1-боб: жиноят ћУЌУЌи тушунчаси ва предмети


bajaruvchi; tashkilotchi


Download 227.47 Kb.
bet3/15
Sana08.01.2022
Hajmi227.47 Kb.
#241848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
41mhrustamboyevjinoyathuquqipdf

bajaruvchi;

  • tashkilotchi;

  • dalolatchi;

  • yordamchi.

    Jinoyatni bevosita, to‘la yoki qisman sodir etgan yoxud ushbu kodeksga muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lmagan shaxslardan yoki boshqa vositalardan foydalanib, jinoyat sodir etgan shaxs bajaruvchi deb topiladi (Jinoyat kodeksi, 28-modda, 2-qism).

    Qonunda bajaruvchining qator o‘ziga xos belgilari ko‘rsatilgan:

    birinchidan, jinoiy qilmishning to‘liq yoki qisman amalga oshi- rilishi. Bundagi jinoiy qilmishni to'liq amalga oshirilishi deganda, Jinoyat kodeksi Maxsus qismida ko‘rsatilgan qilmishning obyektiv tomonini to‘liq sodir etish tushuniladi, ya’ni obyektiv tomon to‘liq bajariladi. Jinoyatni qisman sodir etish jinoyat obyektiv tomonini sodir etish bo‘lib, bajaruvchiga bog‘liq bo‘lmagan holda tamom bo‘l- maydi yoki modda dispozitsiyasida ko‘rsatilgan oqibatning yuz bermasligida ifodalanadi;

    ikkinchidan, jinoyatning bevosita bajaruvchi tomonidan sodir etilishi, bevositalik bajaruvchi shaxs tomonidan Jinoyat kodeksi Maxsus qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etilganligi yoki sodir etilishini anglatadi.

    Bajaruvchi quyidagi turlarga bo‘linadi:

    1. bevosita jinoyatni sodir etgan, ya’ni obyektiv tomonini bajargan shaxs;

    2. boshqa shaxslar bilan birgalikda jinoyatni sodir etishda ishtirok etgan shaxs (birgalikda bajaruvchi);

    3. kodeksga muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lmagan shaxslardan yoki boshqa vositalardan foydalanib, jinoyat sodir etgan shaxs.

    Dastlabki ikkita holatda jinoyat ishtirokchisi hisoblangan baja­ruvchi ko‘rsatib o‘tilgan. Uchinchi holat esa jinoyatda ishtirokchilikni ifodalamaydi, balki jinoyat vositasi orqali individual tartibda sodir etish hisoblanadi.

    Ba’zi hollarda jinoyatning obyektiv tomonini bir nechta jinoyat- chilar birgalikda bajaradi, ularning barchasi bajaruvchi hisoblanadi.

    Jinoyat bajaruvchisi aqli raso va qonunda belgilangan yoshga to‘lgan bo‘lishi kerak. Ayrim holda shaxsning o‘zi jinoyatni bevosita sodir qilmasdan jinoyatning subyekti bo‘la olmaydigan shaxsdan foy- dalanadi (masalan, o‘g‘rilik jinoyatini sodir qilishda shaxs 14 yoshga to‘lmagan yoki aqli noraso shaxsdan foydalanadi). Bunda jinoyatchi ham subyekt yoshiga yetmaganning qilmishi uchun hamda voyaga yetmaganni jinoyatga jalb qilganligi uchun javobgarlikka tortiladi. Ba’zi hollarda jinoyatchi maxsus o‘rgatilgan hayvonlardan ham foydalanadi va hayvon yetkazgan zarar uchun jinoyatchi javobgar bo‘ladi.

    Alohida hollarda bajuruvchining harakatini aniqlash uchun Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddasi dispozitsiyasida ko‘rsatilgan belgilarning bir qismini bo‘lishining o‘zi yetarli hisoblanadi. Masalan, nomusga tegish jinoyati bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilsa, ulardan biri zo‘rlik ishlatgan lekin, shaxsan o‘zi nomusga tekkan yoki

    nomusga tegmaganligidan qat’i nazar, bajaruvchi bo‘lib hisoblanadi.

    Bajaruvchi tomonidan sodir etilgan qilmish subyektiv tomondan to‘g‘ri yoki egri qasddan sodir etilishi mumkin. Qonunga ko‘ra ishti- rokchilikda sodir etilgan qilmish qasddan amalga oshirilib, ehtiyotsiz- likni istisno etadi. Ijtirokchilaming qasdi o‘z qilmishning ijtmoiy xavfliligini anglash va bajaruvchining harakatini o‘z ichiga olishi kerak.

    Jinoyatning tashkilotchisi jinoyat ishtirokchilaridan biridir. Ji- noyatga tayyorgarlik ko‘rilishiga yoki jinoyat sodir etilishiga rahbarlik qilgan shaxs tashkilotchi deb topiladi (28-modda, 3-qism), ya’ni tashkilotchi: 1) jinoyatga tayyorgarlik ko‘rilishiga yoki 2) jinoyat sodir etilishiga rahbarlik qiladi. Ikki holatda ham u «tashkilotchi» so‘zi ma’nosidan kelib chiquvchi jinoyatga tayyorgarlikni amalga oshiradi. Jinoyat sodir etish «g‘oya»si va undan so‘nggi harakatlarni rejalashtirish, tashkil qilish unga tegishlidir.

    Shu o‘rinda jinoyat sodir etish haqidagi fikrning yuzaga kelishi faqatgina tashkilotchining o‘zigagina tegishli emasligini ta’kidlab o‘tish lozim. Ba’zi hollarda birgalikdagi bajaruvchilardan birida ham bunday fikr paydo bo‘lishi mumkin. Sud amaliyotida birgalikda bajaruvchilardan birida bunday fikrning paydo bo‘lishi uchrab turadi. Masalan, guruh bo‘lib bezorilik qilish, nomusga tegish jinoyatlarini sodir etishda.

    Tashkilotchi ko‘pincha jinoyat sodir qilishda bevosita qatnash- maganligi sababli uni ushlash, isbotlash va javobgarlikka tortish qiyinlashadi.


    Download 227.47 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling