3-mavzu: O‘zaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari. Falsafa kategoriyalari. Reja


Download 235.5 Kb.
bet8/17
Sana27.01.2023
Hajmi235.5 Kb.
#1130547
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
3-Mavzu ma\'ruza matni

Uzluksizlik – narsa-hodisalar rivojlanishidagi miqdor o‘zgarishlarini o‘z ichiga oladi. Uzluksiz rivojla­nish davrida narsa-hodisalarda ichki o‘zgarishlar yuz bersa-da, ular mohiyatini butunlay o‘zgartirib yubormaydi.
Uzilish esa narsa-hodisalar o‘zgarish va rivojlanish jarayonida endi yangi miqdor o‘zgarishlari mumkin bo‘lmay qolgan bir paytda yuz beradigan bir sifat muayyanligidan ikkinchi sifat muayyanligiga o‘tish demakdir. Miqdorning sifatga o‘tishi, es­ki sifatning yangi sifatga aylanishi falsafada uzluksizlikning uzilishi yoki sakrash, deyiladi. Sakrash narsa-hodisalarning butun uzluksiz rivojlanish davomida tayyorlanib, shu uzluk­siz rivojlanish lahzasi tugab, uzilish sodir bo‘lishi bilan zaruriy ravishda yuz beradi. Masalan, noorganik tabiatdan organik gabiatning paydo bo‘lishi buyuk sakrash bo‘lgan.
Tabiatdagi sakrashlar insonning irodasiga bog‘liq emas, tabiiy-tarixiy jarayonning oqibati.
Ijtimoiy hayotdagi sakrashlar esa kishilar tomonidan ob’ektiv zaruriyatlarni anglash natijasida tayyorlanib, amalga oshiriladi. Ularning o‘ziga xos tomoni ijtimoiy inqiloblar, tadrijiy rivojlanishlar orqali amalga oshiriladi. Sakrashlar inson tafakkuri taraqqiyoti, bilimlar tizimining rivojlanib borishiga ham xos. Ilm-fan sohasida sekin-asta to‘planib borgan fakt, ma’lumot va bilimlar asosida inson aql-idroki bi­lan ixtiro va kashfiyotlar qilinishi mumkin.
Sakrashlarni ikki turga bo‘lish mumkin: portlash va sekin-asta tadrijiy yo‘l bilan bo‘ladigan sakrashlar. Birinchi turda narsa-hodisalarning yangi sifatga o‘tishi tezlik bilan yuz beradi. Masalan, kimyoviy jarayonlarda reaksiyaga kirishgan modda tezlik bilan eski sifatdan yangi sifatga o‘tadi, boshqa kimyoviy moddaga aylanadi.
Sakrashning ikkinchi turida esa eski sifat elementlarining asta-sekin yo‘qolib borishi va yangi sifat elementlarining asta-sekin to‘planishi natijasida yan­gi sifat paydo bo‘ladi. Bunga tilning rivojlanishini misol qilish mumkin.
Demak, har qanday o‘zgarish, har qanday rivojlanish miqdor va sifat o‘zgarishlarining o‘zaro bir-biriga o‘tishi orqali sodir bo‘ladigan jarayon. Bu faqat ilmiy bilish uchungina emas, balki amaliy faoliyat uchun ham ahamiyatli. Masalan, O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot yo‘li «soxta inqilobiy sakrashlarsiz, fojiali oqibatlarsiz va kuchli ijtimoiy larzalarsiz, evolyusion yo‘l bilan normal, madaniyatli taraqqiyotga o‘tish – tanlab olingan yo‘lning asosiy mazmuni va mohiyatidir»8. O‘zbekistan haqiqiy demokratik va rivojlangan davlatga aylanishi (yangi sifatga ega bo‘lishi) uchun juda ko‘p iqtisodiy, siyosiy va ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish kerak. Yoshlar, yuqori malakali mutaxassislar fidoiyligi hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Download 235.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling