1-боб: жиноят ћУЌУЌи тушунчаси ва предмети
Oldindan til biriktirish deganda
Download 227.47 Kb.
|
41mhrustamboyevjinoyathuquqipdf
Oldindan til biriktirish deganda, jinoyat sodir etish yoki jinoiy faoliyat bilan shug‘illanish uchun jinoyatning obyektiv tomoni amalga oshirilgunga qadar bo‘lgan kelishuv tushuniladi.
Bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib jinoyat sodir etish uchun Jinoyat kodeksida aniq bir jinoyatning zaruriy yoki kvalifikatsiya belgisi, shuningdek, og‘irlashtiruvchi holat sifatida javobgarlik nazarda tutilgan. Murakkab ishtirokchilikni xususiyatlovchi belgilardan biri jinoyat obyektiv tomonini belgilovchi belgilar barcha ishtirokchilar tomonidan emas, balki, bir kishi yoki ularning ba’zi birlari tomonidan sodir etilishidir. Qolgan ishtirokchilar jinoyat obyektiv tomonini amalga oshirishda bevosita ishtirok etmaydilar. Murakkab ishtirokchilik oddiy ishtirokchilikdan vazifalarning ishtirokchiliar o‘rtasida taqsim- langanligi bilan farqlanadi: biri jinoyatni tashkil qiladi, biri obyektiv tomonini bajaradi yoki jinoyat sodir qilishga dalolat qiladi yohud sodir etilishiga yordam beradi. Murakkab ishtirokchilikning asosiy belgilaridan yana biri- ishtirokchilarning oldindan til biriktirganligi hisoblanadi. Ishtirokchilikning ushbu shaklda oldindan til biriktirish uning obyektiv tomonini bajarishgacha bo‘lgan vaqt ichida yuz bergan bo‘lishi kerak. Ishtirokchilikning bu shaklida jinoyat ishtirokchilari jinoyatni amalga oshirish yuzasidan qilinadigan harakatlar va jinoyat natijasi to‘g‘risida o‘zaro kelishib oladilar. Ushbu shaklda jinoyatnnng obyektiv tomonini faqat bajaruvchi sodir qiladi, boshqalari esa unga yordam beradilar. Ishtirokchlikning bu shakli uchun asosiy element bo‘lib ikki yoki undan ortiq shaxsning jinoyat sodir etish boshlangunga qadar shuning- dek, Jinoyat kodeksi Maxsus qismida ko‘rsatilgan qilmishning hech bo‘lmaganda bir kishi tomonidan sodir etish boshlanguncha til biriktirilganligi hisoblanadi. Oldindan til biriktirib jinoyat sodir etish Jinoyat kodeksi 56- moddasining «m» bandiga ko‘ra jazoni og‘irlashtiruvchi holat hisoblanadi. Oldindan til biriktirib jinoyat sodir qilish Jinoyat kodeksi Maxsus qismining ko‘pgina moddalarida kvalifikatsiya qilishning zaruriy belgisi sifatida ko‘zda tutilgan. Masalan, 164-modda 2-qism «b», 165-modda 2-qism «v», 166-modda 2-qism «v», 167-modda 2- qism «b», 168-modda 2-qism «b» bandlari. Agar ishtirokchilar oldindan til biriktirib va har biri jinoyatning obyektiv tomonini bajarsa, ularning harakati Jinoyat kodeksi 28-mod- dasi 2-qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi mumkin emas. Agar oldindan kelishuv har bir ishtirokchi orasida vazifalar taqsimlanishi bilan amalga oshirilsa, lekin harakatni faqat bajaruvchi qilsa, ularning harakati ishtirokchilarning turlarini belgilaydigan Jinoyat kodeksining 28-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Agar Jinoyat kodeksi Maxsus qismi normasida guruh tomonidan sodir etilgan jinoyat uchun oldindan til biriktirish og‘irlashtiruvchi holat sifatida ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, sud jazoni Jinoyat kodeksi 56- moddasiga ko‘ra tayinlaydi. Amaldagi Jinoyat kodeksi Maxsus qismida ishtirokchilikning ayrim shakllari kvalifikatsiya qilinuvchi yoki zaruriy belgi sifatida ko‘rsatilgan. Kvalifikatsiya qilinuvchi holat sifatida bunday ishtirok- chilik shakllarining bir qancha turlari berilgan: bir guruh shaxslar, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirgan holda, shuningdek, til biriktirmay jinoyat sodir etish. Agar Maxsus qism normasida «oldindan til biriktirib yoki bir guruh shaxslar tomonidan» (Jinoyat kodeksi, 244-modda, 3-qism «a» bandi) degan tartib belgilangan bo‘lsa, bunda bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib yoki til biriktirmagan holda jinoyat sodir etilishini tushunish lozim. Agar qonun Maxsus qism normasi «oldin- dan til biriktirib» degan ta’rif bilan cheklangan bo‘lsa kvalifikatsiya qilinadigan holatlami belgilashda, uni jinoiy guruh yoki jinoiy uyushma sifatida talqin qilinmaydi. Qonunda jinoyat tarkibida kvalifikatsiya qilinuvchi holat sifatida bir guruh shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilishi ko‘rsatilgan bo‘lsa (JK 97-modda, 2-qismi, «p» bandi, 104-modda, 2-qism, «k» bandi, 118-modda, 2-qism, «v» bandi) jinoiy javobgarlik uchun oldindan til biriktirganlik ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Bu holatda jinoyat sodir etgan shaxslarning harakati ushbu jinoyatni sodir etishga qaratilgan- ligini aniqlash lozim. Agar bu jinoyat ularning umumiy qasdidan tashqarida sodir etilgan bo‘lsa, ushbu band bilan kvalifikatsiya qilin- masdan, moddaning boshqa tegishli qismlari bilan javobgarlikka tortiladi. Ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikda jinoiy faoliyat olib borish uchun oldindan bir guruhga birlashishi uyushgan guruh deb topiladi. Uyushgan guruh ishtirokchilikning oddiy va murakkab ishtirok- chilikka nisbatan xavfliroq bo‘lgan shaklidir. Uyushgan guruhni xususiyatlovchi belgilardan biri bu uning barqaror ekanligidir. Bunda tashkilotchi jinoiy rejani tuzadi, ishtirokchilar o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, ular faoliyatini yo‘naltiradi va guruhdagi tartibni mus- tahkamlaydi. Uyushgan guruhda ikki yoki undan ortiq shaxs odatda bir nechta jinoyat qilish uchun birlashadi. Uyushgan guruhning asosiy belgisi oldindan til biriktirish yoki oldindan jinoiy harakat bilan shug‘ullanish uchun uyushishi va guruh a’zolari orasida vazifalarning aniq taqsimlanishi, rejaning aniqligi, texnik ta’minot va barqarorlik- dan iboratdir. Aynan barqarorlik ushbu guruhni boshqa guruhlardan ajratib turadi. Ular orasidagi barqarorlik guruh rahbari guruh a’zolari bilan aloqa qilib, ularning harakatini nazorat qilib, boshqarib turishida namoyon bo‘ladi. Sud-tergov amaliyotini o‘rganish shuni ko‘rsatmoqdaki, uyushgan guruh a’zolari orasida vazifalar aniq tartibda taqsimlanadi. Jinoyat kodeksi Maxsus qismining qator moddalarida uyushgan guruhning jinoiy harakati o‘sha jinoyatni og‘irlashtiruvchi holati sifatida ko‘rsa- tilgan bo‘lsa (masalan, 164-modda 4-qism «v», 166-modda 4-qism «v», 176-modda 3-qism «b», 177-modda 3-1qism «b» bandlari va boshqalar), Jinoyat kodeksining 56-moddasiga havola qilingan holda Download 227.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling