3-mavzu: O‘zaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari. Falsafa kategoriyalari. Reja


Download 235.5 Kb.
bet1/17
Sana27.01.2023
Hajmi235.5 Kb.
#1130547
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
3-Mavzu ma\'ruza matni


3-MAVZU: O‘zaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari.Falsafa kategoriyalari.


Reja:



  1. Qonun va qonuniyat tushunchalari.

  2. Rivojlanish, o‘zgarish va taraqqiyot tushunchalari.

  3. Dialektika tushunchasi, mohiyati va uning muqobillari.

  4. Dialektika qonunlarining asosiy shakllari.

  5. Kategoriya tushunchasi va uning turlari.



Tayanch so‘z va iboralar: : qonun, tabiat qonunlari, rivojlanish, o‘zgarish va taraqqiyot, dialektika, dialektik tafakkur, sofistika, eklektika, dogmatika, metafizika, sinergetika, dialektika qonunlari, miqdor va sifat o‘zgarishlari, me’yor, uzluksizlik, uzilish, sakrash, qarama-qarshiliklar birligi va kurashi, ziddiyat, ayniyat, tafovut, qarama-qarshilik, vorislik va davomlilik, inkorni inkor, kategoriya, aloqadorlik va bog‘lanishlar, yakkalik, xususiylik va umumiylik, sistema, struktura va element, juft kategoriyalar, mohiyat va hodisa, butun va qism, mazmun va shakl, sabab va oqibat, zaruriyat va tasodif, imkoniyat va voqelik.
Qonun va qonuniyat tushunchalari. Dunyoning mavjudligi botiniy va zohiriy o‘zgarishlarning abadiy takrorlanib turishidan iborat. Bu takrorlanishlar o‘z mohiyat va xususiyatlarini saqlab qolganliklari uchun qonun va qonuniyat tusini olgan.
Qonun tushunchasi kundalik hayotda tez-tez ishlatib turiladi: fizika, ximiya, yuridik, iqtisod, tabiat qonunlari, qonun ustuvorligi va h. k.
Tabiat, jamiyat va inson taraqqiyoti ma’lum qonunlar asosida amalga oshadi. Fanlarning asosiy vazifasi muayyan sohani tadqiq etib, qonunlarni kashf qilish yoki amal qilish xususiyatlarini ochib berishdir. Qancha ko‘p qonun kashf qilinsa, taraqqiyot shuncha tez bo‘ladi.
O‘zbekiston ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti asosida demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo qilish yo‘lidan bormoqda. Bunda umumbashariy qonunlar va mamlakatimizning o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olingan.

Download 235.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling