1-боб: жиноят ћУЌУЌи тушунчаси ва предмети


Download 227.47 Kb.
bet9/15
Sana08.01.2022
Hajmi227.47 Kb.
#241848
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
41mhrustamboyevjinoyathuquqipdf

oddiy ishtirokchilik

  • murakkab ishtirokchilik.

    Obyektiv mezon ishtirokchilar o‘rtasidagi jinoyat sodir etishdagi aloqadorlikni ifodalaydi, ya’ni rollarning taqsimlanishi, kim qaysi vazifani bajarishini belgilab qo‘yilishi va boshqalar.

    Oddiy ishtirokchilikda birgalikda bajaruvchi shaxslar Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddasida ko‘rsatilgan jinoyatning obyektiv tomonini bevosita til biriktirmagan holda sodir etadilar.

    Murakkab ishtirokchilikda (bajaruvchi bilan bir qatorda dalolat- chi, tashkilotchi, yordamchi jinoyat sodir etishda ishtirok etadi) jinoyat sodir etishda birgalikda ishtirok etishning o‘ziga xosligi shunda ko‘rinadiki, faqat ishtirokchigina Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddasida ko‘rsatilgan jinoyatning obyektiv tomonini bevosita bajaradi, boshqa ishtirokchilar esa jinoyatni bilvosita bajaradilar.

    Ishtirokchilik to‘satdan vujudga kelishi mumkin, bu ishtirokchi- larning jinoiy harakatini amalga oshirish uchun birlashishida ifoda­lanadi. Bezorilik, nomusga tegish jinoyatlari ko‘pincha birgalikda sodir etiladi.

    Ishtirokchilikning subyektiv mezoni ishtirokchilarning jinoiy harakatni amalga oshirishda o‘zaro kelishganligi bilan belgilanadi. Bu mezon asosida ishtirokchilik:

    1. oldindan til biriktirilgan;

    2. oldindan til biriktirilmagan ishtirokchiliklarga bo‘linadi.

    Oldindan til biriktirilmagan ishtirokchilik, bevosita jinoyat sodir

    etish jarayonida yoki muayyan vaqt oralig‘ida (masalan A. ismli shaxs odam o‘ldirish maqsadida B.ni ura boshlaydi, buni kuzatib turgan V. ismli shaxs ham unga qo‘shilib B.ni uradi va odam o‘ldirish jinoyati sodir etiladi), lekin jinoyat sodir etilgunga qadar til biriktirilmaydi. Bunday ishtirokchilikda til biriktirganlik darajasi minimal bo‘lib, jinoyat obyektiv tomonini tashkil qiluvchi harakatlar to‘liq yoki qis- man amalga oshiriladi, ishtirokchilar o‘z harakati orqali boshqasining

    harakatini to‘ldiradi.

    Oldindan kelishilgan ishtirokchilikda birgalikda jinoyat sodir etish haqida oldindan til biriktirib, shuningdek, jinoyat sodir etilishi- dan oldinroq til biriktirgan holda jinoyat sodir etiladi. Ishitirokchilikni kvalifikatsiya qilish uchun bu kelishuvga erishilgandan so‘ng qancha vaqt o‘tganligi ahamiyatga ega emas.

    O‘zbekiston Respublikasining 1994-yilgi Jinoyat kodeksi 29- moddasida esa jinoyatda ishtirokchilikning quyidagi shakllari belgi- langan bo‘lib, bularga:

    1. oddiy ishtirokchilik;

    2. murakkab ishtirokchilik;

    3. uyushgan guruh;

    4. j inoiy uyushmalar kiradi.


    Download 227.47 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling