1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


Download 233.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/42
Sana30.04.2023
Hajmi233.54 Kb.
#1402939
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
O‘RQ-703-сон 28.07.2021(1)

5-modda. 1, 2 va 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi mansab darajalari O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.
1, 2 va 3-darajali adliya maslahatchisi, shuningdek 1, 2 va 3-darajali yurist mansab darajalari:
Sudyalar oliy kengashi va Oliy maktabning xodimlariga — Sudyalar oliy kengashi raisi
tomonidan;
Konstitutsiyaviy sudning devoni xodimlariga — Konstitutsiyaviy sudning raisi tomonidan;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va quyi turuvchi sudlar apparatlari xodimlariga,
Departament va uning hududiy bo‘limlari xodimlariga — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining
raisi tomonidan beriladi.
Konstitutsiyaviy sudning raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Sudyalar oliy
kengashining raisi ushbu Nizomning 
4-moddasida
nazarda tutilmagan lavozimni shtat jadvalida
mavjud muayyan lavozimga tenglashtirishga hamda 1-darajali adliya maslahatchisi va ungacha
bo‘lgan mansab darajasini berishga haqli.
6-modda. 1, 2, 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi darajalarida bo‘lish muddati
belgilanmaydi.
Har bir mansab darajasida bo‘lish muddati ijobiy attestatsiya mavjud bo‘lgan taqdirda 3, 2 va
1-darajali adliya maslahatchilari uchun — to‘rt yilni, 3, 2, 1-darajali yuristlar uchun — ikki yarim yilni
tashkil etadi.
7-modda. Ushbu Nizomning 
5-moddasiga
muvofiq sudlar, Sudyalar oliy kengashi, Oliy
maktab, Departament va uning hududiy bo‘limlari xodimlariga 1-darajali Davlat adliya
maslahatchisi mansab darajasigacha bo‘lgan mansab darajasini berishga — egallab turgan


lavozimi bo‘yicha nazarda tutilgan darajadan qat’i nazar, ketma-ketlikda va mansab darajasida
bo‘lish muddatiga rioya etmagan holda yo‘l qo‘yiladi.
8-modda. Sudlarga, Sudyalar oliy kengashiga, Oliy maktabga, Departamentga va uning
hududiy bo‘limlariga huquqni muhofaza qiluvchi organlardan va boshqa tashkilotlardan ishga
o‘tgan xodimlarga mansab darajalari ular qaysi lavozimga tayinlanganligi, bilimi va ish tajribasi,
shuningdek ilgarigi ish yoki xizmat joyida berilgan maxsus unvonlari va mansab darajalari inobatga
olingan holda beriladi.
9-modda. Konstitutsiyaviy sud raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Sudyalar oliy
kengashi raisi:
1) oldingi mansab darajasida bo‘lish uchun belgilangan xizmat muddati tugamasdan, ishda
alohida o‘rnak ko‘rsatganligi yoki xizmat burchini namunali bajarganligi uchun;
2) xodim yuqori lavozimga ko‘tarilayotganda ketma-ketlikka rioya etmagan holda, lekin uning
o‘z darajasidan ikki mansab darajasidan yuqori bo‘lmagan;
3) attestatsiyadan birinchi marta o‘tayotgan xodimlarga ularning lavozimlari bo‘yicha
belgilanganidan bir pog‘ona past mansab darajasi berishga haqli.

Download 233.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling