1-боб: жиноят ћУЌУЌи тушунчаси ва предмети
Jinoyat sodir etishga rahbarlik qilish
Download 227.47 Kb.
|
41mhrustamboyevjinoyathuquqipdf
Jinoyat sodir etishga rahbarlik qilish bu - ishtirokchilar tomonidan jinoyatni amalga oshirish jarayonini bevosita boshqarishdir. Jinoyatga rahbarlik qilish jinoyat sodir etish joyida amalga oshiril- ganda, bajaruvchining harakatlari boshqariladi. Shuningdek, rahbarlik qilish jinoyat sodir etish joyida bo‘lmagan holda ham amalga oshiri- lishi mumkin. Masalan, telefon, ratsiya orqali bajaruvchining harakati boshqarib turilishi mumkin.
Tashkilotchi jinoyat rejasini ishlab chiqadi, boshqa ishtirokchi- larni tanlaydi, ularning orasida vazifalarni taqsimlaydi, jinoyatni amalga oshirishga ularni tayyorlaydi, yo‘l-yo‘riqlar beradi, zarur anjomlarni yig‘adi va tayyorlaydi. Ko‘pchilik hollarda tashkilotchi o‘z harakatlarini himoya qilish va zarur ma’lumotlar olish uchun huquqni muhofaza qilish organlaridan bironta mansabdor shaxsni sotib olishga harakat qiladi. Qoidaga ko‘ra uyushgan guruh yoki jinoiy uyushmaga tajribali jinoyatchi rahbarlik qiladi va jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va amalga oshirishni tashkillashtiradi, uning o‘zi ham ishtirokchilar qatori ishtirok etishi mumkin. Tashkilotchi har doim ham to‘g‘ri qasd bilan harakat qiladi. Agar tashkilotchi jinoyat sodir etishga rahbarlik qilib, o‘zi jinoyatning obyektiv tomonini bajarishda bevosita ishtirok etmasa, uning harakati Jinoyat kodeksi 28-moddasi, 3-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Jinoyat kodeksi 242-moddasining 1-qismi mazmuniga ko‘ra tashkilotchining harakati jinoiy faoliyat ko‘rinishlaridan biridir. Jinoyat sodir etilishiga qiziqtiruvchi shaxs dalolatchi deb topiladi (28-modda, 4-qism), ya’ni u har qanday shaklda: 1) majburlash; 2) ishontirish orqali dalolat qiladi. Dalolatchi bilan bajaruvchining o‘zaro ichki aloqadorligi shun- daki, dalolatchining har doim ijrochida jinoyat sodir etish maqsadini vujudga keltiradi. Majburlash jismoniy va ruhiy bo‘lishi mumkin. Ruhiy majburlash ko‘pincha dalolatchi tomonidan qo‘rqitish orqali sodir etiladi (masalan, moddiy ta’minlashni to‘xtatib qo‘yish, insonni tahqirlovchi xabar yoki ma’lumotni oshkor qilish bilan qo‘rqitish va hokazo). Shaxsga bir necha marta dalolatchi turli xil xabarlarni yetkazsa, bularning natijasida shaxs unga ishonib, jinoyat sodir etishga qaror qilsa, bir necha marta xabar yetkazgan shaxsni dalolatchi deb javobgarlikka tortish mumkin. Lekin bir necha marta xabar yetkazgan shaxsda bajaruvchining jinoyat sodir etishi uchun moyillik tug‘dirish maqsadi bo‘lishi kerak. Ishontirishda dalolatchi tashqi tomondan jinoyatga hech qanday aloqasi bo‘lmagandek ko‘rinsa-da, uning manfaatlari jinoyatni sodir etgan bajaruvchining manfaatlariga ma’lum darajada mos keladi. Dalolatchining jinoyat sodir etishning vositasi sifatida iltimos qilishdan ham foydalanishi mumkin va bu dalolatchi manfaatining asosini tashkil etadi. Shubhasiz, iltimos dalolatchi tomonidan faqat o‘zining tanishlari, do‘stlari va xizmatdoshlariga qilinishi mumkin. Yaqinlarga iltimos (jinoyat sodir etishni) faqat ko‘ndirish orqali amalga oshiriladi. Ko‘ndirish iltimosdan shunisi bilan farq qiladiki, dalolatchi shaxsni jinoyat sodir etishga rozi qilish uchun o‘zining bor imkoniyatini ishga soladi. Ko‘ndirish bir necha marta iltimos qilish shaklida bo‘lishi mumkin. Jinoyat sodir etishga umumiy yoki noaniq shaxslar guruhini dalolat qilish dalolatchilik hisoblanmaydi. Bunday harakatlar muay- yan hollarda alohida jinoyat tarkibini tashkil qilishi mumkin. Masalan, davlat tuzumini konstitutsiyaga xilof ravishda o‘zgartirishga qaratil- gan O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish j inoyati (JK, 159-modda). Dalolat aniq bir obyekt yoki shaxslarga nisbatan qaratilgan bo‘lishi kerak. Sud-tergov amaliyotida dalolat qilishning boshqa turlari ham uchraydi. Jinoyat qilish uchun mukofot vada qilish yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri shaxsni sotib olish yoki aldash bunga misol bo‘la oladi. Dalolatchi bilan tashkilotchining harakatini farqlash lozim. Dalolatchi qanday harakat sodir etishidan qat’i nazar, bajaruvchida jinoyat sodir etish istagini uyg‘otishga va bu istakni so‘ndirmaslikka harakat qiladi. Tashkilotchi esa, jinoiy faoliyatni rivojlantirishga harakat qiladi, u jinoyat sodir etishning boshlanishidan oxirigacha faoliyat yuritadi. Download 227.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling