37-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisi:
sud faoliyatiga tashkiliy rahbarlikni amalga oshiradi;
sud rayosatini chaqiradi va uning majlislarida raislik qiladi;
sud rayosatining qarorlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil
etadi;
sud majlislarida raislik qiladi;
quyi turuvchi sudlarning faoliyatini tashkil etishga ko‘maklashadi;
sudyalarning, sud apparati xodimlarining hamda xalq maslahatchilarining malakasini oshirish
bo‘yicha ishlarini tashkil etadi;
sud
amaliyotini umumlashtirish, sud amaliyoti obzorlarini tayyorlash va sud statistikasini
yuritish ishini tashkil etadi;
jismoniy
shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi va ularning
murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
sudyalar malaka hay’ati
qarorlari, xulosalari ustidan Sudyalar oliy malaka hay’atiga
taqdimnomalar kiritadi;
sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek yuridik
shaxslarning huquqlari va
qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud orqali himoya qilishni amalga oshirishga doir
faoliyati to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga,
xalq deputatlari viloyat,
Toshkent shahar Kengashiga bir yilda kamida bir marta axborot taqdim etadi;
sudyalarning aholi bilan uchrashuvlarini tashkil etadi, shuningdek
jamoatchilikni sudning
faoliyati to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib boradi;
sud apparati ishlariga rahbarlik qiladi, sud xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va
bekor qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisi qonunga muvofiq
boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisi yo‘qligida uning
vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi tomonidan tegishli sud raisining
o‘rinbosarlaridan birining zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: