1-боб: жиноят ћУЌУЌи тушунчаси ва предмети


Download 227.47 Kb.
bet2/15
Sana08.01.2022
Hajmi227.47 Kb.
#241848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
41mhrustamboyevjinoyathuquqipdf

birinchidan, umumiy kuch asosida yagona maqsadga erishish uchun harakat qilish;

ikkinchidan, boshqa ishtirokchilarning yagona umumiy natijaga erishishga qaratilgan harakatini bilish va hisobga olish xizmat qiladi.

Jinoyat sodir etishda bir qancha shaxslarning ishtiroki obyektiv vaziyatlami birgalikda kuch ishlatish asosida natijaga erishish, shuningdek, subyektiv vaziyat--ishtirokchilarning harakatini birlash- ganligi va kuchlarni birlashtirish asosida yagona maqsadga erishishga qaratilganligini bilishni o‘z ichiga oladi.

Birgalikdagi ishtirokchilar uchun umumiy bo‘lgan muayyan natijaga erishish uchun harakat qilish ishtirokchilar kuchining birlash- ganligini bildiradi. Shaxslarning birlashishi jinoiy natijaga oson erishish zaruriyatidan kelib chiqadi.

Subyektiv mezoning ikkinchi belgisi ishtirokchilar bir-birining harakatini oldindan bilganligini anglatadi. Ishtirokchilikning subyektiv mezoni ishtirokchilarning o‘zaro xabardorligi va kelishgan holda harakat qilishi bilan xususiyatlanadi.

O‘zaro xabardorlik shu bilan xususiyatlanadiki, jinoyat sodir etishdagi barcha ishtirokchilarning birinchidan, jinoyatni birgalikda sodir etganligi, ikkinchidan har qanday emas, balki aniq jinoyatni sodir etish, uchinchidan, nafaqat bir shaxs qilmishining ijtimoiy xavf- liligi, balki boshqa shaxslar harakatining ijtimoiy xavfliligi hisobga olinadi.

Ishtirokchilikda qilingan jinoyatlarda ikki yoki undan ko‘p shaxslar o‘z intilishlarini birlashtiradi. O‘z xohishlaridagi natijaga eri­shishga harakat qiladilar, ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir qilganda esa oqibat kelib chiqishini xohlamaydigina emas, balki uning kelib chiqishini oldindan ko‘ra bilmaydi ham.

Subyektiv bog‘liqlikning yana bir belgisi shundan iboratki, bunda bir jinoyatchining harakati boshqa ishtirokchining harakati bilan chambarchas bog‘liqdir. ya’ni jinoyat sodir qilishda bir nechta jinoyatchi birga harakat qiladi va shulardan hech bo‘lmaganda ikkitasi jinoiy natija uchun o‘z harakatlarini birlashtiradi va ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishini bilgan holda harakat qiladi va oqibatni xohlaydi.

Agar jinoyat sodir qilishda jinoyatchilar bir-birlari bilan o‘zaro xabardor bo‘lmasalar, ularning har biri sodir etgan harakatlari uchun alohida-alohida javob beradi.

Jinoyatda ishtirokchilik instituti o‘z xizmati nuqtayi nazaridan jinoyat ishtirokchilarini va ijtimoiy munosabatlarni jinoiy tajovuzlar- dan himoya qilish vazifasini o‘z zimmasiga oladi. Jinoyatda ishtirok­chilikning ushbu vazifasi bir qator holatlarda jinoyatlarning bir qancha shaxslar tomonidan sodir etilishi bilan bog‘liq. Ishtirokchilikda jinoyat sodir etish qoidalari va holatlari, birinchidan, ishtirokchilikda jinoyat sodir etishning obyektiv va subyektiv belgilarini, ikkinchidan, bunday ijtimoiy xavfli qilmish uchun jinoiy javobgarlikka tortiluvchi shaxslar doirasini chegaralab qo‘yadi, uchinchidan, ishtirokchilardan har birining Jinoyat kodeksi bilan qo‘riqlanadigan obyektga ta’sirini, shuningdek,ishtirokchilikda jinoyat sodir etishning farq qiluvchi xususiyatlarini bir kishi tomonidan sodir etilgan qilmishdan farqlarini belgilaydi, to'rtinchidan, javobgarlikka tortish asoslarini va uni har bir ishtirokchiga nisbatan tadbiq etilishini belgilaydi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib shunday xulosa qilish mumkinki, ishtirokchilikda jinoyat ishtirokchilari ijtimoiy xavfli harakat sodir qilayotganliklarini, qilmishlari jinoyat ekanligi va o‘z harakatlari natijasida qanday ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishini oldindan ko‘ra biladilar.

  1. Jinoyat ishtirokchilarining turlari

Jinoyat kodeksining 28-moddasiga ko‘ra jinoyatni bajaruvchi bilan bir qatorda tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilari ham jinoyat ishtirokchilari deb topiladi.

Ishtirokchilarning quyidagi turlari mavjud:


  1. Download 227.47 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling