishi mumkin bo‘lgan insonlarga yuzlaning.
Ular nima muhtoj ekanliklarini va nima tashvishga solayotganini aniqlang.
Ularni tinglang va tinchlantirishga harakat qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |