1 bob. Bpyo nima
Download 47.94 Kb.
|
BPYO
Yo‘naltirish
Insonlarga birlamchi ehtiyojlarini qondirishlariga va kerakli yordamni olishlariga yordam bering. Ma’lumotni taqdim eting. Yaqinlari va ijtimoiy yordam xizmatlari bilan bog‘lanishlariga yordam bering. Ko‘rish Insonlar inqirozli hodisalarga turlicha munosabat bildiradilar. Quyida stress vaziyatlardagi reaksiyalarning bir necha misollari ko‘rsatilgan. • Jismoniy simptomlar (masalan, titrash, bosh og‘rig‘i, tez paydo bulgan zaiflik, ishtaha yo‘qolishi, turli xil og‘riqli hislar) • Yig‘i, qayg‘u, kayfiyatni tushib ketishi, siqilish. • Tashvish, qo‘rquv. • Kuchlanish va asabiylashish. • Yomon narsa yuz beradi degan notinch o‘ylar. • Uyqusizlik, yomon tushlar. • Jizzakilik, jahl, agressiya. • Aybdorlik hissi, uyalish (masalan, tirik qolganliklari uchun, yoki boshqalarni qutqara olmasliklari yoki yordam bera olmasliklari uchun). • Holatda yo‘nalishni yo‘qotish, ruhiy hissizlik, sodir bo‘layotganlarning norealligi, yoki «tuman ichida» bo‘lish hissi. • Yopiqlilik yoki harakatsizlik. • Boshqa insonlarga nisbatan reaksiya yo‘qligi, so‘zlashishdan bosh tortish. • Dezoriyentatsiya (masalan, inson kim ekanligi, kayerdanligi, yoki nima sodir bo‘lganligini ayta olmaydi) • O‘zi va o‘z farzandlariga g‘amxo‘rlik qila olmaslik ( masalan , ovqatdan va suvdan bosh tortish, oddiy qarorlar qabul qila olmaslik) • Ba’zi insonlar yengil distress his qiladilar, yoki salbiy psixik reaksiyalarni ko‘rsatmaydilar. Ko‘pgina insonlar vaqt o‘tishi bilan muvaffaqiyatli tiklanadilar, ayniqsa, masalan o‘zlarining birlamchi ehtiyojlarini qondiririshlari uchun atrofdagilardan yordam va/ yoki BPYO olsalar. Biroq, og‘ir va uzoq davom etuvchi distress holatidagi insonlarga jiddiy yordam talab etiladi, ayniqsa, ular har kungi uy yumushlarini qila olmasalar yoki o‘zlari va atrofdagilar uchun xafv tug‘dirsalar. Og‘ir distress holatidagi insonlarni yolg‘iz qoldirmanglar, va ularning holatlari yaxshilamanguniga qadar yoki tibbiyot xodimlari, rahbarlar yoki joydagi jamoat vakillaridan yordam olmaguningizga qadar xavfsizligini ta’minlashga harakat qilinglar. Bundan tashqari, jabrlanganlar orasida alohida g‘amxo‘rlik va himoyaga muhtojlarni izlanglar. Download 47.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling