1-боб: жиноят ћУЌУЌи тушунчаси ва предмети
Download 227.47 Kb.
|
41mhrustamboyevjinoyathuquqipdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinoyatda ishtirok etgan shaxslarning javobgarlik doirasi
NOTA BENE!
Jinoyat sodir etilishiga o‘z maslahatlari, ko‘rsatmalari bilan, vositalar berish yoki to‘siqlarni yo‘qotish bilan ko‘maklashgan, shuningdek, jinoyatchini, jinoyat sodir etish quroli, izlari va vositalarini yoxud jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan narsalarni yashirishga, shuningdek, bunday narsalarni olish va o‘tkazish to‘g‘risida oldindan va’da bergan shaxs yordamchi deb topiladi (Jinoyat kodeksi, 28-modda, 5-qism). Sud-tergov amaliyotida yordamchilik ishtirokchilikning ko‘p uchraydigan turidir. Jinoyat kodeksi 28-moddasi 5-qismining tahlili shuni ko‘rsatadiki, jinoyatda yordamchilik ikki: jismoniy yordamchilik; ruhiy yordamchilik ko‘rinishlariga ega bo‘ladi. Jismoniy yordamchilik, deganda jinoyat sodir qilinayotganda to‘siqlarni olib tashlash uchun vositalar va qurollar bilan yordam berish, ya’ni jinoyatning obyektiv tomonini amalga oshirishda baja- ruvchiga ko‘maklashish tushuniladi. Jismoniy yordamchilik ruhiy yordamchilikdan farqli ravishda jinoyat vositalarni taklif qilish yoki shart-sharoit yaratib berishdan iboratdir. Shuni ham hisobga olish kerakki, yordamchi yordam berishdan tashqari jinoyatni amalga oshirishga qaratilgan boshqa biror-bir hara- katni qilmagan bo‘lishi kerak, aks holda yordamchining harakatlari jinoyatning obyektiv tomoni belgilari bilan mos kelsa, u jinoyatning bajaruvchisiga aylanib qoladi. Ruhiy yordamchilik: 1) maslahat, ko‘rsatmalar berish; 2) jinoyatchini, jinoyat qurol- larini, izlarini va vositalarini yoki jinoiy yo‘l bilan topilgan buyumlar- ni yashirishga oldindan va’da berish; 3) jinoiy yo‘l bilan topilgan buyumlarni olish yoki sotib berishga oldindan va’da berish shaklida bo‘lishi mumkin. Jinoyatni yashirishga oldindan va’da bermagan bo‘lsa, yordam- chilik deb topilmaydi, ya’ni ishtirokchilik deb topilmasdan, faqat jinoyatga daxldorlik deyiladi. Vositalar yetkazib berish, deganda jinoyat bajaruvchisiga jinoyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan turli buyumlar yoki vositalarni yetkazib berish tushuniladi. Bularga transport vositalari, qurol-yarog‘lar va hokazolar, ya’ni jinoyat sodir qilinishi uchun yordam beradigan har qanday buyumlar kiradi. To‘siqlarni olib tashlash, deganda yordamchining bajaruvchi tomonidan jinoyatni amalga oshirishdagi to‘siqlarni bartaraf qilishga yordamlashish harakati tushuniladi (masalan, qo‘riqchini xizmat vazifasidan chalg‘itish, signalizatsiyani o‘chirib qo‘yish, qo‘riqchi itlarni chalg‘itish va hokazo). Yordamchi dalolatchidan shunisi bilan farq qiladiki, u o‘zining harakati bilan jinoyatning boshqa bir ishtirokchisida jinoyat sodir etish istagini vujudga keltirmaydi, bu holat yordamchilikni amalga oshir- gunga qadar vujudga keladi. Ruhiy yordamchilik jinoyat sodir qilinishida bajaruvchining qarori va xohishini mustahkamlaydi. Maslahat va ko‘rsatmalarni ko‘proq jinoyatni uyushtiradigan shaxs berishi mumkin. Bu holda ushbu shaxs Jinoyat kodeksi 28- moddasining 3-qismiga ko‘ra tashkilotchi deb topiladi. Jinoyatda ishtirok etgan shaxslarning javobgarlik doirasi Jinoyat qonunida birinchi marta (Jinoyat kodeksi, 30-modda) jinoyatda ishtirok etganlik uchun javobgarlik doirasi belgilandi. Jinoyat kodeksi 30-moddasi 1-qismiga ko‘ra: «Tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar ham ushbu kodeks Maxsus qismining baja- ruvchini javobgarlikka tortish uchun belgilangan moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortiladilar». Bu umumiy qoida hisoblanadi. Qonunda jinoyat ishtirokchilari (tashkilotchi, dalolatchi, yordam- chi) bir tomondan va bajaruvchi ikkinchi tomondan bir-biri bilan bog‘liqdir. Jinoiy natija umumiy va yagonadirki, jinoyat sodir qilishda har bir ishtirokchining o‘ziga yarasha o‘rni bor, ya’ni tashkilotchi tashkillashtiradi, dalolatchi qiziqtiradi, yordamchi jinoyatning amalga oshirilishiga yordam beradi. Ishtirokchilarning sodir etilgan jinoyat uchun javobgarligi jinoyatning obyektiv va subyektiv belgilariga asosan belgilanadi. Bunda obyektiv tomon ishtirokchilardan har birining javobgarligi Umumiy qism qoidalari (28-modda) va Jinoyat kodeksi Maxsus qism normasi- ga asosan belgilanadi. Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyat har doim qasddan sodir etilib, subyektiv tomondan ishtirokchilarning ijtimoiy xavfli xusu- siyatdagi oldindan ogohlantirilganligi, ularning birgalikdagi faoliyati, ruhiy tomoni esa kuchlarni birlashtirish asosida jinoiy natijaga erishish yoki unga ongli ravishda yo‘l qo‘yilishida ifodalanadi. Ishtirokchilarning javorbgarligi doirasini belgilash uchun jinoyat tarkibi elementlaridan tashqari, umumiy va maxsus shartlar ham bo‘lishi kerak. Umumiy shartlar o‘z ichiga ishtirokchilikning turini, shaklini to‘g‘ri belgilashni, ishtirokchilik shakli jinoyat tarkibining zaruriy belgisi ekanligini yoki uning jazoni og‘irlashtiruvchi holat ekanligi kabilarni oladi. Jinoyat kodeksining 242-moddasi 2-qismida ishtirokchilik asosiy belgisi sifatida ko‘riladi va qurolli jinoiy guruh tashkil etganlik, unga rahbarlik qilganlik va unda ishtirok etganlik uchun javobgarik belgilangan. Maxsus shartlar ishtirokchilarning javobgarligiga ta’sir qiluchi obyektiv va subyektiv belgilarga, shuningdek, ekstsess bajaruvchilik, bajaruvchining va boshqa ishtirokchilarning jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishini o‘zida ifodalaydi. Har bir jinoyat ishtirokchisi sodir etilgan jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortiladi. Unga nisbatan jazo tayinlashda sud jinoiy javobgarlikni jinoyatning og‘irligi, ayb darajasi va jinoyat sodir etgan shaxsning ijtimoiy xavfliligiga mos kelishini hisobga olishi lozim bo‘ladi. Bu sud jazo tayinlashda sodir etilgan qilmishning ijtimoiy xavfliligini, ish holatlari va aybdor shaxsini, jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni hisobga olish kerakligini anglatadi. Agar sodir etilgan jinoyatning xavflilik darajasi barcha ishtirok- chilar uchun bir xil xususiyatga ega bo‘lishi (ularning harakati Maxsus qismning ayni bir moddasi bilan kvalifikatsiya qilinganda), lekin ishtirokchilarning har birini jitimoiy xavfliligi turlicha bo‘lishi mum- kin. Ular bir qator obyektiv va subyektiv holatlarga bog‘liq bo‘lib, shaxsning jinoyat sodir etishdagi ishtiroki darajasi va xususiyatida namoyon bo‘ladi. Ishtiroki xususiyati ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatda aybdorlik vazifasini belgilaydi. Tashkilotchi, yordamchi, dalolatchining harakatlari bajaruvchi- ning harakati qaysi norma bilan kvalifikatsiya qilingan bo‘lsa, o‘sha norma bilan kvalifikatsiya qilinadi, aniqrog‘i bajaruvchi tomonidan jinoyatning obyektiv tomoni qay darajada bajarilgani muhim rol o‘ynaydi. Agar biron-bir sababga ko‘ra bajaruvchi jinoyatni oxiriga- cha yetkaza olmagan bo‘lsa, ishtirokchilarning harakatlari ham tugal- lanmagan jinoyat deb kvalifikatsiya qilinishi lozim. Jinoyat ishtirokchisi qonunda belgilangan tartibda aybi isbotlan- gan ijtimoiy xavfli qilmishlari uchungina javobgar bo‘ladi (Jinoyat kodeksi, 9-modda). Jinoyat sodir qilgan shaxsga jazo tayinlashda sud jazo tayinlash- ning umumiy asoslariga rioya qiladi (Jinoyat kodeksi, 54-modda). Sud jazo tayinlashda sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, qilmishning sababini, yetkazilgan zarar- niig xususiyati va miqdorini, aybdorning shaxsini hamda jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni hisobga oladi (Jinoyat kodeksi, 54-modda, 1-qism). Ishtirokchilarning jinoyat sodir etishdagi ishtiroki darajasi hamda jinoiy harakatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi jazo tayinlashda hisobga olinadi. Sud jazo tayinlashda shaxsning sudlangan-sudlanmaganli- gini, giyohvandlik vositalari yoki alkogolli ichimliklami iste’mol qilgan yoki qilmaganligini va boshqa holatlami hisobga olishi zarur. Sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavfliligini belgilashda aniq bir jinoyat sodir etilgan holatlardan kelib chiqish lozim (ayb shakli, jinoyat motivi, sodir etish bosqichi va boshqalar). Tashkilotchi, dalolatchi va yordamchining harakatlari bajaruv- chining jinoyatni qaysi bosqichda to‘xtatilganligiga qarab, ya’ni baja- ruvchi jinoyatni oxiriga yetkazgan, suiqasd qilgan yoki tayyorgarlik ko‘rishda to‘xtatilganligiga qarab kvalifikatsiya qilinadi. Sud-tergov amaliyotida jinoyatni faqat maxsus subyekt amalga oshirib, boshqa shaxslar jinoyat ishtirokchisi sifatida sodir etilganligi ham uchrab turadi. Bunda jinoyat ishtirokchi (tashkilotchi, dalolatchi, yordamchi)larning jinoyatda ishtiroki darajasi aniqlanishi kerak. Jinoyatning subyekti faqat maxsus subyektli jinoyatlarda ishtirokchilar (tashkilotchi, dalolatchi, yordamchi) maxsus subyekt sodir etgan jinoyatda faqat ishtirokchi sifatida kvalifikatsiya qilinadi. Masalan, onaning o‘z chaqalog‘ini qasddan o‘ldirishi (99-modda)da subyekt faqat ona bo‘ladi, tashkilotchi, dalolatchi, yordamchi esa uning onasi, eri bo‘lishi mumkin yoki 114-moddadagi jinoiy abortda subyekt vrach-akusher ginekolog bo‘lib, tashkilotchi, dalolatchi, yordamchi har qanday shunga bog‘liq shaxs bo‘lishi mumkin. Jinoyat bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan qilmish kvalifikatsiya qilinayotganida ishtirokchilikdagi bajaruvchilardan biri guruh tomonidan kelishilmagan boshqa jinoyatni sodir qilsa, unga baho berishda ayrim qiyinchiliklar vujudga keladi. Buni jinoyat huquqida ekssess bajaruvchi deyiladi. Ekssess, deganda bajaruvchi tomonidan boshqa ishtirokchilarning jinoyatidan tashqari yana bir jinoyatning sodir qilinishi tushuniladi. «Boshqa ishtirokchilarning jinoiy niyati bilan qamrab olinmagan qilmish uchun uni sodir etgan shaxs javobgar bo‘ladi» (30-modda, 4- qism). Jinoyat huquqi nazariyasida ekssessni miqdor va sifat belgilariga bo‘lib o‘rganiladi. Download 227.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling