1-bob. Qadimgi Madaniyatning asosiy omili


Download 50 Kb.
bet8/14
Sana04.02.2023
Hajmi50 Kb.
#1164062
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Jonibek1

TOHIRIYLAR – Tohiriylar davlatini boshqargan sulola. Xalifalik taxti uchun
kurashda Ma‟mun ibn Xorun ar-Rashid Tohir ibn Husayinning yordami bilan g‟olib
chiqadi va minnatdorchilik belgisi sifatida 819-yilda uni Xuroson va Movarounnahr
yerlariga noib qilib tayinlaydi. Tohir ibn Husayin oradan ko‟p vaqt o‟tmay xalifaga
bo‟ysunmay mustaqil siyosat yurgiza boshlaydi. O‟ziga qarashli yerlarni xalifalikdan
mustaqil deb e‟lon qiladi. Tohiriylar sulolasi 873-yilda ko‟tarilgan “g‟oziylar”
qo‟zg‟oloni natijasida ag‟darib tashlanadi va Xurosonda hokimiyatni Sofforiylar
sulolasi egallaydi.
Sulola vakillari: Tohir ibn Xusayin (821-822), Talha ibn Tohir (822-830),
Abdulloh ibn Tohir (830-844), Tohir ibn Abdulloh (844-862), Muhammad ibn Tohir
(863-873), Xusayin ibn Tohir (873-874).
TUDUN – Turk xoqonligining unga qaram o‟lkalardagi noiblari ustidan
nazoratni kuchaytirish maqsadida yuborgan vakillari. Ular viloyatlarda boju-
yasoqlarni jamg‟arish ustidan nazorat qilar va ularni hoqon qarorgohiga jo‟natish
bilan shug‟ullanardi.
UMMAVIYLAR – arab xalifaligi sulolasi (661-750). Asoschisi makkalik yirik
savdogar va qurayshiylar zodagoni Abu So‟fiyonning o‟g‟li Muoviyadir. Abu
So‟fiyon Muhammad Payg‟ambarning uzoq qarindoshi Umayya shajarasidan bo‟lib,
uning o‟g‟li Muoviya dastlab xalifalikning Suriyadagi noibi edi. Ali xalifaligi davrida
(656-661) unga bo‟ysunmaslik siyosatini boshlagan va u vafot etgach arab
zodagonlarining yordamida xalifalik taxtini egallaydi. Xalifalik poytaxtini
Damashqqa ko‟chiradi. Shuning uchun ham tarixiy adabiyotlarda ummaviylar davri
Damashq xalifaligi deb ham yuritiladi. 747-750 yillarda Abu Muslim rahbarligidagi
qo‟zg‟olon natijasida oxirgi ummaviylar vakili Marvon II (744-750) taxtdan
tushiriladi va hokimiyat yangi sulola – Abbosiylar qo‟liga o‟tadi.
Ummaviylar sulolasi vakillari: Muoviya (661-680), Yazid (680-683), Marvon I
(683-685), Abdumalik (685-705), Volid (705-715), Sulaymon (715-717), Umar II
(717-720), Yazid II (720-724), Hishom (724-743), Volid II (743-744), Marvon II
(744-750).

Download 50 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling