3-mavzu: O‘zaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari. Falsafa kategoriyalari. Reja


b) Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi


Download 235.5 Kb.
bet9/17
Sana27.01.2023
Hajmi235.5 Kb.
#1130547
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
3-Mavzu ma\'ruza matni

b) Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi.
Borliqdagi har bir narsa-hodisa bir-birini taqozo qiluvchi va bir-birini o‘zaro inkor etuvchi jihat, xususiyat va tamoyillarga ega. Masalan, elektr manfiy va musbat, tabiatda esa o‘zaro tortilish va itarilish, tirik organizmda assimilyatsiya va dissimilyatsiya va h.k. Ular o‘rtasidagi munosabat ziddiyat deyiladi. Ziddiyat qarama-qarshi tomonlar o‘rtasidagi kurash va rivojlanishning sababi, manbai hisoblanadi. Taraqqiyot ziddiyatlarning paydo bo‘lishi, rivoj­lanishi va bartaraf etilishi jarayoni ekanligini tushunish uchun ayniyat, tafovut, zid­diyat, qarama-qarshilik kabi tushunchalar o‘zaro munosabatlarini bilib olish lozim.
Narsa-hodisalardagi o‘zaro o‘xshash tomonlar birligi ayniyat deyiladi.
Tafovut narsa-hodisalar tomonlari har birining farq qiluvchi jihatlaridir. Tafovutning rivojlanishi ziddiyatning kelib chiqishiga olib keladi.
Qarama-qarshilik borliqdagi nar­sa, hodisa va jarayonlarning o‘zaro bir-birini istisno qiladigan, ayni paytda, bir-birini taqozo etuvchi tomon, tamoyil va kuchlarining o‘zaro munosabatlaridir.
Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi hamma soha(tabiat, jamiyat va inson tafakkuri)da amal qiladi. Ammo har bir sohadagi ziddiyatlarni konkret o‘rganish muhim. Chunki ziddiyatlar juda xilma-xil: ichki va tashqi, asosiy va asosiy bo‘lmagan, antagonistik va noantagonistik...
Ichki ziddiyat – narsa-hodisalar ichidagi qarama-qarshi tomon, kuchlar o‘rtasidagi ziddiyatlar.
Tashqi ziddiyat – narsalar va hodisalar o‘rtasida­gi ziddiyatlar. Lekin bunday turkumlash nisbiy bo‘lib, bir munosabatda ichki, boshqasida tashqi ziddiyat hisoblanishi mumkin. Masalan, turli tuzumdagi davlatlararo ziddiyat tashqi ziddiyat, ammo kishilik jamiyati miqyosida olinsa, ular ichki ziddiyatlardir.
Rivojlanishning mohiyatini asosan, ichki ziddiyat belgilaydi. Tashqi ziddiyatlar rivojlanishga bilvosita ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ma­salan, hozir mustaqil O‘zbekistonning istiqbol rejalari ko‘p jihatdan mamlakatning ichidagi iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy muammolarni to‘g‘ri hal qilinishiga bog‘liq. Biroq, tashqi munosabatlardagi muammolarni ham to‘g‘ri aniqlab, hal qilinmasa, respublika oldida turgan muhim vazifalarni amalga oshirib bo‘lmaydi.
Narsa-hodisalarning mohiyati, ularning kelib chiqish va rivojlanish qonuniyatlarini belgilab beradigan ziddiyat asosiy ziddiyat deyiladi. Aso­siy ziddiyat taraqqiyotda hal qiluvchi rol o‘ynaydi va boshqa barcha ziddiyatlarga ta’sir ko‘rsatadi. Asosiy bo‘lmagan ziddiyatlarning rivojlanishga ta’siri konkret vaqtga va sharoitga bog‘liqdir. Asosiy ziddiyatlarni aniqlash esa ijtimoiy amaliyot jarayonida natijalarni tafakkur orqali analiz va sintez qilish natijasida amalga oshadi.

Download 235.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling