Miqdor ko‘rsatkichli ekssessda bajaruvchi boshqa ishtirokchilarning jinoiy niyati bilan qamrab olingan jinoyatni sodir qiladi, lekin uning oqibati boshqa ishtirokchilar o‘ylagandan ko‘ra og‘irroq bo‘ladi. Masalan, dalolatchi o‘z o‘rtog‘ini ularni sotganligini aytib, do‘pposlashni buyuradi, lekin bajaruvchi unga og‘ir tan jarohati yetkazadi.
Sifat ko‘rsatkichli ekssessda bajaruvchining harakatlari boshqa ishtirokchilaming jinoiy niyatidan umuman farq qiladi. Masalan, uchta shaxs shaxsiy mulkni o‘g‘irlashga kelishadi va bajaruvchi o‘zaro kelishuv asosida xonadonga kiradi. Kutilmaganda xonadonga uy egasi qaytib keladi, shunda bajaruvchi o‘qotar quroldan o‘q otib uy egasiga og‘ir tan jarohati yetkazadi hamda o‘g‘irlik mollar bilan yashirinadi. Bunda bajaruvchining harakati boshqa ishtirokchilarning jinoiy niyatidan umuman farq qiladi. Bu vaziyatda jinoyat bajaruv- chisi bosqinchilik, qolgan ishtirokchilar esa o‘g‘rilik uchun (tashkilot- chilik, yordamchilik va dalolatchilik) jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Agar bajaruvchi jinoyatni oxirigacha yetkazishdan bosh tortsa yoki o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda bajara olmasa va harakatni sodir etsa, ishtirokchilarning harakatini kvalifikatsiya qilish qiyinlashadi. Bunday holda tashkilotchi, dalolatchi, yordamchi tashkilotchilik, dalolatchilik, yordamchilikka suiqasd qilganlik uchun javobgar bo‘ladilar. Chunki barcha ishtirokchilar birgalikda kelishilgan jinoyat amalga oshmagan. Bajaruvchi ishtirokchilarning jinoiy niyatidan tashqari sodir etgan jinoyat uchun javobgar bo‘ladi va bajaruvchining qilmishi ekstsess jinoyatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |