3-mavzu: O‘zaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari. Falsafa kategoriyalari. Reja
Dialektika qonunlarining asosiy shakllari
Download 235.5 Kb.
|
3-Mavzu ma\'ruza matni
Dialektika qonunlarining asosiy shakllari.
a) Miqdor va sifat o‘zgarishlari birligi. Narsa-hodisalar bir-biridan turli xususiyatlari bilan farqlanadilar. Ularni bir-biridan farq qildiruvchi narsa – ularning sifatidir. Sifat – narsa-hodisalarga nisbiy barqarorlik bag‘ishlaydigan, ularning ichki muayyanligini ta’minlaydigan, bir narsa-hodisani ikkinchi narsa-hodisadan farq qildiradigan barcha muhim belgi va xususiyatlarg birligi. Sifatning o‘zgarishi o‘rniga boshqa narsa-hodisani vujudga keltiradi. Tabiat va jamiyat juda ko‘p xilma-xil narsa, voqea va hodisalar birligidan tashkil topgan. Bunday xilma-xillik narsa-hodisalar o‘rtasidagi sifatiy tafovutlar ifodasidir. Masalan, noorganik tabiat bilan organik tabiat sifat jihatdan bir-biridan farq qiladi. Organik tabiat o‘z atrofidagi muhit bilan uzluksiz modda almashinib turadi. Noorganik tabiatda bunday modda almashinish bo‘lmaydi. O‘z navbatida, o‘simlik va hayvonlar o‘rtasida ham sifat jihatdan farq bor. Inson esa ularga nisbatan butunlay boshqacha sifatga ega. Sifat bir narsani ikkinchi bir narsa bilan bog‘liqligini ham ko‘rsatadi. Shuning uchun muayyan sifatga ega narsa-hodisalarni bir-biridan ajratib, bir tomonlama o‘rganish bilan chegaralanmay, balki ularni bir-biri bilan bog‘laydigan umumiy xususiyatlari asosida ham o‘rganish zarur. Agar tirik organizmning atrof-muhit bilan modda almashinishi to‘xtab qolsa, u halok bo‘ladi, tiriklik sifatini yo‘qotadi. Xususiyatlar esa sifatning ifodasi, muhim va nomuhim xususiyatlar o‘zgarishi bilan sifat ham o‘zgarishi mumkin. Masalan, benzin uchun rang muhim xususiyat emas. Benzin rangini yo‘qotgani yoki boshqa rangga kirgani bilan u boshqa suyuqlikka aylanmaydi. Tez yonuvchanlik benzinning muhim xususiyatidir. Benzin bu xususiyatini biror sababga ko‘ra yo‘qotsa, u dvigatel uchun yonilg‘i bo‘lmay qoladi, boshqa ximiyaviy moddaga aylangan bo‘ladi. Narsa-hodisalarning sifat va xususiyatlari ob’ektiv, miqdorlari bilan ham farqlanadilar. Narsa-hodisalardagi son, hajm, daraja kabi tomonlar muayyanligi miqdor deb ataladi. Miqdor turlicha: son, o‘lchov daraja, makondagi o‘zaro munosabati (uzunlik, kenglik, balandlik) tariqasida ifodalanadi. Ijtimoiy hodisalarning miqdor muayyanligini, tabiatdagidek, hamisha ham aniq ifodalab bo‘lmaydi. Masalan, bir ijtimoiy tuzum ikkinchi ijtimoiy tuzumdan ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti, ishlab chiqarish munosabatlari xarakteri jihatidan farq qilishi (sifat), ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati, unumli mehnat bilan shug‘ullanuvchi odamlarning soni, milliy daromadning ma’lum miqdori, uning jamiyat a’zolariga taqsimlanishi (miqdor) kabilar bilan farq qiladi. Miqdor ham sifat kabi ob’ektiv mavjud. Har bir narsa-hodisa muayyan miqdor va sifat birligi – me’yorga ega. Me’yor narsa-hodisalarning miqdor va sifat birligini qamrab oluvchi chegaradir. Me’yorning buzilishi narsa yoki hodisa sifatining o‘zgarishi, uning boshqa narsa-hodisaga aylanishiga olib keladi. Ijtimoiy hodisalarda me’yorning roli juda katta. Ayniqsa, san’atda me’yor juda muhim: tabiat va inson go‘zalligini me’yordan chiqib ifodalash mumkin emas. Me’yor ma’naviy-ahloqiy hodisalarga ham taalluqli. Har bir ijtimoiy tuzumda uning ahloqiy normalari doirasidan chiqib ketilsa, u jinoyatga aylanib ketadi. Me’yor doirasidan chiqish bilan, odatda, boshqa sifat va miqdor birligiga asoslangan yangi me’yor vujudga kelgan bo‘ladi. Masalan, misning xarorati 600OS yoki 1000OSga yetkazilganida, uning agregat holati o‘zgarmaydi, ammo harorat 1083OSga yetganda mis eriy boshlaydi, ya’ni yangi sifatga o‘tadi. Rivojlanish jarayonida o‘zaro farq qiluvchi sifat va miqdor o‘zgarishlari, uzluksizlik va uzilishning birligi sifatida namoyon bo‘ladi. Download 235.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling