1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


-modda. Malaka darajasiga ega bo‘lgan sudyalarning lavozim maoshlariga qonunchilikda belgilangan miqdorlarda ustamalar belgilanadi. 8-modda


Download 233.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/42
Sana30.04.2023
Hajmi233.54 Kb.
#1402939
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
O‘RQ-703-сон 28.07.2021(1)

7-modda. Malaka darajasiga ega bo‘lgan sudyalarning lavozim maoshlariga qonunchilikda
belgilangan miqdorlarda ustamalar belgilanadi.
8-modda. Sudyalarni malaka attestatsiyasidan o‘tkazish tartibi qonun bilan tasdiqlanadigan
nizomda belgilanadi.
“Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi 
Qonuniga
3-ILOVA
Sud tizimi xodimlarining mansab darajalari to‘g‘risida
NIZOM
1-modda. Ushbu Nizom sudlar apparati, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi
(bundan buyon matnda Konstitutsiyaviy sud deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy
kengashi (bundan buyon matnda Sudyalar oliy kengashi deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi
Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi (bundan buyon matnda Oliy maktab deb
yuritiladi) va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash
departamenti (bundan buyon matnda Departament deb yuritiladi) hamda uning hududiy
bo‘limlari xodimlariga maxsus unvonlar — mansab darajalari berish tartibini belgilaydi.
2-modda. Sudlar apparati, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy maktab,
Departament va uning hududiy bo‘limlari xodimlarining maxsus unvonlari quyidagi mansab
darajalaridan iborat:
1-darajali Davlat adliya maslahatchisi;
2-darajali Davlat adliya maslahatchisi;
3-darajali Davlat adliya maslahatchisi;
1-darajali adliya maslahatchisi;
2-darajali adliya maslahatchisi;
3-darajali adliya maslahatchisi;
1-darajali yurist;
2-darajali yurist;
3-darajali yurist.
3-modda. Mansab darajalari oliy yuridik ma’lumotga yoki boshqa oliy ma’lumotga ega
xodimlarga, egallab turgan lavozimi, malakasi va ish stajiga muvofiq ketma-ketlikda yoxud ilgarigi
ish yoki xizmat joyida berilgan maxsus unvonlar va mansab darajalarini inobatga olgan holda
beriladi.
4-modda. Mansab darajalari:
1-darajali Davlat adliya maslahatchisi — Sudyalar oliy kengashi raisiga;
2-darajali Davlat adliya maslahatchisi — Oliy maktab direktoriga, Departament direktoriga;


3-darajali Davlat adliya maslahatchisi — Oliy maktab direktorining o‘rinbosariga, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi apparati rahbariga;
1-darajali adliya maslahatchisi — Konstitutsiyaviy sud kotibiyati mudiriga, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi boshqarmalari boshliqlariga, Sudyalar oliy kengashi kotibiga, Oliy
maktabning kafedra mudiriga, kafedra professoriga, kafedra dotsentiga, Departament
direktorining o‘rinbosariga;
2-darajali adliya maslahatchisi — Konstitutsiyaviy sudning katta ekspertlariga, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudining boshqarma boshliqlari o‘rinbosarlariga va bo‘lim boshliqlariga,
Konstitutsiyaviy sud raisining yordamchisiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining
maslahatchisiga, Sudyalar oliy kengashining yetakchi inspektorlariga, birinchi bo‘limi mudiriga, Oliy
maktabning bo‘lim boshliqlariga, kafedra o‘qituvchilariga, Departamentning bo‘limlari va hududiy
bo‘limlari boshliqlariga;
3-darajali adliya maslahatchisi — Konstitutsiyaviy sudning ekspertlariga, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosati kotibiyatining boshlig‘iga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy
sudining bo‘lim boshliqlari o‘rinbosarlariga, bosh va katta konsultantlariga, Sudyalar oliy
kengashining arxiv mudiriga va devonxona mudiriga, Oliy maktabning yuriskonsultiga, bosh va
yetakchi mutaxassislariga, Departamentning bosh mutaxassislariga, kadrlar bo‘yicha bosh
inspektoriga va yuriskonsultiga;
1-darajali yurist — Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat sudlari va Toshkent shahar
sudining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy
sudining, viloyatlar, Toshkent shahar ma’muriy sudlarining bo‘lim boshliqlariga, bosh
mutaxassislariga, sudya katta yordamchilariga, Oliy maktabning devonxona mudiriga va arxiv
mudiriga;
2-darajali yurist — Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyat sudlari va Toshkent shahar
sudining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy
sudining, viloyatlar, Toshkent shahar ma’muriy sudlarining katta mutaxassislariga, devonxona
mudirlariga, sudyalar malaka hay’atlari kotiblariga, Departament hududiy bo‘limlarining bosh
mutaxassislariga;
3-darajali yurist — tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, hududiy harbiy sudlarning sudya
yordamchilariga, devonxona mudirlariga beriladi.

Download 233.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling