1-боб: жиноят ћУЌУЌи тушунчаси ва предмети


Download 227.47 Kb.
bet10/15
Sana08.01.2022
Hajmi227.47 Kb.
#241848
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
41mhrustamboyevjinoyathuquqipdf

NOTA BENE!

Ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirmay jinoyat sodir etishda qatnashishi oddiy ishtirokchilik deb topiladi (Jinoyat kodeksi, 29-modda, 2-qism).

Ishtirokchilikning birinchi shaklida jinoyatning oldindan til biriktirmay sodir etilganligi uchun ishtirokchilikning boshqa shaxslar- ga nisbatan ijtimoiy xavfliligi kamroq. Chunki ular birgalikda harakat qilsa-da, uyushganlik belgisi yo‘q, ammo jinoyat birgalikda sodir qilinganligi uchun ishtirokchilikning eng sodda shakliga kiritilgan. Oddiy ishtirokchilikning ijtimoiy xavfliligi shundaki, bunda j inoiy harakat bir nechta shaxs tomonidan sodir etilganligi uchun undan yetadigan zarar, shubhasiz, bir kishi yetkazgan zararga nisbatan bo‘ladi.

Jinoyat kodeksi Maxsus qismining bir qancha moddalarida bir guruh shaxslar tomonidan jinoyat sodir qilinishi o‘sha jinoyat uchun jazoni og‘irlashtiruvchi holat sifatida nazarda tutilgan. Masalan, bir guruh shaxslar tomonidan qasddan odam o‘ldirish (97-modda 2-qism «p» bandi); bir guruh shaxslar tomonidan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish (104-modda 2-qism «k» bandi); qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish (105-modda 2-qism «p» bandi); no- musga tegish (118-modda 2-qism «v» bandi); jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish (119-modda 2 qism «v»bandi).

Ishtirokchilikning oddiy shaklida ishtirokchilar orasida avvaldan kelishuv bo‘lmaydi va o‘z-o‘zidan bajaruvchi, tashkilotchi, dalolatchi va yordamchi bo‘lmaydi hamda ishtirokchilar jinoyatning obyektiv tomonini alohida-alohida bajaradilar. Aynan shu belgisi bilan oddiy ishtirokchilik ishtirokchilikning boshqa turlaridan farq qiladi.

Ishtirokchilikning bu shakli uchun til biriktirganlikning minimal darajasi xosdir. Ishtirokchilikning bu shaklida ko‘proq bir kishi tomo- nidan boshlangan jinoyatga boshqa shaxslarning qo‘shilishi nazarda tutilgan.

Oddiy ishtirokchilik ishtirokchilikning kam tarqalgan va ijtimoiy xavfi nisbatan katta bo‘lmagan shaklidir. Ishtirokchilikda oldindan til biriktirmagan holda jinoyat sodir etilishini belgilashda bir qancha bajaruvchi tomonidan jinoyat sodir etilganligi, shuningdek, ular orasida vazifalarning taqsimlanganligiga e’tibor berish lozim.

Ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirib jinoyat sodir etilishida ishtirok qilishi murakkab ishtirokchilik deb topiladi (29-modda 3-qism).


Download 227.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling