3-mavzu: O‘zaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari. Falsafa kategoriyalari. Reja
Download 235.5 Kb.
|
3-Mavzu ma\'ruza matni
Dogmatika7 falsafadagi amaliyot va fanning yangi ma’lumotlarini hisobga olmay, konkret makon va zamon bilan bog‘liq bo‘lmagan, o‘zgarmas tushuncha va qoidalar bilan ish ko‘ruvchi tafakkur usulidir. U metafizik usulning qaror topishi va rivojlanib borishi bilan sofistikaga qarama-qarshi vujudga keldi. Dastlab tabiatshunoslik fanlari sohasida tabiatni tekshirish usuli sifatida paydo bo‘lgan metafizika «tabiatdagi buyumlar va jarayonlarni bir-biridan ajratilgan holda, ular o‘rtasidagi umumiy bog‘lanishdan tashqarida tekshirishga va ularni harakatda emas, balki harakatsiz holatida – muhim darajada o‘zgaradigan narsa emas, balki o‘lik narsalar sifatida tekshirish» tobora o‘ziga xos dogmatik tafakkur usulini vujudga keltirdi.
Masalan, buyum yo mavjud, yoki mavjud emas, musbat bilan manfiy bir-birini mutlaqo istisno qiladi... Daf’atan qaraganda, bu tamomila maqbul ko‘rinishi mumkin. O‘rta asr falsafasida metafizika teologiyaning falsafiy asosi qilib olindi, diniy aqidalarga ishonish talablari kuchaydi. Faqat dialektika paydo bo‘lgach, metafizik tafakkurning ilmiy jihatdan asossizligi ma’lum bo‘ldi, falsafiy asosidan mahrum bo‘ldi. Ammo dogmatik tafakkur hozir ham mavjud. Uning mavjudligi, inson bilish jarayonida ba’zan bilishning biror holatini noo‘rin mutlaqlashtirishi bilan chambarchas bog‘liq. Yana hozirgi zamon falsafasida (olamning o‘zgaruvchanligi va rivojlanishi g‘oyasini inkor etuvchi) antidialektik konsepsiya mavjudligi hamda dialektikani tushunmaslik tufayli. Dogmatik tafakkur, ayniqsa, siyosatda juda xavfli, u bunda sektantlik, sub’ektivizm, amaliyotdan uzilish, ijodiy jarayonlarni to‘xtatish, ijodiy g‘oya, nazariya va ta’limotlardan voz kechish, sohalarda sodir bo‘ladigan yangiliklarni o‘z vaqtida payqamaslikka, istiqbolni oldindan ko‘rishga to‘sqinlik qiladi. Dogmatik tafakkurga ega kishilar jamiyatga juda katta zarar keltiradilar. Ular jahon taraqqiyotining o‘zgargan sharoitlarini hisobga olmay, eski qarashlarga qattiq yopishib olib ish tutadilar. O‘zbekiston mustaqil taraqqiyot, yangicha rivojlanish yo‘liga o‘tgan davrda ba’zi rahbar kishilar faoliyatlarida yaqqol ko‘rindi. Umuman, dialektik tafakkur hamma sohada keng qaror topishi ijtimoiy taraqqiyotning tarixiy ehtiyojlari, eski shakllarning yangi rivojlangan mazmunga muvofiq kelmasligi, taraqqiyotni ta’minlovchi yangi shakl va mazmunga o‘tish zaruriyatini to‘g‘ri hisobga olishga yordam beradi. Hozirgi kunda shakllanayotgan sinergetika dialektika muammolariga yangicha yondoshish kerakligini tasdiqlamoqda. Download 235.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling