1-bob. Qadimgi Madaniyatning asosiy omili
Download 50 Kb.
|
Jonibek1
QADIMGI XORAZM YOZUVI – O‟rta Osiyo xalqlarining eng qadimgi
yozuvlaridan biri. Xorazmdagi Katta Oybuyirqal‟a shahar xarobasidan topilgan xum sirtiga yozilgan yozuv hozirgi paytda ushbu hududda topilgan yozuvlarning eng qadimgisi deb hisoblanmoqda. Arxeologik ma‟lumotlarga ko‟ra bu yozuv miloddan
avvalgi V-IV asrlarga tegishlidir. Miloddan avvalgi IV-III asrlarga oid yana bir qadimgi Xorazm yozuvi Qo‟yqirilganqal‟adan topilgan sopol idishining sirtida saqlangan. Bu manba yagona “aspabarak” – “otliq”, “chavandoz” ma‟nosida tarjima qilingan. Olimlarning hisoblashlaricha miloddan avvalgi III asrda oromiy alifbosi negizida mustaqil xorazm yozuvi kashf etiladi va bu yozuv uzoq yillar mobaynida muomalada bo‟ladi. Xorazm tili qadimgi forsiy tilning Sharqiy eron lahjasiga yaqin bo‟lgan. Eramizning VI-VII asrlaridan boshlab bu til va yozuv asta sekin iste‟moldan chiqa borib, VIII-IX asrlarga kelganda umuman tushunarsiz o‟lik tilga aylangan. Qadimgi Xorazm tilidagi ba‟zi bir so‟zlar hozirgi Xorazm shevasida saqlanib qolgan. Xorazm yozuvi yodgorliklari milodiy I-VIII asrlar oralig‟ida zarb etilgan Xorazm shohlari tangalarida, Tuproqqal‟adan topilgan Xorazmshoxlarning arxivida, To‟qqal‟a yodgorligidan topilgan ossuariylar sirtida, Mizdahkon yodgorliklari majmuasidagi Govurqal‟adan topib o‟rganilgan. QANG’DEZ – miloddan avvalgi III – milodiy III asrlarda mavjud bo‟lgan Qang‟ davlatining poytaxti. Avestoda tur qabilalarining siyosiy va diniy markazi Qanqa deb keltiriladi. Qanqa shahar xarobasi hozirgi Toshkent viloyatining Oqqo‟rg‟on tumanida joylashgan. Xitoy tarixchilari bu shaharni Bityan deb atashgan. QANG’UY – Xitoyliklar tushunchasida Davan (Farg‟ona)dan g‟arbda joylashgan yurt. Hozirgi Toshkent vohasi, Chimkent viloyati va Sirdaryoning quyi havzasidagi yerlar. Miloddan avvalgi III asr o‟rtalarida bu hududlarda Qang‟uy (Qang‟) davlati tashkil topadi. Unga ko‟chmanchi sak qabilalari asos soladilar. Miloddan avvalgi II asrdan boshlab Qang‟uy davlati qudratli davlatga aylanadi va qo‟shni yurtlarga nisbatan mustaqil siyosat yurgiza boshlaydi. Bu davlat birlashmasi milodiy III asrlarga kelib parchalanib ketadi. Download 50 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling