1-боб: маркетинг ва унинг ривожланишининг


Mavzu: So’z yasalish strukturasi


Download 449.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana06.11.2023
Hajmi449.8 Kb.
#1751583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
d. matyoqubova - hozirgi o\'zbek adabiy tili

Mavzu: So’z yasalish strukturasi 
Rеjа 
1. So’z yasalishi. 
2. O’zbek tilida so’z yasalish strukturasi. 
3. So’z yasalish asosi. 
4. So’z yasovchi vosita. 
5. O’zbek tilida so’z yasash bilan bog’liq ilmiy qarashlar. 
O’zbek tili so’z yasalishi tizim sofatida o’z o’rganish ob’yekti, o’z 
tushunchalari, o’z vazifalariga ega bo’lgan alohida sohadir. So’z 
yasalishi uzoq yillar davomida tilshunoslik mustaqil sohasi sifatida 
emas, balki morfologiya sohasining tarkibiy qismi sifatida o’rganib 
kelindi. 


16 
XXasrning ikkinchi yarmiga kelib tilga sistema sifatida qarash 
boshlangandan so’ng so’z yasalishi ham mustaqil soha sifatida e’tirof 
etildi. O’zbek tili so’z yasalishi tizimi taraqqiyotida A.G’ulomov, 
A.Hojiyev, Sh.Rahmatullayev, A.Nurmonov kabi tilshunoslarning 
xizmatlari katta bo’ldi.
Tilshunoslikning har bir mustaqil bo’limi qatori so’z yasalishi ham 
o’zining o’rganish birligiga ega. Biroq o’zbek til so’z yasalish tizimini 
tatqiq etishda ana shu muhim faktga etibor berilmadi.buning asosiy 
sababi so’z yasalish sistemasi til birligi bo’lgan yasama so’zning boshqa 
sistemalar til birligiga nisbatan murakkab mohiyatga ega ekanligidadir. 
Shunga qaramay professor A.Hojiyev to’g’ri ta’kidlaganlaridek, “so’z 
yasalishi sistemasini shakllantiruvchi til birligining mohiyati qay 
darajada murakkab bo’lmasin, bu til birligini, uning mohiyatini aniq 
belgilamay turib so’z yasalishi, yasama so’zlar bilan bog’liq til 
hodisalarining mohiyatini to’liq yoritib bo’lmaydi”. 
Soz’ yasalishi mustaqil soha sifatida o’z birligiga ega, yani so’z 
yasalishining o’rganish ob’yekti yasama so’zlardir. 
Professor Sh.Rahmatullayev so’z yasash termini o’rniga “leksema 
yasash”terminini ishlatadi. Bunga sabab so’z yasalishining asosiy birligi 
bo’lgan yasama so’zning til hodisasi ekanligidir. Demak, yasama so’zlar 
so’z yasalishi sohasining asosiy birligi bo’lib, ular til hodisasi sanaladi. 
Yasama so’zlar so’z yasovchi morfemalar yordamida yasaladi. Soz 
yasalishi asosiy birlikdan tashqari bir qator tushunchalarga ham ega. 
Quyida ularni qisqacha izohlab o’tamiz. 
Har bir yasama so’z ikki qismdan iborat bo’ladi: so’z yasalish asosi va 
so’z yasovchi. 
So’z yasalish asosi-yasama so’zning yuzaga kelishiga asos bo’lgan so’z: 
harakatchan, gulzor, ishla. 
So’z yasovchi- so’z yasalish strukturasining tarkibiy qismi, yasama 
so’zni hosil qiluvchi vosita. U quyidagi xususiyatlarga ega bo’ladi: 


17 
 Soz yasovchining ma’nosi umumiy: gulli, chiroyli, mevali. 
 
So’z yasovchi yasama so’zda bitta bo’ladi. 
 
So’z yasovchi: suffiks, prefiks. 
 
So’z yasovchi vazifasida: 
 1) affikslar: -li. –la, -zor, -siz, -ma, -k… 
 2) affiksoidlar: xona, noma, ham… 
 
3) yordamchi so’zlar: qil, bo’l, et.
Sаvоllаr 
1.So’z yasalishi bo’limi nimani o’rganadi? 
2. So’z yasalish tizimini tushuntiring. 
3. So’z yasalish asosini izohlang. 
4. So’z yasovchilar deb nimaga aytiladi? 
5. Yasalma haqida ma’lumot bering. 

Download 449.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling