1-боб: жиноят ћУЌУЌи тушунчаси ва предмети


Download 227.47 Kb.
bet12/15
Sana08.01.2022
Hajmi227.47 Kb.
#241848
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
41mhrustamboyevjinoyathuquqipdf

jazo tayinlanmaydi.

Uyushgan guruh faqat jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun tashkil etiladi.

Jinoiy faoliyat deganda, jinoyat ishtirokchilarining bir nechta jinoyat sodir qilishi tushuniladi. Uyushgan guruhning doimiy a’zolari bajargan vazifasidan qat’i nazar, uni tayyorlashda qatnashgan bo‘lsa- lar, barcha jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilishlari shart. Agar shaxs uyushgan guruh a’zosi bo‘lmasa, jinoyat sodir qilinayot- ganda o‘zi tushunmagan holda yordam bergan bo‘lsa, uning harakat- lari uyushgan guruh tomonidan qilingan deb kvalifikatsiya qilinmaydi.

Jinoyat kodeksining 242-modda 2-qismida uyushgan qurolli guruh tuzish, unga rahbarlik qilish yoki unda ishtirok etish uchun javobgarlik belgilangan. Jinoiy uyushmaning boshqa belgilar bilan birgalikda qurollanish belgisi ham, ya’ni guruhda yoki guruh a’zolaridan birida o‘qotar yoki sovuq qurol bo‘lishi kerak. Ikki yoki undan ortiq shaxslarning amalda uyushgan jinoiy guruh tuzishi yoki unga rahbarlik qilishi yoki unda ishtirok etishi bilanoq jinoyat tugal- langan hisoblanadi. Uyushgan qurolli guruh tuzganlik 242-modda 2- qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.

Jinoiy guruh ishtirokchilari harakatini kvalifikatsiya qilish oldin- dan til biriktirib jinoyat sodir etishdan farq qiladi. Agar jinoyat oldindan til biriktirgan holda bir necha bajaruvchilar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, u faqat Maxsus qismdagi tegishli moddaning o‘zi bilan 28-moddani qo‘llamagan holda kvalifikatsiya qilinadi. Uyushgan guruh tomonidan jinoyat sodir etilganda ishtirokchilarning jinoyat sodir etishdagi vazifasi qanday belgilanganligidan qat’i nazar (tashki- lotchi, bajarvchi, dalolatchi, yordamchi, ishtirokchi) 28-moddani qo‘l- lagan holda javobgarlik belgilanadi. Agar uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan jinoyat Maxsus qismning tegishli moddasida kvalifika­tsiya qilinadigan holat sifatida ko‘rsatilgan bo‘lsa (masalan, Jinoyat kodeksi 202-modda, 3-qism, «d» bandi), qilmishni 28-moddaga muro- jaat qilmagan holda shu moddaning o‘zi bilan kvalifikatsiya qilish lozim bo‘ladi va barcha ishtirokchilar aniq bir jinoyat tarkibi uchun zaruriy hisoblangan belgi asosida javobgarlikka tortiladilar.

Jinoyat kodeksi Maxsus qism moddalarida «uyushgan guruh yoki uning manfaatlarini ko‘zlab jinoyat sodir etish» degan tushuncha ishlatiladi, bunda umumiy qoida bo‘yicha jinoiy guruhning jinoiy faoliyatidan guvohlik beruvchi bir necha jinoiy tajovuzlaming amalga oshirilishi nazarda tutilgan. Ammo amaliyotda guruh a’zolaridan bin bir jinoyatni sodir etishda ishtirok etib, keyin o‘zining jinoiy fao- liyatini to‘xtatgan hollar ham uchrab turadi. Bunday hollarda ularning jinoiy qilmishlari sonidan qat’i nazar u uyushgan guruh tarkibida jinoyat sodir etganligi uchun (o‘zi buni anglagan hollarda) jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Yana bir farq shundaki, oldindan til biriktirib jinoyat sodir etishda guruh faqatgina bir marotaba jinoyat sodir etish uchun tuziladi, uyushgan guruhda esa bir necha marotaba jinoyat sodir etish uchun tuziladi.

Demak, uyushgan guruh oldindan til biriktirish, barqarorlik, vazifalarning taqsimlanganligi, bir qancha jinoyat sodir etish maq- sadida tuzilganligi kabi qator o‘ziga xos belgilar bilan xususiyatlanadi.

Uyushgan guruhning barqororligi deganda, guruh ishtirokchilari o‘rtasidagi doimiy aloqadorlik va jinoyat sodir etishga tayyorgarlik ko‘rish yohud bir yoki bir necha marotaba jinoyat sodir etishning maxsus usullaridan foydalanish tushuniladi.

Barqororlik obyektiv tomondan quyidagilar bilan xususiyat­lanadi:


Download 227.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling