1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari, o‘rinbosarlari


Download 275.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/42
Sana30.04.2023
Hajmi275.92 Kb.
#1404719
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42
Bog'liq
O‘RQ-703-сон 28.07.2021. Sudlar to‘g‘risida

31-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari, o‘rinbosarlari
— sudlov hay’atlarining raislari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari, o‘rinbosarlari — sudlov
hay’atlarining raislari:
ishni kassatsiya instansiyasi sudida takroran ko‘rish zarurligi haqidagi masalani hal etish
uchun qonunda nazarda tutilgan tartibda sud ishlarini talab qilib oladi;
ishni kassatsiya instansiyasi sudida takroran ko‘rish to‘g‘risida qonunda nazarda tutilgan
tartibda protest kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining tegishli sudlov hay’atlari ishiga rahbarlikni amalga
oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga sudlov hay’atlari faoliyati to‘g‘risidagi
ma’ruzalarni taqdim etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining tegishli sudlov hay’atlari majlislarida raislik qiladi;
tegishli quyi sudlar faoliyatini tashkil etishga ko‘maklashadi;
sud amaliyotini umumlashtirish, sud amaliyoti obzorlarini tayyorlash va sud statistikasini tahlil
qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
sudlar tomonidan chiqarilgan, o‘zlari ishni kassatsiya instansiyasi sudida takroran ko‘rish
to‘g‘risida protest kiritishga haqli bo‘lgan hal qiluv qarorlari, hukmlar, ajrimlar va qarorlar ijrosini
to‘xtatib turadi;
sudyalarning va sud apparati xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini shaxsan qabul qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari, o‘rinbosarlari — sudlov
hay’atlarining raislari qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yo‘qligida uning vakolatlarini raisning birinchi
o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosar ham yo‘qligida esa rais o‘rinbosarlaridan biri amalga oshiradi.
3-bob. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari

Download 275.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling