1-bob. Qadimgi Madaniyatning asosiy omili


Download 50 Kb.
bet5/14
Sana04.02.2023
Hajmi50 Kb.
#1164062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Jonibek1

SATRAPLIK Ahmoniylar, Salavkiylar, Parfiya va Sosoniylar davlatlarida
satrap boshchiligidagi harbiy-ma‟muriy okrug, viloyat. Satrapliklarga satrap
(hokim)lardan tashqari harbiy boshliqlar ham tayinlangan. Hozirgi O‟rta Osiyo
hududlarida ham o‟sha davrda alohida satrapliklar tashkil etilgan. Har bir satraplik
belgilangan miqdorda soliq to‟lashga majbur bo‟lgan.
SKUNXA – Ahmoniylar podshosi Doro I ga qarshi qo‟zg‟olon ko‟targan saklar
sardori. Bu haqdagi ilk ma‟lumot podsho Doro I ning Behistun qoyasiga yozdirgan
bitiklarida berilgan.
SOMONIYLAR – O‟rta Osiyoda 875-999-yillarda hukm surgan davlat.
Somoniylar sulolasi kelib chiqishi jihatidan Sosoniylar davlatining (224-651)
mashhur sarkardasi turk Bahrom Chubinning avlodlaridan bo‟lgan. Bahrom
Chubinga o‟z davrida davlat oldidagi katta xizmatlari uchun Balx va Termiz
oralig‟idagi yerlar iqto‟ sifatida berilgan, u esa bu joylarga o‟z yaqinlarini
joylashtirgan. Somonxudot Balx atrofining yirik mulk egasi – aslzodalaridan biri
bo‟lib, uning nabiralari xalifa Xorun ar-Rashid (785-809)ning Xurosondagi noib
o‟g‟li Ma‟munga sadoqat bilan xizmat qilganlar. Ma‟mun 813-yilda xalifalik taxtini
egallab, 819-yilda Somonxudotning nabiralariga Movarounnahr viloyatlarini
boshqarishni topshiradi. Somoniylardan Nux ibn Asaddan boshlangan mamlakatni
mustaqil boshqarishga intilish Ismoil Somoniy davrida nihoyasiga yetadi. Buxoro
shahri davlat poytaxtiga aylantiriladi. X asrning birinchi yarmi bu davlatning
gullagan davridir. Movarounnahr, Xuroson, Shimoliy va Janubiy Eronni o‟z ichiga
olgan hamda Xorazm, Seyston, Jurjon va Tabariston (Mozondaron) bu davlatga itoat
etgan. Somoniylar davrida Buxoro, Samarqand, Marv, Nishopur Urganch, Hirot, Balx
eng yirik va savdo-hunarmandchilik taraqqiy etgan shaharlar bo‟lgan.
992-yili Qoraxoniy turklari Buxoroni bosib oladi, 996-yili Somoniylarning
Zarafshon havzasi shimolidagi yerlarning hammasi turklar qo‟liga o‟tadi, 999-yili
turklar Buxoroni ishg‟ol etib, Somoniylar davlatini tugatadilar va hokimiyatni to‟liq
qo‟lga oladilar.
Somoniy hukmdorlari: Nux ibn Asad (819-842), Ahmad ibn Nux (842-865),
Nasr ibn Ahmad (865-888), Ismoil ibn Ahmad (888-907), Ahmad ibn Ismoil
(907-914), Nasr II ibn Ahmad (914-943), Nux ibn Nasr (943-954), Abdumalik ibn
Nux (954-961), Mansur ibn Nux (961-976), Nux II ibn Mansur (976-997), Mansur
(997-998), Ismoil II (998-1005).

Download 50 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling