3-mavzu: O‘zaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari. Falsafa kategoriyalari. Reja
Nima uchun inson qonunni bilishi kerak
Download 235.5 Kb.
|
3-Mavzu ma\'ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiat qonunlari
Nima uchun inson qonunni bilishi kerak? oddiy misollarga murojaat qilamiz: barcha odamlar tabiatning fasllar o‘zgarishi qonunini yaxshi bilganlari uchun yoz oylarida issiq kiyimlar (etik, palto, qo‘lqop va h. k.) sotib olishadi, o‘tin yoki ko‘mir g‘amlab qo‘yishadi. Birov uyning 5-qavatidan tashlasang, falon pul beraman desa, rozi bo‘lmaysiz. unki siz I.Nyuton kashf qilgan «Butun olam tortishish qonuni»ni yaxshi bilsangiz, bilmasangiz, havoning zichligi o‘z jismingizdan kamligiga e’tibor qilmasangiz ham, ammo bu holda mayib bo‘lishingizni yaqqol tasavvur qilasiz.
Inson qonunlarni bilishi, ularga amal qilishi doirasida erkindir. Har qanday qonunga xos belgilardan biri zaruriylik, ya’ni ob’ektiv tarzda amalga oshish, o‘z-o‘zidan namoyon bo‘lishdir. Erkinlik esa shu zaruriylikni anglab olish va unga amal qilishdan iborat faoliyatdir. Huquqshunoslar iborasi bilan aytganda: «Qonunni bilmaslik javobgarlikdan xolos qilmaydi». Demak, yuridik qonunlarni qancha yaxshi bilsangiz, o‘z faoliyatingizni shunga muvofiq olib borganingiz qadar erkin bo‘lasiz. Nima qonuniy, nima esa qonuniy emasligini yaxshi bilgan kishi qonunga xilof ish tutmaydi. Qonun olamdagi narsa-hodisalarning eng muhim, zaruriy, umumiy, takrorlanib turuvchi bog‘lanishlari, o‘zaro aloqa va munosabatlarining namoyon bo‘lishidir. Qonunga quyidagi asosiy belgilar xos: - olamning mavjudligi, o‘zgarishlari va narsa-hodisalar mohiyatidan kelib chiqqan turli aloqadorlik, bog‘lanishlarning faqat muhimlari; - goh paydo bo‘lib, goh yo‘qoladigan – tasodifiy bog‘lanishlarni emas, balki zaruriy bog‘lanishlarni; - narsa-hodisalarning eng umumiy bog‘lanishlarini ifodalaydi. Qonun nisbatan barqaror, takrorlanib turuvchi bog‘lanishlarni aks ettiradi. Masalan, 2021 yil qishdan keyin bahor, 2022 yil qishdan keyin yoz kelishini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki bu tabiatning fasllar o‘zgarishi qonuni doirasiga kirmaydi. Tabiat qonunlarining eng muhim xususiyati – ob’ektiv xususiyatga ega, ya’ni u inson va insoniyatga bog‘liq emas. Shaxs, hatto millatning irodasi bilan tabiat qonuniga tub o‘zgartirish kiritish aslo mumkin emas. Olamdagi har bir narsa-hodisa bir-birini taqozo qiladigan va bir-birini inkor etadigan qarama-qarshi tomonlar birligidan iborat. Demak, voqelik va o‘zgarish jarayonida ayniyat va ziddiyatning bo‘lishi odatiy hol. Masalan, issiq-sovuq, oq-qora, kecha-kunduz, musbat-manfiy, yaxshilik-yomonlik, adolat-jaholat va h. k. Farazan, magnitning manfiy zaryadi bo‘lmasa, u holda magnit bo‘lolmaydi. Download 235.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling