1-боб: жиноят ћУЌУЌи тушунчаси ва предмети


Download 227.47 Kb.
bet7/15
Sana08.01.2022
Hajmi227.47 Kb.
#241848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
41mhrustamboyevjinoyathuquqipdf

Jinoyatga daxldorlik

Sud-tergov amaliyotida shaxsning qasddan sodir qilgan harakati sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmishga aloqador bo‘ladi, lekin ishtirokchilik deb kvalifikatsiya qilinishi mumkin bo‘lmaydi. Jinoyat qonuni va jinoyat huquqida buni jinoyatga daxldorlik deyiladi va bu qilmish uchun Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga ko‘ra javob­garlikka tortiladi.

Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rilayotganligi yoki jinoyat sodir etilayotganligi yoxud jinoyat sodir etilganligi haqida aniq bila turib, oldindan va’da bermasdan, hokimiyat organlariga xabar qilmaslik yoxud jinoyatchini, jinoyat sodir qilish quroli va vositalarini, jinoyat izlarini yoki jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan narsalarni oldindan va’da bermagan holda yashirganlik (Jinoyat kodeksning 241-modda- sida nazarda tutilgan hollardagina) daxldorlik deb aytiladi.

Jinoyat kodeksining 31-moddasida daxldorlikning ikki turi ko‘rsatilgan:

  1. oldindan va’da bermasdan xabar bermaslik (31-moddasi, 1- qismi);

  2. oldindan va’da bermasdan yashirganlik.

Jinoyat kodeksining Umumiy qismida daxldorlikning ikki shakli keltirilgan bo‘lsa-da, jinoyat huquqi nazariyasi daxldorlikning uchta shakli haqida fikr bildirilgan.

Jinoyat kodeksi 241-moddasining 1-qismida tayyorgarlik ko‘ri- layotgan yoki sodir etilgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat haqida aniq bilgani holda xabar bermaganlik uchun jinoiy javobgarlik ko‘zda tutilgan.

Jinoyat kodeksida xabar bermaslik va yashirganlik uchun javob­garlik belgilanib, fuqarolarning ijtimoiy xavfli qilmish to‘g‘risida tegishli davlat organiga xabar berishga majburligi belgilab qo‘yilgan.

Yuridik adabiyotlarda ko‘pgina huquqshunos olimlar “jinoyat haqida xabar bermaslik”ni huquqiy ahamiyatiga qarab turlarga bo‘- ladilar. Jumladan, V.G.Smirnov “jinoyat haqida xabar bermaslik”ni huquqiy ahamiyatiga qarab ikki turga bo‘ladi:

  1. Tayyorlanayotgan jinoyat haqida xabar bermaslik. O‘z tabiatiga ko‘ra jinoyat sodir etishning bir turini keltirib chiqaradi.

  2. Sodir etilgan jinoyat haqida xabar bermaslik. Jinoyatga daxldorlikning turlaridan birini tashkil qiladi”1.

Huquqshunos olim A.N.Traynin ham V.G.Smirnovdan oldinroq quyidagi fikrni bildirgan edi. Bu ikki xil xabar bermaslikning ijtimoiy xavfliligi ham turlichadir. Agar jinoyat haqida og‘ir jinoyat sodir etilganidan keyin xabar berilgan bo‘lsa, buni hisobga olmasdan bo‘lmaydi.

“Agar shaxs tayyorlanayotgan jinoyat haqida xabar bermasa, bu yerda jinoyatning sodir etilishida uning manfaatlari bo‘lmasa-da, u jinoyatchilar bilan birlashib, ishtirokchiga aylanib qoladi”2.

Bu mualliflar jinoyat haqida xabar bermaganlik uning va’da berib yoki va’da bermasdan amalga oshirganligi emas, balki uning ijtimoiy xavfliligidan kelib chiqqan holda, ya’ni jinoyatga tayyorgarlik ko‘rilayotganligi haqida aniq bilgani holda xabar bermaganlik uchun

ishtirokchi, deb topish lozim degan fikrni bildiradilar.

Daxldorlikning jinoyat ekanligi shundan iboratki, shaxs tayyorgarlik ko‘rilayotgan yoki sodir etilgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat to‘g‘risida aniq bilgan bo‘lsada, davlat hokimiyati organlariga xabar bermaydi. ya’ni, shaxs (aybdor)ni javobgar qilish uchun uning og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilgan yoki jinoyatga tayyorgarlik ko‘rilayotganligi to‘grisida bilgan bo‘lishi talab qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 15-moddasi 4 va 5-qismida og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar tushunchasi berilgan bo‘lib, ularga, og‘ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda og‘ir jazo sifatida besh yildan ortiq, lekin o‘n yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutilgan jinoyatlar kirishi belgilangan.

O‘ta og‘ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda o‘n yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki o‘lim jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi. Shaxsning tayyorlanayotgan yoki sodir qilingan jinoyat haqida qaysi organga xabar qilishining ahamiyati yo‘q, qoidaga ko‘ra shaxs davlat organlari — prokuratura, militsiya, soliq inspeksiyasi, bojxona xizmati, Milliy xafsizlik xizmatiga, shuningdek, boshqa organlarga, masalan, hokimiyat, harbiy bo‘linma rahbarlariga xabar berishi mumkin.

Ushbu jinoyatning obyektiv tomonini tahlil qilishda shaxsning jinoyatga tayyorgarlik ko‘rilayotganligi yoki sodir qilinganligi to‘grisida uning, ya’ni og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishga tayyorlanayotganligi yoki sodir qilinganligi haqida aniq bilganligiga e’tibor berilishi kerak.

Ba’zan, jinoyatning subyekti og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishga aynan kim tayyorgarlik ko‘rayotgani yoki sodir qilinganligini aniq bilmasligi ham mumkin.

Agar shaxsda obyektiv ravishda xabar berish imkoniyati mavjud bo‘lmasa, u jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Ushbu jinoyat to‘g‘risida xabar bermagan vaqt jinoyatning tugallangan payti hisoblanib, ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqqan yoki chiqmaganligi ahamiyat kasb etmaydi. Shaxs tegishli organlarga jinoyatga tayyor­garlik ko‘rilayotganligi yoki sodir etilganligi to‘g‘risida aniq ma’lu- mot kelib tushgan zahoti xabar berishi lozim. Sudlar jazo tayinla- nayotganda tayyorgarlik ko‘rilayotgan jinoyat to‘g‘risida xabar

bermaslikka nisbatan sodir etilgan jinoyat haqida xabar bermaslik og‘irroq ekanligini hisobga olishlari kerak.

Jinoyat kodeksi 241-moddasining 2-qismida og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni oldindan va’da bermasdan yashirish to‘g‘risida so‘z boradi.

Oldindan va’da bermasdan yashirishga: jinoyatchini, jinoyat quroli va vositasini, boshqa dalil va ashyolarni yashirish kiradi. Jinoyatchini yashirish, deganda aybdorni huquqni muhofaza qilish organlaridan yashirish uchun uni joy bilan ta’minlash tushuniladi. Yashiruvchi jinoyat quroli yoki vositasini, jinoyat izlarini ham yo‘q qilishi mumkin. Bu jinoyat qasddan sodir etiladi. Shu bilan birga aybdor og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatni yashirayotganligini tushunib yetishi lozim.

Jinoyat kodeksi 31-moddasining 3-qismida 241-moddadagi jinoyatga sub’yekt bo‘la olmaydigan shaxslar keltirilgan, ya’ni «Oldindan va’da bermagan holda jinoyat haqida xabar bermaganlik yoki jinoyatni yashirganlik uchun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining yaqin qarindoshlari javobgarlikka tortilmaydi».

  1. Jinoyatda ishtirokchilikning shakllari

Maxsus adabiyotlarda va darsliklarda jinoyatda ishtirokchilik turlicha klassifikatsiyalangan bo‘lib, jinoyatda ishtirokchilik shakl va turlarga bo‘linadi.


Download 227.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling