3-mavzu: O‘zaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari. Falsafa kategoriyalari. Reja


Aloqadorlik va bog‘lanishlar tasnifi


Download 235.5 Kb.
bet12/17
Sana27.01.2023
Hajmi235.5 Kb.
#1130547
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
3-Mavzu ma\'ruza matni

Aloqadorlik va bog‘lanishlar tasnifi. Borliq cheksiz aloqadorlik va bog‘lanishlar majmuidi. Dunyoda boshqasi bilan o‘zaro tabiiy aloqada bo‘lmagan hech narsa yo‘q. Chunki bu qonuniy va tabiiy holdir.
Aloqadorlik va bog‘lanishlar borliqning turli sohalarida har xil shakllarda namoyon bo‘ladi. Jumladan:
Noorganik tabiatda: a) «elementar» zarralarning bir-birini taqozo qilishi va aks ta’siri; b) planetalarning bir-birini tortib va itarib turishlari;
Organik tabiatda: a) tirik organizmlarning modda almashinuvi; b) tirik organizmlar bi­lan tabiiy muhit o‘rtasidagi bog‘lanishlar; v) o‘simlik va hayvonot dunyosining o‘zaro aloqadorligi; g) hayvonlar va odamlar o‘rtasidagi munosabatlar va h. k;
Jamiyatda: jamiyat va tabiat; b) jamiyatning moddiy va ma’naviy hayoti; v) jamiyat ishlab chiqarish usuli tomonlari: ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari; g) jamiyatning iqtisodiy bazisi va ustqurmasi; d) jamiyat iqtisodiy strukturasi elementlari; ye) jamiyat va shaxs orasidagi munosabatlarda ko‘rinadi.
Tafakkurda: a) bir butun tafakkur jarayoni, tafakkur shakllari; b) tafakkur shakllari va qonunlari; v) tafakkur va borliq;
Bilish jarayonida: a) hissiy bilish va aqliy bilish; b) bilish bosqichlari va bilish shakllari; v) bilish va borliq o‘rtasidagi aloqa va bog‘lanishlarda ifodalanadi.
Borliqning aniq sohalariga oid bu aloqadorliklarni turli aniq fanlar o‘rganadi. Bunda har bir fan sohasiga oid aloqadorliklar zanjiridan hali ma’lum bo‘lmagan yangi bir tur aniqlanishi va oraliq sohalarni o‘rganuvchi yangi fanlar paydo bo‘lishi mumkin. Masalan: biofi­zika, biomexanika, fizikaximiya, geofizika, matema­tik lingvistika, matematik mantiq ...
Dialektika borliq va uning turli ko‘rinishlariga xos eng umumiy aloqadorlik va bog‘lanishlar mohiyatini ochib beradi. Dialektikada ularning uch turi mavjud: 1) uni­versal, 2) strukturaviy, 3) deterministik aloqador­lik.
3. Dialektika o‘rganadigan borliqning eng umu­miy aloqadorlik va bog‘lanishlari falsafada quyidagi tushunchalar orqali ifodalanadi:

Download 235.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling