1-боб: жиноят ћУЌУЌи тушунчаси ва предмети
Download 227.47 Kb.
|
41mhrustamboyevjinoyathuquqipdf
birinchidan, tashkilotchining jinoiy faoliyatni amalga oshirish maqsadi asosida tashkil etilgan guruh o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik, umumiy jinoiy maqsad va manfaat, jinoiy guruh a’zolari o‘rtasida vazifalarning taqsimlanganligi;
ikkinchidan, jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida maxsus usullardan foydalanish, guruhdagi qat’i tartib, doimiy nazorat va guruh a’zolari harakatini boshqarish, yuqori darajada kelishganlik va uyushganlik. Ishtirokchilikning eng xavfli shakli jinoiy uyushmadir. Ikki yoki undan ortiq uyushgan guruhning jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanishi uchun oldindan birlashishi jinoiy uyushma deb topiladi (Jinoyat kodeksi, 29-modda, 5-qism). Jinoiy uyushma ishtirokchilikning boshqa shakllaridan yuqori darajada uyushganligi, barqarorligi, texnik vositalar bilan ta’minlan- ganlik darajasiga ko‘ra, a’zolarining birgalikdagi keskin harakati kabilar bilan farq qiladi. Jinoiy uyushmaning xavfliligi u tomonidan sodir etiladigan jinoyatning xususiyati va og‘irlik darajasi bilan belgilanadi. Jinoiy uyushma ancha murakkab tashkiliy tuzilmadir. Undagi har bir uyushgan guruh o‘ziga maxsus ajratilgan vazifalarnigina bajaradi. Shu belgi jinoiy uyushmani uyushgan guruhdan ajratib turadi. Jinoiy uyushmaning asosiy belgilaridan yana biri uning ikki yoki undan ortiq uyushgan guruhdan tashkil topganligidadir. Mantiqiy jihatdan ham jinoiy uyushma yoki bir necha guruh birlashganida a’zolar ko‘pchilikni tashkil etganligi sababli u ikki kishidan tashkil topishi mumkin emas. Jinoiy uyushma a’zolari o‘rtasida jinoiy maqsadga erishish uchun vazifalar taqsimlanadi. Jinoiy uyushma o‘zida jinoiy guruhlarni o‘zining tarkibiy bo‘g‘ini sifatida birlashtiradi. Jinoiy uyushmaning tarkibiy bo‘g‘ini deganda, rahbarni hisobla- ganda ikki yoki undan ortiq shaxsni jinoiy uyushma maqsadini amalga oshirish uchun muayyan yo‘nalishda faoliyat yurituvchi (masalan, jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish) guruh tushuniladi. Bunda har bir guruh o‘z faoliyatini jinoiy uyushma maqsadini amalga oshirish uchun alohida-alohida amalga oshiradi. Buni aniqlash uchun har bir guruh faoliyati jinoiy uyushma maqsadlarini amalga oshirishga, uni qo‘llab quvvatlashga qaratilganligi, barcha guruhlar faoliyati yagona tashkiliy boshqaruv asosida boshqarilganligiga e’tibor berish lozim. Yagona tashkiliy boshqaruv, bitta tashkilotchidan, shuningdek, bir guruh tashkilotchilardan iborat bo‘lishi mumkin. Jinoyat qonunida birinchi marta (Jinoyat kodeksi 242-moddasi- da) jinoiy uyushma tashkil etish, ya’ni jinoiy uyushma yoxud uning bo‘linmalarini tuzish yoki unga rahbarlik qilish, shuningdek, ularning mavjud bo‘lishi va ishlab turishini ta’minlashga qaratilgan faoliyat uchun javobgarlik belgilanadi va uyushma tuzilganidan boshlab jinoyat tugallangan deb hisoblanadi. Agar Jinoyat kodeksi 212-moddasida javobgarlik belgilangan jinoyatning subyekti bo‘la olmaydigan shaxs jinoiy guruhga kirib qolgan bo‘lsa, guruh a’zolari qanday jinoyatni sodir qilish uchun uyushgan bo‘lsalar, o‘sha jinoyatni sodir etishga suiqasd qilish deb, agar bevosita qatnashgan bo‘lsa, o‘sha jinoyatda ayblanib javobgar- likka tortiladi. Download 227.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling