ta’minlash departamenti tomonidan amalga oshiriladi.
20-modda. Ushlangan,
qamoqqa olingan, gauptvaxtalarda saqlanayotganlarni harbiy
sudlarga qo‘riqlab olib borish va ularni sud majlisida qo‘riqlash harbiy qismlar yoki garnizonlarning
harbiy komendaturalari tomonidan amalga oshiriladi.
Boshqa saqlash joylarida, jazoni ijro etish
muassasalarida saqlanayotgan mahbuslarni ishni ko‘rish joyiga qo‘riqlab olib borish va qo‘riqlash
belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining soqchilik qo‘shinlari qismlari,
organlari tomonidan amalga oshiriladi.
21-modda. Harbiy sudlar O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z
nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
“Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi
Qonuniga
2-ILOVA
Sudyalarning malaka darajalari to‘g‘risida
NIZOM
1-modda. “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonuniga
muvofiq
ushbu Nizom
O‘zbekiston Respublikasi sudyalari uchun malaka darajalari joriy etish va berish tartibini belgilaydi.
2-modda. Sudyalarga sudya sifatidagi tajribasi va ish stajini inobatga olgan holda quyidagi
malaka darajalari beriladi:
oliy malaka darajasi;
birinchi malaka darajasi;
ikkinchi malaka darajasi;
uchinchi malaka darajasi;
to‘rtinchi malaka darajasi;
beshinchi malaka darajasi.
Do'stlaringiz bilan baham: